Oliy va o‘rta махsus та’lim vazirligi huzuridagi “MA’naviyat va ma’rifat” markazi
inson qadrini tadqiq etish aniq fanlar doirasidan ijtimoiy fanlarga tomon rivojlanib bordi
Download 54.98 Kb.
|
1 axborot soati Hokim
- Bu sahifa navigatsiya:
- hozirgi kunda tabiiy va ijtimoiy voqeliklarni o‘rganish bevosita inson mohiyati, mazmuni va tabiati bilan birgalikda o‘rganilmoqda va bu bizningcha, to‘g‘ri yondashuvdir.
inson qadrini tadqiq etish aniq fanlar doirasidan ijtimoiy fanlarga tomon rivojlanib bordi. Ya’ni dastavval, inson-mashina munosabatlaridagi inson qadri keyinchalik o‘z qamrovini kengaytirgan holda inson-jamiyat va hatto, inson-ekologiya munosabatlari doirasida taraqqiy etdi.
Xo‘sh, ijtimoiy hayotda inson qadri qanday o‘ziga xosliklarga ega? Inson qadri haqida gapirilganda, eng avvalo, real inson, uning real imkoniyat va xislatlarining haqiqiy voqelikka real ta’sir eta olishidan kelib chiqib uni ob’ektiv baholanishi nazarda tutiladi. U yoki bu taraqqiyotda, ijtimoiy o‘zgarishlarda inson qadrini tahlil qilishda ham uning reallikka ta’siri masalasi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, insonning tabiat va jamiyat qonuniyatlari amal qilishidagi o‘rni va roli, ularga insonning ta’siri darajasi nuqtai nazaridan o‘rganish keng tarqalgan. Ya’ni hozirgi kunda tabiiy va ijtimoiy voqeliklarni o‘rganish bevosita inson mohiyati, mazmuni va tabiati bilan birgalikda o‘rganilmoqda va bu bizningcha, to‘g‘ri yondashuvdir. Sababi – jamiyat hayotining har qaysi sohasi qanchalik nisbiy mustaqil bo‘lmasin, ularning rivoji, o‘zgarishi va dinamikasi inson borlig‘ining shunga aloqador ong va faoliyati birligining tahlilisiz ojiz bo‘lib qoladi. Biz u yoki bu yondashuvni mutloqlashtirishdan yiroqmiz. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, inson mohiyatining birgina jihatiga urg‘u berish mavjud voqeliklarni kamchiliklarda tasvirlashga olib keladi. Ammo, insonning mohiyati – uning tabiati, kosmik, biologik asoslari, ideal ma’naviy fazilatlari, ijobiy qobiliyati, ijtimoiy-psixologik yoki mafkuraviy jihatlarining bir-butun tizimi, majmuasidan iboratdir. Shunday ekan, yashab turgan tabiat, jamiyat, atrof-muhit va o‘z navbatida, individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda insonning mohiyatini, demakki u yoki bu jarayonda inson qadrini tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Shundagina mavjud shart-sharoitlarni va unga sub’ektlarning munosabati, ishtirokiga baho berish imkoniga ega bo‘linadi. Ilmiy tahlil ob’ekti sifatida inson o‘zining shaxsiy xususiyatlariga nisbatan, bu xususiyatlarni shakllantirgan hayotlarga nisbatan va tabiat va jamiyatga nisbatan namoyon bo‘la boshlaydi. Bu o‘zaro munosabatlarning har biri inson mohiyatini ifodalashga xizmat qiladigan alohida munosabatlar tizimini tashkil etadi. Kosmosda, tabiatda, jamiyatda va muhitda shakllanib, funksiyalarni bajarib va faoliyatda bo‘lib inson nafaqat ishtirokchi hisoblanadi. O‘z navbatida, u tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy munosabatlarning mahsuli hamdir. Xuddi shuning uchun ham yuqoridagi munosabatlar xususiyatiga qarab, muayyan yondashuvlar u yoki bu darajada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Qolganlari esa yo 2-3-darajali yoxud umuman e’tiborsiz qoldiriladi. Insonni aynan ijtimoiy munosabatlar tizimida, xususan demokratik jamiyat qurish jarayonida hayot sifatida o‘rganish uning tabiat qonunlariga mos bo‘lishini inkor etmagan holda, ko‘proq uning ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatlariga ahamiyat beradi. Marksizmning ijtimoiy falsafasida taraqqiyotni siljituvchi kuchlar deb, ob’ektiv ijtimoiy qarama-qarshiliklar, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish va tovar almashish usullari, mehnat taqsimoti, insonlar, xalqlar va sinflarning davomiy faoliyati, jamiyatda sinflarning ajralishi va kurashi, ijtimoiy inqiloblar, ehtiyoj va manfaatlar, fan va ideal motivlar kabi turli ijtimoiy voqeliklar tushunilardi. Shunga muvofiq, ilmiy adabiyotlarda ham jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari turlicha tushuntirilgan. Ya’ni ba’zan u ijtimoiy taraqqiyotning qarama-qarshiliklari va ularning yechimi bilan bog‘lansa, ba’zida ijtimoiy determinizm bilan, goh tarixning ob’ektiv va sub’ektiv hayotlari bilan, gohida esa kishilarning faoliyati yoki sanab o‘tilgan hayotlar kompleksi bilan izohlanadi. Ko‘rinishidan, qayd qilingan har bir yondashuvlar haqli, haqiqatning qaysidir bir qirrasini o‘zida aks ettiradi. Bizningcha, jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari, avvalo inson(lar)ning faoliyati bilan bog‘liqdir. Jamiyat insonlar faoliyati majmuidan iborat ekanligi chuqur metodologik ahamiyatga ega bo‘lib, bu jamiyatning eng asosiy o‘ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Shunday ekan, jamiyatda sodir bo‘l(adi)gan hodisalar – qonunlarning amal qilishi, jamiyat tarkibiy qismlarining o‘z funksiyasini bajarishi, tarixiy ijtimoiy holatning o‘zgarishi va h.k.lar – inson faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Har qanday moddiy strukturalar, siyosiy institutlar yoki g‘oyalar o‘z-o‘zicha, inson faoliyatidan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi. Mazkur fenomenlar inson faoliyatining biror ko‘rinishida aks etsagina, ijtimoiy mazmunga ega bo‘ladi va jamiyatning muhim elementlariga aylanadi. Har qanday uslub (vosita, qurol) ham inson uni qo‘llaganda, manfaatlariga xizmat qilganda yoki bo‘lmasa, huquqiy normalar inson tomonidan qo‘llangandagina o‘zining haqiqiy mohiyati va ahamiyatiga ega bo‘ladi. Shunday ekan, inson faoliyati – atrofida murakkab tizimchalarni mujassamlashtirgan jamiyatning o‘ziga xos markazi hisoblanadi. Xullas inson oliy qadriyat hisoblanadi. Unga nisbatan gumanizm nuqtai nazardan yondashilgan jamiyatda barqarorlik, uning qadri e’zozlangan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi. Ana shundan kelib chiqib bugungi kunda bizning jamiyatda ham inson qadri masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Download 54.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling