O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA МАХSUS ТА’LIM VAZIRLIGI HUZURIDAGI “MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT” MARKAZI
|
|
“SPIRITUALITY AND EDUCATIONAL” CENTRE UNDER THE HIGH AND SECONDARY MINISTRY OF EDUCATION THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
|
100095, Тoshkent shahar, Talabalar shaharchasi,
Talabalar ko’chasi, 70 Теlefon: (998-71) 246-95-43 Faks: (998-71) 246-64-75 e-mail: mm.markaz@umail.uz
|
100095,Tashkent city,Talabalar city,Street Talabalar,70 Phone:(998-71) 246-95-43 Fax: (998-71) 246-64-75 e-mail: mm.markaz@umail.uz
|
2021-y “___”__________ №_______________
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga
Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari Namunaviy rejaga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilining o‘n oltinchi haftasida o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlari materiallari ilovaga muvofiq yuborilmoqda.
Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur hafta davomida o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarini “Inson – eng oliy qadriyat” mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi.
“Axborot va murabbiylik soati” 4 bosqichdan iborat bo‘ladi.
1-bosqich (20 daqiqa). Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan qisqacha tanishish. Mazkur masala bo‘yicha matn har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan dars o‘tiladigan kundan bir kun avval tayyorlanadi.
2-bosqich (20 daqiqa). Axborot soati mavzusini yoritish. Bu bosqich ilovada berilgan mavzu matni asosida o‘tkaziladi.
3-bosqich (20 daqiqa). Talabalar bilan fazilatlardan biri haqida suhbatlashish va shu fazilatni keng targ‘ib qilish. Mazkur fazilatning ziddi bo‘lgan illatdan saqlanishga chorlash. Har bir mavzuda keltirilgan fazilatning ma’no-mazmuni yoritilib, ular haqida hadis, maqol, hikmatli so‘z, rivoyat va boshqalar keltirilishi lozim.
4-bosqich (20 daqiqa). Badiiy adabiyotlar bilan tanishish bosqichi. Mazkur bosqichda albatta shu oy uchun mo‘ljallangan kitob haqida qisqacha ma’lumot berilishi lozim.
Dars o‘tish haftasidagi vaziyatga qarab mavzular oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘zgartirilishi yoki boyitilishi mumkin.
Ilova: ___ bet.
“Ma’naviyat va ma’rifat”
markazi direktori L.Mingishov
Do'stlaringiz bilan baham: |