Tayanch iboralar.
Unumdorlik, mehnatni muhofaza qilish, Ragts va
Felik, unumdorlikni rejalashtirish, kommunikatsiya, axborotni qayta
ishlash, kompyuter texnikasi.
Xulosa.
• Unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha boshqaruv — bu samarali boshqaruv
deganidir.
• Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi muhim omil — korporatsiyani
boshqarish ilmiga ega bo'lishdir. Korporatsiya unumli ishlashi uchun
boshqaruv tizimini takomillashtirishi zarur.
• Korporatsiya u ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotning qaysisi
iste’m olchi uchun zarur ekanligini aniqlamagan holda unumdor
133
bo‘lmaydi. Ya’ni strategik rejalashtirish doimo bozorni, raqobatni,
korporatsiya imkoniyatlarini muntazam tahlil etishni qamrab olishi
kerak.
• Boshqaruvning tashkiliy tarkibi rahbariyat va barcha darajada unga
bo‘ysunuvchi hamda korporatsiyaning asosiy tarkibiy bolinm alari
o'rtasidagi o ‘zaro munosabatni belgilaydi.
• Axborotni qayta ishlash jarayonida texnika taraqqiyoti (kompyuterlardan
foydalanish, xalqaro telefon va televideniye tarmog'i) uzatiluvchi axborot
hajmi ortishi va uni uzatish vaqti qisqarishiga olib keldi.
• EHMni qoMlash tashkilot tarkibi o ‘zgarishiga ham olib keladi. Hozirda
mutaxassislar hal etishi zarur bo‘lgan ko‘plab qarorlami quyi bo‘g‘in
boshqaruvchilari, jumladan, ustalar bajarishi mumkin.
Nazorot savollari va topshiriqlar
1. Boshqaruv samaradorligi deganda nima tushuniladi?
2. Boshqaruv samaradorligining qanday turlari sizga m a ’lum?
3. Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik nima?
4. Iktisodiy samradorlikning qanday hisob usullarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |