Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Kompaniyaning moliyaviy rejalashtirish amaliyotiga


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

11.3. Kompaniyaning moliyaviy rejalashtirish amaliyotiga 
byudjetlash tizimini joriy etishning uslubiy jihatlari
Korporatsiya moliyasini boshqarishning zamonaviy texnologiyasi 
byudjetlash tizimini keng qo'llaydi. Rivojlangan mamlakatlarda 
byujetlashtirish tezkor moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy boshqa­
rishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Chet el kompaniyasida byudjetlash — kompaniyada rejalashtirish 
va boshqaruv qarorlarini qabul qilish; kompaniya moliyaviy ahvolining 
barcha jihatlarini baholash; moliyaviy intizomni mustahkamlash va 
alohida tarkibiy bo‘linmalar manfaatlarini kompaniyaning umumiy 
manfaatlariga bo‘ysundirishning asosi hisoblanadi .
Byudjetlash korporatsiyalar rahbarlariga turli bo'linmalar faoliya­
tining moliyaviy samaradorligini qiyosiy tahlil qilish, yanada rivojlantirish 
uchun xo‘jalik faoliyatining maqbul solialarini aniklash. imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda octish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda 
ham ko'plab korporatsiyalar va yirik kompaniyalar rahbarlari o‘z korpo­
ratsiyalarida byudjetlash tizimlarini ishlab chiqish hamda joriy etish 
bilan shug‘ullanish zarurligi va maqsadga muvofiqligini anglab etdi. 
Bu shu narsa bilan bog‘liqki, byudjetlash resurslar xarajatlarining 
me’yorlarini hamda tovarlar va xizmatlaming alohida turlari, shuning- 
dek, biznes turlari, kompaniyaning tarkibiy bo'linmalari bo‘yicha 
rentabellik hamda samaradorlik me’yorlarini belgilashga ko‘maklashadi. 
Agar belgilangan me’yorlar oshirilsa, bu muayyan joylarda ishlar 
ahvolini tekshirish va hal etish yo'llarim aniqlashga sabab bo‘ladi. 
Bundan tashqari, byudjetlash kompaniya rahbariyatiga investitsiyalami 
sarflashning eng istiqbolli sohalarini tanlashga ko'maklashadi.
Odatda, byudjet bir yil doirasida (yillik, choraklik yoki oylik) ishlab 
chiqiladigan, xo‘jalik faoliyatining muayyan turlarini amalga oshirish 
jarayonida moliyaviy mablag‘lar xarajatlari va tushumlarini aks ettiruvchi 
tezkor moliyaviy rejani o‘zida namoyon qiladi. Biroq byudjetlash nafaqat 
moliyaviy rejalashtirish maqsadlariga muvofiq muayyan byudjetlami
116


ishlab chiqish jarayoni, balki qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining 
moliyaviy asoslanishini ishlab chiqish va amalga oshirishga mo‘ljallangan 
boshqaruv texnologiyasi hamdir. Shuning uchun byudjetlashtirishning 
asosiy maqsadi daromadlar va xarajatlar bandlarini rejalashtirish, nazorat 
qilish hamda moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahMash orqah korpo­
ratsiya va uning tarkibiy bo‘lin malari (biznes birliklar) faoliyatini 
boshqarish jarayonini tashkil etishdan iborat.
Byudjetlar kompaniyaning moliyaviy ahvolini doimiy nazorat qilish, 
bosh rahbariyatini tarkibiy birliklar rahbarlari tomonidan qabul qilina- 
digan qarorlarning to‘g‘riligi haqida mulohaza qilish imkonini beruvchi 
barcha zarur axborot bilan ta’minlash, faoliyatiga tezkor va strategik 
tuzatishlar kiritish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Odatda, byudjetlash jarayoni uzluksiz yoki o‘zgaruvchan xususiyatga 
ega bo‘ldi. Bir yilga belgilangan asosiy moliyaviy ko'rsatkichiardan 
kelib chiqib, moliyaviy rejalashtirish jarayonida (rejali davr boshlan- 
gunga qadar) choraklik byudjetlar tizimi ishlab chiqiladi. Choraklik 
byudjetlar doirasida oylik byudjetlar tuziladi. Bunday o'zgaruvchan 
byudjetlash jarayoni korporatsiyaning moliyaviy faoliyatini tezkor 
rejalashtirish tizimining uzluksizligini ta’minlaydi.
Byudjetlash tizimi va boshqaruv hisobining roli barcha moliyaviy 
axborotni taqdim etish, korporatsiya yoki kompaniyaning pul mabla- 
g‘lari, moliyaviy resurslari, hisob varaqalari va aktivlari harakatini har 
qanday menejer uchun qulay shaklda ko‘rsatish, xo‘jalik faoHyatining 
tegishli ko'rsatkichlari bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul 
qilish uchun maqbul ko‘iinishda taqdim etishdan iborat.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling