Moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo‘yicha moliyaviy siyosatni
shakllantirish ko!p pog‘onali xususiyatga ega bo‘Jishi mumkin. Masalan,
kompaniyaning investitsiya siyosati doirasida real investitsiyalarni va
moliya-viy investitsiyalarni boshqarish siyosati ishlab chiqiladi. 0 ‘z
navbatida, moliyaviy investitsiyalarni boshqarish
siyosati mustaqil
tarkibiy qism sifatida investitsiyalarning alohida turlarini boshqarish
jarayonini o‘z ichiga olishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, moliyaviy faoliyatning
eng muhim jihatlari
bo‘yicha moliyaviy strategiya va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish
kompaniyani moliyaviy rivojlantirish bilan bog‘liq
qabul qilinadigan
boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Navbatdagi bosqichda moliyaviy strategiyaning amalga oshirilishini
ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar ishlab chiqiladi.
Shuning uchun xolding kompaniyasida moliyaviy faoliyat natijalariga
mas’ul bo‘lgan turli xildagi «javobgarlik markazlari»
shakllanib, ular
rahbarlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarlik choralari belgi-
langan bo‘lishi kerak.
Moliyaviy strategiyani shakllantirishning
yakuniy bosqichi uning
samaradorligini baholash hisoblanadi. Bunday baholash jarayonida
kompaniya moliyaviy strategiyaning kompaniyani
rivojlantirish umumiy
strategiyasi bilan muvofiqligi, kompaniya moliyaviy strategiyasi moliya
viy muhitning ko‘zda tutilayotgan o ‘zgarishlari bilan muvofiqligi
anyqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: