12. KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMI VA
BIZNES MUHITINING SHAKLLANISH ASOSLARI
12.1. Oizbekistonda biznes muxitining shakllanish bosqichlari.
12.2. Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruv tizi
mining shakilanishi.
1 2 .3 . 0 ‘zb e k isto n d a a k s iy a d o r lik j a m iy a tla r i b izn es m u h itin in g
jozibadorligini ta ’minlash om illari.
12.1. C ’zbekistonda biznes muhitining shakllanish
bosqichlari
Biznes muhitining shakilanishi va uning rivojlanishi jamiyatdagi
ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga bog‘liq jarayon hisoblanadi. Kishilik
jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy munosabatlaming oddiylikdan murak-
kablikka tomon o‘zgarishi bilan tavsiflangani sababli biznes muhitning
ham vaqt o ‘tgan sari murakkablashib borganligiga guvoh bo‘lish
mumkin.
0 ‘zbekistonda biznes muhitning shakilanishi va rivojlanishi tarixiga
nazar tashlar ekanmiz uni shartli ravishda olti davrga bo‘lib o‘rganish
mumkin: birinchi davr — Markaziy Osiyoda qadimda mavjud bo‘lgan
davlatlarda amalda bo‘lgan, islom shariati qoidalariga asoslangan xo‘jalik
yuritish
tizimining shaklla-nishi; ikkinchi davr — temuriylar davrida
amalda bo‘lgan biznes muhit; uchinchi davr — temuriylar davlatining
tanazzuh va Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishigacha bo‘l-
gan davr; to‘rtinchi davr — mustamlaka maqomida bo'lgan Turkiston
va Markaziy Osiyoning boshqa xonliklaridagi biznes muhit; beshinchi
davr — rejah sovet iqtisodiyotining bir bo‘lagi sifatidagi biznes muhit;
oltinchi davr — bozor munosabatlariga o‘tish davri.
Yuqorida keltirilgan biznes muhit rivojlanishini davrlashtirishda
mamlakatimiz egallab turgan hududda mavjud bo'lgan sivilizasiyalar
muhim ahamiyat kasb etganligi inobatga olindi.
Ishlab chiqarish birlashmalari esa
bosh korporatsiya va ishlab
chiqarish birliklaridan tashkil topgan edi. Bosh korporatsiya apparati,
asosan, quyidagi ishlab chiqarish-xo‘jalik funksiyalarini bajargan:
birlashma miqyosida ishlab chiqarishni rejalashtirish, butun birlashma
va uning ishlab chiqarish birliklari faoliyatini mohyalashtirish va moddiy-
texnik ta’minotini amalga oshirish. Bu ko‘rinishdagi birlashmalarda
121
ishlab chiqarish birliklari sifatida huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘l-
magan, odatda nisbatan yirik korporatsiyalar faoliyat yuritgan. Bu
xildagi ishlab chiqarish birliklari sex va bo‘limlardan huquqiy jihatdan
farq qilardi, ya’ni ularning rahbarlari xodimlarni
ishga qabul qilish va
ishdan bo‘shatish huquqiga ega edilar. Ishlab chiqarish birliklari
birlashma nomidan shartnomalar tuzishga haqli bo‘lib, ularning
ixtiyoriga birlashmaning markazlashgan jamg‘armalaridan bir qismi
berilgan. Ishlab chiqarish birlashmasi va
ishlab chiqarish birliklari
o‘rtasida vakolatlar quyidagicha taqsimlangan edi: ishlab chiqarish
birligi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va yuqori sifatli mahsulot
ishlab chiqarish vazi-fasini bajargan bo‘lsa, bosh korporatsiya esa yagona
texnik siyosatni yuritish, byudjet bilan hisob-kitobni amalga oshirish,
xo‘jalik aloqalarini takomillashtirish bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Shuni
ta’kidlab o'tish kerakki, ayrim hollarda ishlab chiqarish birlashmalari
tarkibiga yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega bo'lgan korpora
tsiyalar ham kirgan.
Sovet davri deb atalgan ushbu bosqich so‘ngida korporativ boshqa
ruv belgilarini o'zida mujassam etgan ishlab chiqarish va sanoat
birlashmalarining vujudga kelishi hudud biznes muhitining zamonaviy
tamoyillar asosida shakllanishiga turtki bo‘la boshlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: