MAJMUA (KOMPLEKS) SHAKLLAR deganda, monologik va dialogic nutqlar ishlatishi bilan birga boshqa ta’sirchan vositalardan ham foydalanish mumkin bo’lgan tadbirlar nazarda tutiladi. Masalan: og’zaki jurnal, mavzuli kecha va boshqalar.
Madaniy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular madaniy muassasalarning keng qamrovli faoliyatini o’zida mujassamlashtiradi. Jumladan, ulardan ma’rifiy targ’ibot-tashviqot ishi, havaskorlik ijodi, bo’sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar uyg’unlashib ketadi. Tadbirlarning har bir shakliga, masalan, ommaviy bayramlar, an’anaviy marosimlar, teatrlashtirilganda ularda ma’rifiy xarakterdagi mazmunni, havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va madaniy hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. Shu sababli, tadbir madaniyat-ma’rifiy muassasalardagi barcha faoliyatining umumlashtirilgan ko’zgusidir.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishning ijodiy hamda tashkiliy jarayonlari haqida
Madaniy tadbirlarning tashkiliy jarayonlari. Madaniy tadbirlarni uyushtirishda klub, madaniyat markazlari va saroylari, madaniyat va istirohat bog’larining roli oshib borishi qishloq madaniyati hayotida yaqqol ko’zga tashlanmoqda. O’zbekistondagi ilg’or qishloq markazlari – guzarida madaniyat majmualari vujudga kelib, ular o’zlarida ko’plab tashkilot va muassasalarini birlashtirmoqda. Ular tarkibiga:
qishloq klubi (madaniyat markazi);
madaniyat va istirohat bog’i
kutubxona
jamoalaridagi ma’naviyat xonalari
maktablar va bolalar bog’chalari
maishiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari
sport inshootlari
sog’liqni saqlash muassasalari
Do'stlaringiz bilan baham: |