5. KORPORATIV TUZILMALARNI BOSHQARISHNING
JAHON TENDENSIYALARI
5.1. Hozirgi davrda korporativ tuzilmalarni boshqarishning jahon ten
densiyalari.
5.2. Korporativ tuzilmalarni boshqarishning anglo-amerika modeli.
5.3. Korporativ tuzilmalarni boshqarishning yapon modeli.
5.4. Korporativ tuzilmalarni boshqarishning Germaniya modeli.
5.1. Hozirgi davrda korporativ tuzilmalarni boshqarishning
jahon tendensiyalari
Rivojlangan mamlakatlarda yirik integratsiya qilingan korporativ
tuzilmalar — korporatsiyalarni tuzish va rivojlantirishning boy tajribasi
to‘plangan. Ayrim davlatlarda ushbu yuqori integratsiya qilingan
birlashmalar tuzilmasi va tavsifidagi o‘xshashliklar (birinchi
navbatda
millatlararo kompaniyalar faoliyati) va farqlari mavjud. Ular ma’lum
darajada aniq tarixiy voqealar bilan bog'langan hamda ishlab chiqarish
va bozor holati bilan yakka tartibda aniqlanadi, ammo eng awal,
korporativ mulkchilik va boshqarishga aloqador
moliyaviy tashkilot-
laming qonunchilik jihatidan boshqarilishi xususiyatlariga bog‘langan.
Korporativ tuzilmalar faoliyatining jahon tajribasi o‘z taraqqiyotida
bir qancha bosqichdan o‘tgan bo‘lib, ularning asosiylariga quyidagilar
kiradi:
— tarmoq korporatsiyalarini rivojlantirgan holda gorizontal integra-
tsiyalashuvi;
— yagona texnologik zanjimi ta’minlovchi turli tarmoq korpo-
ratsiyalarining
vertikal integratsiyalashuvi;
— boshqaruvni markazlashtirilmagan ko‘p tarmoqli komoratsiyalar
diversifikatsiyasi.
U yoki bu mamlakatning korporatsiyani boshqarish tizimi muayyan
bir tavsifga va o‘ziga xos milliy jihatga ega. Shunga qaramay,
к о ф о гат
boshqaruvning ko‘pgina omillari koiporativ boshqaruv tizimiga turli xilda
ta’sir ko'rsatadi. Bu holat ma’lum bir tarkibiy qismlami o‘ziga qamrab
oluvchi korporativ boshqaruv modeli yordamida ishlashni taqozo qiladi.
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalardan ayon bo‘ldiki, sanab
o'tilgan unsurlaming aniq namoyon bo‘lishidagi
umumiy belgilar
bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishning Angliya-Amerika.
40
Germaniya va Yaponiya modellarini ajratib ko‘rsatish mumkin (5.1-
jadval). Bundan tashqari, ko'pgina tadqiqotchilar «anglo-amerika
modeli» hamda Yaponiya va Germaniya korporativ modellarining
o ‘xshashliklarini ko‘zda tutgan holda «yapon-german modeli» tushun-
chalaridan foydalanadilar1.
Do'stlaringiz bilan baham: