Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Kompaniyaning moliyaviy rejalashtirish amaliyotiga
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
11.3. Kompaniyaning moliyaviy rejalashtirish amaliyotiga
byudjetlash tizimini joriy etishning uslubiy jihatlari Korporatsiya moliyasini boshqarishning zamonaviy texnologiyasi byudjetlash tizimini keng qo'llaydi. Rivojlangan mamlakatlarda byujetlashtirish tezkor moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy boshqa rishning asosiy vositasi hisoblanadi. Chet el kompaniyasida byudjetlash — kompaniyada rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish; kompaniya moliyaviy ahvolining barcha jihatlarini baholash; moliyaviy intizomni mustahkamlash va alohida tarkibiy bo‘linmalar manfaatlarini kompaniyaning umumiy manfaatlariga bo‘ysundirishning asosi hisoblanadi . Byudjetlash korporatsiyalar rahbarlariga turli bo'linmalar faoliya tining moliyaviy samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, yanada rivojlantirish uchun xo‘jalik faoliyatining maqbul solialarini aniklash. imkonini beradi. Hozirgi vaqtda octish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda ham ko'plab korporatsiyalar va yirik kompaniyalar rahbarlari o‘z korpo ratsiyalarida byudjetlash tizimlarini ishlab chiqish hamda joriy etish bilan shug‘ullanish zarurligi va maqsadga muvofiqligini anglab etdi. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, byudjetlash resurslar xarajatlarining me’yorlarini hamda tovarlar va xizmatlaming alohida turlari, shuning- dek, biznes turlari, kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari bo‘yicha rentabellik hamda samaradorlik me’yorlarini belgilashga ko‘maklashadi. Agar belgilangan me’yorlar oshirilsa, bu muayyan joylarda ishlar ahvolini tekshirish va hal etish yo'llarim aniqlashga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, byudjetlash kompaniya rahbariyatiga investitsiyalami sarflashning eng istiqbolli sohalarini tanlashga ko'maklashadi. Odatda, byudjet bir yil doirasida (yillik, choraklik yoki oylik) ishlab chiqiladigan, xo‘jalik faoliyatining muayyan turlarini amalga oshirish jarayonida moliyaviy mablag‘lar xarajatlari va tushumlarini aks ettiruvchi tezkor moliyaviy rejani o‘zida namoyon qiladi. Biroq byudjetlash nafaqat moliyaviy rejalashtirish maqsadlariga muvofiq muayyan byudjetlami 116 ishlab chiqish jarayoni, balki qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining moliyaviy asoslanishini ishlab chiqish va amalga oshirishga mo‘ljallangan boshqaruv texnologiyasi hamdir. Shuning uchun byudjetlashtirishning asosiy maqsadi daromadlar va xarajatlar bandlarini rejalashtirish, nazorat qilish hamda moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahMash orqah korpo ratsiya va uning tarkibiy bo‘lin malari (biznes birliklar) faoliyatini boshqarish jarayonini tashkil etishdan iborat. Byudjetlar kompaniyaning moliyaviy ahvolini doimiy nazorat qilish, bosh rahbariyatini tarkibiy birliklar rahbarlari tomonidan qabul qilina- digan qarorlarning to‘g‘riligi haqida mulohaza qilish imkonini beruvchi barcha zarur axborot bilan ta’minlash, faoliyatiga tezkor va strategik tuzatishlar kiritish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Odatda, byudjetlash jarayoni uzluksiz yoki o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘ldi. Bir yilga belgilangan asosiy moliyaviy ko'rsatkichiardan kelib chiqib, moliyaviy rejalashtirish jarayonida (rejali davr boshlan- gunga qadar) choraklik byudjetlar tizimi ishlab chiqiladi. Choraklik byudjetlar doirasida oylik byudjetlar tuziladi. Bunday o'zgaruvchan byudjetlash jarayoni korporatsiyaning moliyaviy faoliyatini tezkor rejalashtirish tizimining uzluksizligini ta’minlaydi. Byudjetlash tizimi va boshqaruv hisobining roli barcha moliyaviy axborotni taqdim etish, korporatsiya yoki kompaniyaning pul mabla- g‘lari, moliyaviy resurslari, hisob varaqalari va aktivlari harakatini har qanday menejer uchun qulay shaklda ko‘rsatish, xo‘jalik faoHyatining tegishli ko'rsatkichlari bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun maqbul ko‘iinishda taqdim etishdan iborat. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling