Oliy va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


Download 83.97 Kb.
bet1/5
Sana23.09.2023
Hajmi83.97 Kb.
#1686312
  1   2   3   4   5
Bog'liq
698-19 Umirov Shoxrux nazorat ishi



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI

SIRTQI BO‘LIM IQTISODIYOT VA
MENEJMENT KAFEDRASI

INNOVATSION MENEJMENT
FANIDAN

KICHIK VA O‘RTA KORXONALARNING INNOVATSIYALAR SOHASIDAGI AFZALLIKLARI. INNOVATSIYALARNI BOSHQARISH.




NAZORAT ISHI
Bajardi:698-19 guruh talabasi Umirov Sh.

Qabul qildi: i.f.n dotsent Kattakishiyev B.


Jizzax – 2023
Mundarija:
1

KIRISH
Bugungi kunda ko'plab riyojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o'rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so'zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diyersifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal riyojlanishini ta'minlash, faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi tushunchalar bizning har kungi hayotimizda, korxona faoliyatida va iqtisodiyot tarmoqlarining turli jabhalarida mustahkam o'rnashib olmoqda. Riyojlangan mamlakatlarda korxonalarning raqobatdoshliligini oshirishda, bozorda mavqeini mustahkamlashda va xaridorgir maxsulot ishlab chiqarishda innovatsiyalar muhim omillardan biri hisoblanadi.Innovatsion faoliyat - bu ishlab chiqarishda yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot turini o'zlashtirish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni amaliyotga joriy etish, iste'molchilar uchun yoki maxsulot raqobatdoshliligini oshiruvchi yanada sifatli tarkibga ega bo'lgan maxsulotlar ishlab chiqarish jarayonidir. Innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmi u yoki bu sub'ektning innovatsion riyojlanish maqsadi yo'nalishidan kelib chiqib, o'zida turli usul va vositalar yig’ indisini mujassamlashtiradi. Innovatsion sohadagi boshqaruv qarorlarining natijaviy tayyor maxsulotga aylanishini ta'minlovchi samarali mexanizmni ishlab chiqish milliy korxonalarimizning bugungi kundagi dolzarb masalalaridan biridir.
Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan o’zgarish - innovatsiya paydo bo’ ladi. Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab bo’lib, ularning riyojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun yangilik kiritish har xil tashkiliy - iqtisodiy jihatlari bilan shug’ ullanuvchi mutaxassislar innovatsion menejerlar talab etiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti rahbarlar va mutaxassislarga jiddiy talablar qo’yadi. Bu talablar tashkilotlarni riyojlantirishning samarali strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zaruruyati bilan bog’liq bo’lib, bunday muammolarni faqatgina boshqaruv munosabatlarini tushunuvchi mutaxassislargina hal qilishadi.


Download 83.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling