Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
K om paniyada m oliyaviy faoliyatning alohida jihatlari b o‘yicha
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
- Bu sahifa navigatsiya:
- H ozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston xolding kompaniyalarida m oliyaviy rejalashtirish tizim i vujudga kelish bosqichida turibdi. Bugungi kunda
K om paniyada m oliyaviy faoliyatning alohida jihatlari b o‘yicha
ishlab chiqilgan m oliyaviy strategiya va m oliyaviy siyosat asosida joriy m oliyaviy rejalashtirish amalga oshiriladi. Joriy m oliyaviy rejalashtirish joriy m oliyaviy rejalarning muayyan turlarini ishlab chiqishdan iborat. H ozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston xolding kompaniyalarida m oliyaviy rejalashtirish tizim i vujudga kelish bosqichida turibdi. Bugungi kunda rasmiy statistika moliyaviy hisobotlar tizim i amalda b o ‘lib, ichki xolding rejalashtirishi va nazorat tizim i endigina shakllana boshladi. Xolding kompaniyasida moliyaviy rejalashtirish tizimi ko‘p pog‘onali hamda markazlashgan va markazlashmagan yondashuvlami uyg'un- lashtirish asosida qurilgan. Moliyaviy rejalashtirishning markazlashgan tizimi reja-hisobot shakllari, ularni taqdim etish muddatlari, rejalami ishlab chiqish baza- sining bir xilligidan iborat. Markazlashmagan tizim shu’ba korpo- ratsiyalariga rejalarni ishlab chiqishda katta mustaqillik berishni ko‘zda 8 — T-31-11 113 tutadi. Bundan tashqari, xolding kompaniyasida moliyaviy rejalash- tirishni tashkil qilishning boshqa xususiyatlari ham mavjud. Iqtisodiy nuqtai nazardan xolding kompaniyasi bir rejali-nazorat birlikni tashkil qiladi. 0 ‘z navbatida, iqtisodiy butlik tamoyiliga muvofiq xolding hujjatlarida pul va moddiy oqimlami aks ettirishda yuridik jihatdan mustaqil bo‘lgan shu’ba korporatsiyalar o'rtasida xolding ichidagi ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalaming qiymat ifodasini ko‘rib chiqmaslik lozim. Faqat shu tariqa ко‘rsatkichlaming birlashgan tizimi mavjud iqtisodiy holatni va, umuman, xolding kompaniyasining rivojlatiishini o‘zida aks ettiradi. G ‘arb korporatsiyalarida moliyaviy rejalashtirishning asosiy jihati — daromadlar (foyda) markazlari va xarajatlar markazlarini aniqlash hisoblanadi. «Daromad markazi» deganda korporatsiyaga eng katta foyda keltiruvchi bo'linma tushuniladi. «Xarajatlar markazi» deganda esa, eng katta xarajatga ega bo‘lgan yoki zarar keltiruvchi, lekin ishlab chiqarish-tijorat jarayonida muhim rol o‘ynovchi bolinm a anglanadi. Masalan, ko'plab g‘arb kompaniyalari «saksonga yigirma» qoidasiga amal qiladi, ya’ni 20 foiz sarmoya sarfi 80 foiz foydani ta’minlashi kerak. 0 ‘z navbatida, sarmoya sarfining qolgan 80 foizi faqat 20 foiz foyda keltiradi. Bunday yo‘nalish texnika bilan jihozlanganlik darajasi turlicha bo‘lgan ko‘plab korporatsiyalami o‘z ichiga oluvchi mamlakatimiz xolding kompaniyalari uchun ham maqsadga muvofiq. Bunga « 0 ‘z- mevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasida bolalar ozuqasini va jahon andozalariga mos keladigan idishlami ishlab chiqarish bo‘yicha quwatlaming barpo etilishi misol bo‘ladi. Joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi pul oqimlari mik- dorini bashorat qilish asosida moliyaviy resurslar, sarmoya va zaxira- laming ehtimoliy hajmini aniklashdan iborat. Joriy moliyaviy reja, odatda, ко‘rsatkichlami choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda bir yilga tuziladi. Tezkor moliyaviy reja esa ko‘rsatkichlar oylar bo‘yicha taqsimlangan holda chorak uchun tuziladi. Moliyaviy rejalami islilab chiqishning qator boshlang'ich shartlari ehtimoliy xususiyatga ega bo'lganligi bois o ‘tish davrining iqtisodiy beqarorlik sharoitida xolding kompaniyasining joriy moliyaviy rejalarini bir necha variantlarda («optimistik», «realistik», «pessimistik») ishlab chiqish maqsadga muvofiq. 114 Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo‘limlari, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish, moddiy resurslarni xarid qilish, marketing, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar rejalari bilan o‘zaro bog‘langan. Joriy moliyaviy rejalashtirishning obyektlari quyidagilardan iborat bo‘hshi mumkin: — tovarlar (mahsulot, ishlar va xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum; — foyda va uni taqsimlash; — maxsus yo‘nalishdagi fondlar va ulardan foydalanish; — soliqlar va yig'imlar shaklida byudjet tizimiga to'lovlar hajmi; — yagona ijtimoiy soliq shaklida byudjetdan tashqari fondlarga badallar; — kredit bozoridan jalb etiladigan qarz mablaglarining hajmi; — aylanma mablag‘larga rejali ehtiyoj; — kapital qo'yilmalar hajmi hamda ulami moliyalash manbalari va boshqalar. Joriy moliyaviy rejalarni ishlab chiqish uchun quyidagilar asosiy boshlang‘ich shartlar hisoblanadi: —oldinda turgan davr uchun moliyaviy faoliyatning asosiy yo‘na- lishlari bo‘yicha moliyaviy strategiya va maqsadli strategik me’yorlar; —kompaniya moliyaviy faoliyatining alohida jihatlari bo'yicha moliyaviy siyosat; —mahsulot ishlab chiqarish va sotishning rejalashtirilayotgan hajmi va kompaniya ishlab chiqarish-tijorat faoliyatining boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari; —kompaniyada ishlab chiqilgan alohida resurslar xarajatlari me’yorlari tizimi; —soliq to‘lovlari stavkalarining amaldagi tizimi; —amortizatsiya ajratmalari me’yorlarining amaldagi tizimi; —moliya bozorida kredit va depozit foizlarining o‘rtacha stavkalari; — o‘tgan davr uchun moliyaviy tahlil natijalari. Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilni o ‘tkazish uchun etarlicha uslublar mavjud. Bizningcha, V.V. Andronov tomonidan taqdim etilgan moliyaviy tahlil sxemasi alohida e’tiborga loyiq. Hozirda joriy moliyaviy rejalaming quyidagi turlari ishlab chiqil- moqda: — operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi; — investitsiya faoliyati bo'yicha daromadlar va xarajatlar rejasi; —pul mablag‘larining kelib tushishi va ularni sarflash rejasi; 115 —balans rejasi. Operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi moliya viy faoliyatni joriy rejalashtirishning dastlabki bosqichida tuziladigan joriy moUyaviy rejaning asosiy turlaridan biri hisoblanadi, chunki uning bir qator ko'rsatkichlari boshqa turdagi joriy moliyaviy rejalami ishlab chiqish uchun boshlang‘ich baza bo‘lib xizmat qiladi. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling