Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Qaysi moliyaviy resurslar yordamida kompaniya o ‘z maqsadlariga


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

2. Qaysi moliyaviy resurslar yordamida kompaniya o ‘z maqsadlariga 
erishishi mumkin?
Mamlakat bozor iqtisodiyotiga o‘tishining hozirgi sharoitida moliya- 
viy rejalashtmishing roli o‘zgardi. Markazdashgan tarzda boshqariladigan 
iqtisodiyot davrida mavjud bo‘Igan vaziyatdan farqli o ‘laroq, endilikda 
har bir korporatsiya va kompaniya o‘zining joriy holatini bilish va 
yaqin kelajakda moliyaviy ahvolini aniq tasawur qilishdan manfaatdor. 
Bu, birinchidan, xo‘jalik faoliyatini yaxshilash uchun, ikkinchidan, 
byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, banklar va boshqa kreditorlar 
oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish hamda shu orqali o‘zini 
jarima sanksiyalaridan himoyalash uchun va, nihoyat, uchinchidan, 
butun kompaniya doirasida tarkibiy bo‘linmalar, shu’ba va tobe 
jamiyatlar faoliyatini muvofiqpashtirish, nazorat qilish uchun zarur.
Shu bilan biiga, ta’kidlash joizki, mamlakatimiz korporatsiyalarida 
rejalashtirish jarayoni chet el kompaniyalaridagi rejalami ishlab chiqish- 
dan ancha farq qiladi, ya’ni ularda bu jarayon «yuqoridan quyiga» 
amalga oshiriladi. Agar chet el kompaniyalari uchun strategiya katta 
ahamiyat kasb etsa, mamlakatimiz kompaniyalari moliyaviy rejalarda
110


ко‘proq joriy vazifalami hal etishadi. Ko‘pincha rejalashtirishga nisba- 
tan yondashuv joriy ahvol va korporatsiyaning ichki cheklovlari 
ekstrapolyatsiyasiga asoslanadi. Shuningdek, bizda rejalashtirishnin# 
«quyidan yuqoriga» usuli keng tarqalgan.
Bunday holat obyektiv tarzda respublikada bozor munosabatlarining 
yetarUcha rivojlanmaganligi va rejalashlirishning ilgarigi tajribasi saqlanib 
qolganligi bilan izohlanadi.
Biroq, bozor sharoitida kompaniyaning samarali faoliyat yuritishi 
uchun moliyaviy rejalashtirishga nisbatan yondashuv rivojlanish yo‘na- 
lishlarini ko‘ra bilish va maqsadlarga erishishga asoslanishi lozim. 
Shuning uchun moliyaviy rejalashtirish korporativ iyerarxiyaning barcha 
darajalarida kompaniyaning strategik moliyaviy maqsadlarini qo‘yish 
va ulami bir-biriga bog1 lashni nazarda tutuvchi integrasion jarayon 
sifatida ко‘rib chiqilishi kerak.
Shunday qilib, korporativ moliyaviy rejalashtirishning ahamiyati 
quyidagilardan iborat:
— korporatsiya ko‘zlagan strategik maqsadlar moliyaviy-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar: sotuvlar hajmi, sotilgan tovarlarning tannarxi, foyda, 
investitsiyalar, pul oqimlari va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;
— moliyaviy rejalar va ularning bajarilishi haqidagi hisobotlar 
shaklida moliyaviy axborotning kelib tushishi uchun andozalar belgi- 
lanadi;
— korporatsiyaning istiqbolliy va joriy rejalarini amalga oshirish 
uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslaming maqbul chegaralari aniq- 
lanadi:
Metodologik nuqtai nazardan moliyaviy rejalashtirish uchta asosiy 
tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi:
—moliyaviy faoliyatni bashorat qilish (3—5 уД);
—moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish (1 yil);
—moliyaviy faoliyatni tezkor rejalashtirish (chorak, oy).
Har bir muayyan korporatsiyada moliyaviy bashorat qilish moliyaviy 
mafkuraga asoslanishi lozim. Kompaniyaning moliyaviy mafkurasi 
rahbariyat tomonidan uning «missiyasi» asosida belgilanadi va kompa- 
niyada moliyaviy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari 
tizimini tavsiflaydi.
Qabul qilingan moUyaviy mafkurani hisobga olgan holda kompaniya 
moliyaviy faoliyatini rejalashtirish, birinchi galda, kompaniyaning 
moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishga yo'naltirilishi kerak. Kompa­
niyaning moliyaviy strategiyasi uning moliyaviy mafkurasi bilan
111


belgilanadigan moliyaviy faoliyatining uzoq muddatli maqsadlar tizimini 
va ularga erishishning samarali yo‘llarini o‘zida namoyon etadi.
0 ‘tish iqtisodiyotining hozixgi sharoitida mamlakatimizdagi kompa- 
niyalarning moliyaviy strategiyasini shakllantirish davri, asosan, uch 
yildan oshmasligi kerak. Kompaniya moliyaviy faoliyatining strategik 
maqsadlarini shakllantirish komlaniyaning moliyaviy strategiyasini 
shakllantirishning asosiy bosqichi hisoblanadi.
Strategik moliyaviy maqsadlar tizimi moliyaviy mablag'larning 
yetarlicha hajmi shakllanishini va sarmoyadan yuqori rentabelli foyda- 
lamshni, aktivlar va foydalaniladigan sarmoya tarkibini optimal- 
lashtirishni, oldinda turgan xo'jalik faoliyatini amalga oshirish jarayoni- 
da moUyaviy xatarlar darajasinint maqbulligini ta’minlashi lozim.
Moliyaviy rivojlanishning strategik maqsadlar tizimini muayyan 
ko‘rsatkichIarda — maqsadli strategik me’yorlarda ifodalash zarur. 
Moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo‘yicha maqsadli strategik 
me’yorlar sifatida I.A.Blank quyidagilarni taklif qiladi:
— ichki manbalardan shakllanadigan moliyaviy resurslaming o‘rtacha 
yillik o'sish sur’atlari;
— foydalaniladigan sarmoyaning umumiy hajmida o‘z sarmoyasining 
eng kam ulushi;
— o‘z sarmoyasining rentabellik koeflisiyenti;
— kompaniyaning aylanma va aylanmadan tashqari aktivlarining 
o‘zaro nisbati;
— korporatsiyaning joriy to'lov qobiliyatini ta’minlovchi pul 
aktivlarining eng past darajasi;
— investitsiyalar o'zini o‘zi moliyalashining eng past darajasi;
— xo‘jalik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari doirasida moliyaviy 
xatarlar chegara darajasi.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling