«Korporatsiya» atamasi ko‘p mazmunli bo‘lib bir necha ma’nolarda
ishlatiladi. Ayrim muaUiflar «korporatsiya» atamasining huquqiy jihatiga
urg‘u beradilar. Boshqa tadqiqotchilar «korporatsiya» tushunchasining
ko‘proq iqtisodiy tomonini ko!rib chiqadilar. Bizning fikrimizcha
korporatsiyani aniqlashda har xil yondashishlami ko‘rib chiqish maqsad
ga muvofiqdir:
— korporatsiyani aksiyadorlik jamiyati sifatida ko'rish;
— ijtimoiy foyda keltiruvchi faohyatni
amalga oshiruvchi jismoniy
va yuridik shaxslar yoki mablag‘lar birlashmalari;
— millatlararo faoliyat yurituvchi, yirik,
bozorda ustunlik qiluvchi
aksiyadorlik jamiyatlarining alohida turi;
— bir nechta yuridik shaxslaming
yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan birlashmasi;
— uchta tarkibiy qism —
moliyaviy, sanoat-sotuv va boshqaruv
qismlardan iborat xo'jalik tizimi sifatida (bunda tushunchaning huquqiy
yo'nalishiga e’tibor kam beriladi) ko'rib chiqish1.
Ba’zi mualliflar korporatsiyaning bir qator
konseptual tushuncha-
larini keltiradilar. Bularga integratsiya qilingan korporativ tuzilmaning
uchta mezon asosida baholash konsepsiyasi kiradi. Ushbu konsepsiyaga
muvofiq, korporatsiya bu — quyida keltirilgan talablarga javob beruv
chi, bir nechta iqtisodiy agentlarning (yuridik shaxslar yoki yuridik
shaxs bolmagan boshqa tashkilotlar) birlashmasi:
1) hech bo‘lmaganda agentlarning bir qismi foyda olish maqsadida
faoliyat yurituvchi tijorat tashkiloti bo‘lishi;
2) agentlar o'rtasida bozor munosabatlaridan ham barqaror aloqalar
mavjudligi, bu esa ba’zi jiddiy sharoitlarda
birlashma yagona birlik
sifatida chiqishidir;
3) qarorlarni qabul qilishning
strategik markazi mavjudligi, bu
markaz yuridik shaxs yoki jismoniy shaxslar guruhi — mulkdorlar va
oliy menejerlardan tarkib topishi mumkin. Bu markaz —
markaziy
element deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: