Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


K om paniyada m oliyaviy faoliyatning alohida jihatlari b o‘yicha


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

K om paniyada m oliyaviy faoliyatning alohida jihatlari b o‘yicha 
ishlab chiqilgan m oliyaviy strategiya va m oliyaviy siyosat asosida joriy 
m oliyaviy rejalashtirish amalga oshiriladi.
Joriy m oliyaviy rejalashtirish joriy m oliyaviy rejalarning muayyan 
turlarini ishlab chiqishdan iborat.
H ozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston xolding kompaniyalarida m oliyaviy 
rejalashtirish tizim i vujudga kelish bosqichida turibdi. Bugungi kunda 
rasmiy statistika moliyaviy hisobotlar tizim i amalda b o ‘lib, ichki xolding 
rejalashtirishi va nazorat tizim i endigina shakllana boshladi.
Xolding kompaniyasida moliyaviy rejalashtirish tizimi ko‘p pog‘onali 
hamda markazlashgan va markazlashmagan yondashuvlami uyg'un- 
lashtirish asosida qurilgan.
Moliyaviy rejalashtirishning markazlashgan tizimi reja-hisobot 
shakllari, ularni taqdim etish muddatlari, rejalami ishlab chiqish baza- 
sining bir xilligidan iborat. Markazlashmagan tizim shu’ba korpo- 
ratsiyalariga rejalarni ishlab chiqishda katta mustaqillik berishni ko‘zda
8 — T-31-11 
113


tutadi. Bundan tashqari, xolding kompaniyasida moliyaviy rejalash- 
tirishni tashkil qilishning boshqa xususiyatlari ham mavjud.
Iqtisodiy nuqtai nazardan xolding kompaniyasi bir rejali-nazorat 
birlikni tashkil qiladi. 0 ‘z navbatida, iqtisodiy butlik tamoyiliga muvofiq 
xolding hujjatlarida pul va moddiy oqimlami aks ettirishda yuridik 
jihatdan mustaqil bo‘lgan shu’ba korporatsiyalar o'rtasida xolding 
ichidagi ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalaming qiymat ifodasini 
ko‘rib chiqmaslik lozim. Faqat shu tariqa ко‘rsatkichlaming birlashgan 
tizimi mavjud iqtisodiy holatni va, umuman, xolding kompaniyasining 
rivojlatiishini o‘zida aks ettiradi.
G ‘arb korporatsiyalarida moliyaviy rejalashtirishning asosiy jihati
— daromadlar (foyda) markazlari va xarajatlar markazlarini aniqlash 
hisoblanadi. «Daromad markazi» deganda korporatsiyaga eng katta 
foyda keltiruvchi bo'linma tushuniladi.
«Xarajatlar markazi» deganda esa, eng katta xarajatga ega bo‘lgan 
yoki zarar keltiruvchi, lekin ishlab chiqarish-tijorat jarayonida muhim 
rol o‘ynovchi bolinm a anglanadi.
Masalan, ko'plab g‘arb kompaniyalari «saksonga yigirma» qoidasiga 
amal qiladi, ya’ni 20 foiz sarmoya sarfi 80 foiz foydani ta’minlashi 
kerak. 0 ‘z navbatida, sarmoya sarfining qolgan 80 foizi faqat 20 foiz 
foyda keltiradi.
Bunday yo‘nalish texnika bilan jihozlanganlik darajasi turlicha 
bo‘lgan ko‘plab korporatsiyalami o‘z ichiga oluvchi mamlakatimiz 
xolding kompaniyalari uchun ham maqsadga muvofiq. Bunga « 0 ‘z- 
mevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasida bolalar ozuqasini 
va jahon andozalariga mos keladigan idishlami ishlab chiqarish bo‘yicha 
quwatlaming barpo etilishi misol bo‘ladi.
Joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi pul oqimlari mik- 
dorini bashorat qilish asosida moliyaviy resurslar, sarmoya va zaxira- 
laming ehtimoliy hajmini aniklashdan iborat. Joriy moliyaviy reja
odatda, ко‘rsatkichlami choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda bir yilga 
tuziladi.
Tezkor moliyaviy reja esa ko‘rsatkichlar oylar bo‘yicha taqsimlangan 
holda chorak uchun tuziladi.
Moliyaviy rejalami islilab chiqishning qator boshlang'ich shartlari 
ehtimoliy xususiyatga ega bo'lganligi bois o ‘tish davrining iqtisodiy 
beqarorlik sharoitida xolding kompaniyasining joriy moliyaviy rejalarini 
bir necha variantlarda («optimistik», «realistik», «pessimistik») ishlab 
chiqish maqsadga muvofiq.
114


Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo‘limlari, ya’ni mahsulot 
ishlab chiqarish, moddiy resurslarni xarid qilish, marketing, ilmiy 
tadqiqotlar va ishlanmalar rejalari bilan o‘zaro bog‘langan.
Joriy moliyaviy rejalashtirishning obyektlari quyidagilardan iborat 
bo‘hshi mumkin:
— tovarlar (mahsulot, ishlar va xizmatlar)ni sotishdan tushgan 
tushum;
— foyda va uni taqsimlash;
— maxsus yo‘nalishdagi fondlar va ulardan foydalanish;
— soliqlar va yig'imlar shaklida byudjet tizimiga to'lovlar hajmi;
— yagona ijtimoiy soliq shaklida byudjetdan tashqari fondlarga 
badallar;
— kredit bozoridan jalb etiladigan qarz mablaglarining hajmi;
— aylanma mablag‘larga rejali ehtiyoj;
— kapital qo'yilmalar hajmi hamda ulami moliyalash manbalari 
va boshqalar.
Joriy moliyaviy rejalarni ishlab chiqish uchun quyidagilar asosiy 
boshlang‘ich shartlar hisoblanadi:
—oldinda turgan davr uchun moliyaviy faoliyatning asosiy yo‘na- 
lishlari bo‘yicha moliyaviy strategiya va maqsadli strategik me’yorlar;
—kompaniya moliyaviy faoliyatining alohida jihatlari bo'yicha 
moliyaviy siyosat;
—mahsulot ishlab chiqarish va sotishning rejalashtirilayotgan hajmi 
va kompaniya ishlab chiqarish-tijorat faoliyatining boshqa iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari;
—kompaniyada ishlab chiqilgan alohida resurslar xarajatlari 
me’yorlari tizimi;
—soliq to‘lovlari stavkalarining amaldagi tizimi;
—amortizatsiya ajratmalari me’yorlarining amaldagi tizimi;
—moliya bozorida kredit va depozit foizlarining o‘rtacha stavkalari;
— o‘tgan davr uchun moliyaviy tahlil natijalari.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilni o ‘tkazish uchun etarlicha 
uslublar mavjud. Bizningcha, V.V. Andronov tomonidan taqdim etilgan 
moliyaviy tahlil sxemasi alohida e’tiborga loyiq.
Hozirda joriy moliyaviy rejalaming quyidagi turlari ishlab chiqil- 
moqda:
— operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi;
— investitsiya faoliyati bo'yicha daromadlar va xarajatlar rejasi; 
—pul mablag‘larining kelib tushishi va ularni sarflash rejasi;
115


—balans rejasi.
Operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi moliya­
viy faoliyatni joriy rejalashtirishning dastlabki bosqichida tuziladigan 
joriy moUyaviy rejaning asosiy turlaridan biri hisoblanadi, chunki uning 
bir qator ko'rsatkichlari boshqa turdagi joriy moliyaviy rejalami ishlab 
chiqish uchun boshlang‘ich baza bo‘lib xizmat qiladi.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling