Oliy va o‘rta махsus та’lim vazirligi huzuridagi “MA’naviyat va ma’rifat” markazi


USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR


Download 54.98 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi54.98 Kb.
#1155449
1   2   3
Bog'liq
1 axborot soati Hokim

USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR


Mavzu: “INSON – ENG OLIY QADRIYAT
(inson qadri misolida)”


Avvalo ma’ruzamizning mohiyatidan kelib chiqib inson qadrini tahlil qilsak. Auditoriyaning qiziqishi va sohasini hisobga olib unda texnika va inson omili masalalariga ham to‘xtalsak.
Inson qadriga e’tibor, uning mazmun-mohiyati haqida qiziqish, insonning ijtimoiy fenomen sifatida mavjudligi va rivojini ta’minlash sharti bilan, fan, texnika, ijtimoiy ishlab chiqarish, madaniyat, siyosat kabi sohalarning taraqqiyoti davomida shakllandi.
Inson va mashina orasidagi munosabatlarda ongli mavjudotning qadri masalasi bu yo‘ldagi dastlabki qadamlardan hisoblanadi. Muammo shundan iborat ediki. Mashina insonga xizmat qilishi kerak. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu teskari effekt namoyon qilmaydimi? kabi savollar olimlar tomonidan o‘rtaga tashlandi. Mazkur muammo mashinalarning murakkabligi bilan bog‘liq edi. Buni anglash va ilmiy asosda yechish XIX asrning oxirlari (F.U.Teylor) dan boshlandi. Teylorning asosiy g‘oyasi har qanday vaziyat, holat bo‘lmasin, mashinalardan unumli va samarali foydalanishga erishish lozimligiga qaratilgan edi. Uning davomchilari – F.Gilbert, K.Bart, G.Gant, G.Ford, X.Emerson (AQSh), A.Fayol (Fransiya) va boshqalar bunday g‘oyani rivojlantirib, inson va texnikani o‘zaro muvofiqlashtirishga intildilar. Xususan, mashhur amerikalik sanoatchi Genri Ford avvalo, insonga munosabat, tartib-intizomni yaxshilash orqali samaradorlikni oshirishga urinadi, hatto ishchilarning ishdan bo‘sh vaqtlarini ham oqilona tashkil etishga intiladi.
Shu tariqa, texnika taraqqiyoti bilan birgalikda inson va texnikaning o‘zaro uyg‘unligi nazariyasi va amaliyoti ham rivojlandi. XX asrning 20-yillari boshida psixotexnika deb ataladigan insonning amaliy faoliyatini o‘rganuvchi fan yuzaga keldi.
Ammo ilmiy tushuncha sifatida u ilk bor ilmiy-texnik inqilob vujudga kelishi bilan (AQShda) paydo bo‘ldi. «Inson qadri» tushunchasi dastavval ilmiy tadqiqotlarda aviatsiya va umuman harbiy texnika sohalari yo‘nalishida qo‘llanila boshlandi. Keyinchalik u kosmonavtika, shuningdek, ishlab chiqarish va ish yuritishda ham ishlatiladigan bo‘ldi.
Inson qadri tadqiqi bilan dastavval, asosan psixologlar, ayniqsa muhandis-psixologlar shug‘ullanishgan. Amerika olimlarining 163 yildagi ma’lumotlariga qaraganda, «AQShda inson qadri sohasi tadqiqotchilarining yarmidan ko‘pini psixologlar tashkil etgan». 1961-yilda ish yuritish va ishlab chiqarishda muhandislik psixologiyasi tadqiqotlari bilan 1300-atrofidagi kishilar mashg‘ul bo‘lishgan. 137-ta kompaniyada muhandislik psixologiyasining tadqiqot dasturlari ishlab turgan. Ularning ham aksariyati hukumat tashkilotlari va universitet laboratoriyalarida edi. Buni tushunib yetgan Yevropa olimlari o‘zlarining bunday sohada AQShdan orqada ekanliklarini o‘ksinib, afsus bilan qayd etishadi.
XX asr 20-yillarida AQShda xususiy tadbirkorlar manfaatini ko‘zlovchi yana bir inson qadrining nazariy-metodologik tizimi shakllandi. Mexanizatsiyalashgan sharoitda mashina bilan inson ruhiy holatining munosabatlarinigina o‘rganish yetarli bo‘lmay qoldi. Jamiyatning bunday rivojlanish bosqichi endilikda inson qadrining boshqa qirralari – uning ma’naviy va estetik sifatlari: qarash, did, ustanovka, motiv, qadriyatlar tizimi kabilar bilan to‘qnash keladi.
Texnika taraqqiyotida inson ruhiy holatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan inson qadriga dastlabki teylorona yondashuv endi ishlab chiqarish sub’ektining intellektual va jismoniy salohiyatini oshirish bilan boyitildi. Avval texnik taraqqiyot kishining imkoniyat, qobiliyat va malakasiga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, endilikda texnika mehnatga yuqori ongli munosabatni, intellektual salohiyatni yanada oshirishni va ma’naviy barkamollikni talab eta boshladi.
XX asrning 50-yillariga kelib inson qadrini tadqiq etish yo‘nalishi kibernetika va hisobli texnika asosida rivojlandi va bu insonning murakkab tizimli avtomat (mashina)lar bilan munosabati doirasida bo‘ldi. Shunday qilib, XIX asr oxiridan boshlab XX asrning yarmiga qadar g‘arbda inson qadrini tahlil qilish va tadqiq etish borasida ancha katta tajriba to‘planadi.

Ushbu yo‘nalishda sobiq Ittifoq hududida ham izlanishlar olib borish
XX asrning 20-yillardan e’tiboran, boshqa xorijiy tadqiqotlar singari ishlab chiqarishga nisbatan o‘rganila boshlandi. Ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlarda inson qadrini o‘rganuvchi psixologiya va sotsiologiyaning turli shakllari rivojlandi. Ayniqsa, psixotexnika bilan yaqin hisoblangan mehnat psixologiyasi va ijtimoiy psixologiya ravnaq topdi. Bu fan sohalarining V.M.Bexterev, K.N.Kornilov, L.S.Vigotskiy, M.A.Reysner kabi vakillari ismlarini hozirgi olimlar ham juda yaxshi bilishadi. Masalan, V.M.Bexterev refleksologiyasining «sub’ekt (psixika) dan – ob’ekt (faoliyat)ga» prinsipi tegishli fanlarda atroflicha keng izohlandi. Psixologiya fanida «tug‘ilgan» Bexterev refleksologiyasining inson qadri bilan bog‘liq masalalari pedagogik psixiatriya, sotsiologiya, san’atshunoslik kabi fan sohalariga ham keng tarqaldi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan insonshunoslik fanlari sobiq Ittifoq hududida 30-yillar o‘rtalaridan ma’lum ma’noda shaxsga sig‘inish (kult lichnosti) tufayli sezilarli darajada to‘xtab qoladi.

Inson qadri tadqiqi rivojlanishini umuman, quyidagicha tasavvur etishimiz mumkin: ilmiy-texnik inqilob murakkab tizimli ob’ektlarni vujudga keltirdi. Keyinchalik bu ob’ektlar tizimli yondashuv asosida o‘rganila boshlandi. Va ana shunday tizimli yondashuvda insonning o‘ziga xos o‘rni, roli, ta’siri va ahamiyati ham e’tiborda tutila boshlandi. Dastavval, inson qadri «inson-mashina» munosabatlarini tizimli tahlil etishda chuqur tadqiq etildi. Ayniqsa, inson bunday munosabatlarda operator, dispetcher, dasturchi kabi ishlab chiqarish sub’ekti sifatida diqqat e’tiborda bo‘ldi. Uning tizimga muvofiq samarali faoliyatining rivojlanishga bevosita va bilvosita ta’sir etishiga katta urg‘u berildi.
Umuman, inson qadrini ro‘yobga chiqarish tarixiy barcha davrlarda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy muammolarning bir qirrasi bo‘lib kelgan. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, insonlar bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirisha boshlagan va ilk rahbarlik munosabatlari shakllangan paytdan boshlab mazkur masala muayyan doira vakillarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. O‘zi mansub jamoa va jamiyatning a’zolarini umumiy foydali maqsad yo‘lida safarbar etish, shu jamoa umummanfaatining ro‘yobga chiqishida har bir guruh a’zosining ongli ravishda hissasini qo‘shish masalalari, tarixning hozirgi bosqichida ham davom etib kelayotgan hayotiy muammolar sirasiga kiradi. Demak, bu jihatdan umumiylik mavjud. Biroq mazkur maqsadlarga erishishning usul va vositalari orasida sezilarli farq ko‘zga tashlanadi. Ya’ni masalan, totalitar tuzum sharoitida inson qadrini ro‘yobga chiqarishga asosan, uning mehnat salohiyati va mahsuldorligi nuqtai nazaridan yondashilgan bo‘lsa, demokratik taraqqiyot tamoyillarini e’tirof etgan bugungi O‘zbekistonda mazkur muammoni hal etish inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining kafolatlanishi asosida olib borilayotgani ma’lum. Mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida inson qadri masalasi jamiyatning barcha sohalari – iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy va ta’limiy islohotlarda yaxlitlikda olib qarala boshlandi.


E’tibor berilsa,
Download 54.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling