— rivojlangan ichki korporativ dasturiy (maqsadli) va joriy (tezkor)
rejalashtirish;
— korporatsiyada yuqori texnologiyalarning etarli miqdori (5 va
undan ortiq);
— korporatsiyalararo aloqalar bo‘yicha ishlab
chiqarishning kichik
hajmlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 10—15
%
tashkil
etuvchi)1.
Turlicha tashkiliy-tuzilmaviy shakldagi кофогаПу tuzilmalar ijtimoiy
va ishlab chiqarish-moliyaviy tizimini o‘zida ifoda etadi. Bu tizim
yuqori dinamikaga ega bo‘lib, quyidagi
asosiy tamoyillar negizida
rivojlanadi:
— muayyan кофогаиу tashkilot doirasida mulkka egalik qilishning
teng huquqiy imkoniyatlari uchun sharoit yaratish;
— biznes faoliyati jarayonida o‘zaro ta’sir usullarini
erkin tanlash;
— biznesning ayrim qatnashchilari manfaatlarini кофогайу tashkilot
manfaatlari birligi orqali amalga oshirish;
— kapitalni diversifikatsiyalash variantlarini
topishda namoyon
bo‘luvchi o‘zaro manfaatlarni saqlab qolgan holda moliyaviy ishbilar
monlik;
— integratsiyalashgan korporativ tizimlar doirasida moliyaviy-ishlab
chiqarish mexanizmlarini birlashtirish;
— o‘zaro manfaatlar yo‘lida biznesni integratsiyalashning multipli-
kasion samaralarini hayotga tatbiq etish.
Amaliyotda кофогайу boshqaruv toifalarini uning mohiyati nuqtai
nazaridan ham, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidagi aniq o‘mi
va roli nuqtai nazaridan ham kengaytirib talqin qilish ommaviylashgan.
Bu holatda muayyan ko‘p qatlamli, murakkab, ko‘p funksionalli hodisa
mavjud bo‘lib, uni birgina «кофогайу boshqaruv»
atamasi bilangina
ta’riflash mumkin emas2.
Do'stlaringiz bilan baham: