Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Korporativ raqobatli afzallik va kengaytirilgan
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
- Bu sahifa navigatsiya:
- D em ak , bunday afzallik nisbiy b o ’ladi va tovar bozorida yoki b ozor segm en tid a en g yaxshi m avqega ega b o ’lgan raqobatchiga
10.4. Korporativ raqobatli afzallik va kengaytirilgan
raqobat konsepsiyasi Korporativ raqobatli afzallik — tovar yoki markaning firmaga o’zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan tavsif va xususiyatlaridir. Bu tavsiflar (atributlar) g’oyatda xilma-xil bo’lishi va tovaming o’ziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo’shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo’lishi. D em ak , bunday afzallik nisbiy b o ’ladi va tovar bozorida yoki b ozor segm en tid a en g yaxshi m avqega ega b o ’lgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi im tiyozli raqobatchi deb ataladi. Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillami ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin Agar raqobatli afzallik tovaming ajralib turuvchi sifatlariga asoslan- gan bo’lsa, u «tashqi» afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo’ladi. Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning «bozor qudratini» oshiradi, ya’ni u bozomi imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlami taklif eta olmaydi. Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya — bu differensiatsiya strategiyasi bo’lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi. Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va «ishlab chiqaruvchi uchun qiymat» hosil 104 qiluvchi tovarga asoslangan bo’lsa, bunday afzallik «ichki afzallik* deb ataladi. Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya — bu xarajatlar bo’yicha afzallik strategiyasi bo’lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish «nou-xau»siga asoslanadi. Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va madaniyatni talab qiladi. Porter tomonidan 1982-yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o ‘zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potensial raqiblar, o‘rinbosar tovarlar, mijozlar va yetkazib beruvchilar kabi kuchlaming ta’siriga ham bog’liqdir. , Potensial raqiblar va o‘rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf : uyg‘otsa, mijozlar va yetkazib beruvchilar esa o‘zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi. Mana shu kuchlaming o‘zaro ta’sirii ; oxir-oqibatda tovar bozorining rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, [ raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar turli bozorlarda turlicha Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling