Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Ta`limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo`llab quvvatlash
Download 65.08 Kb.
|
Mustaqil ta`lim pedagogika
Ta`limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo`llab quvvatlash
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar barcha yoshlarning ta’lim xizmatlaridan bir xilda foydalanishi, o‘qituvchilar malakasi va ta’limning yuqori sifatini ta’minlashga qaratigan. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda tizimni rejalashtirish va moliyaviy ta’minlash masalalari islohotlar markazida turadi. Ta'lim har bir jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatni rivojlantirishning yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ijtimoiy tajribaning bog‘lovchi bo‘g‘ini sifatida u madaniy an'analar butunligi va vorisiyligini hamda jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidaganidek “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevrini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhim sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning uchun, avvalambor, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim Ta’lim tizimini, jumladan xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish mexanizmi va ta’limni moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqish borasida xorijlik va mamlakatimiz iqtisodchi olimlari izlanishlar olib borgan va o‘z qarashlarini namoyon etganlar. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori G.S.Bekker o‘z nazariyasida intellektual kapitalga ham davlat, ham xususiy sarmoyalarni amalga oshirish iqtisodiy zarurat ekanligini asoslab bergan. Uning fikricha, fuqarolarning ta’limiga, tibbiyotga va kadrlarni to‘ldirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturga sarmoyalar kiritish-bu yangi texnologiyalarni yaratishga sarmoya kiritish bo‘lib, faqat kelajakda katta foyda keltirishi mumkin Ta’limni rivojlantirishda uni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash, ya’ni moliyalashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.O‘lmasov hamda A.Vahobovlar moliyalashtirish iqtisodiyot subyekti faoliyatining pul bilan ta’minlanishi bo‘lib, ular bir nechta usullar orqali amalga oshirilishini, jumladan, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, byudjetdan moliyalashtirish va homiylar tomonidan moliyalashtirishni e’tirof etgan Moliyalashtirishning davlat manbalari: ➢ Davlat (respublika va mahalliy) byudjeti; ➢ Davlat maqsadli fondlari [5]. O‘zbekistonlik iqtisodchi olim X.Do‘stmuhammad xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish borasida olib borgan tadqiqotlari natijasida ta’limni barkamol insonni shakllantirishga qaratilgan investitsiya ekanligini e’tirof etgan. Download 65.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling