Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlgi


Kichik yoshdagi bolalarga chet tillini o’rganishdagi


Download 402.22 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2022
Hajmi402.22 Kb.
#1072532
1   2   3
Bog'liq
Pirmatova Gulnigor - Mustaqil ish

Kichik yoshdagi bolalarga chet tillini o’rganishdagi

qiyinchiliklar.


Kichik yoshlilar uchun mo’ljallangan chet tilli darslari bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishi lozim.


U bola chet tilida muloqot qila olishi uchun uning emotsional, ijodiy, kognetiv va til bilish qobiliyatlarini o’stirishi lozim.
Buni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun esa har bir bolaga uning individual rivojlanish darajasidan kelib chiqib yordam berilishi lozim.
Inson dunyoga kelmasidan burun tilga monand bo’ladi. Go’daklar intiutiv tarzda atrofdagi til ohangiga moslashadilar. Ularning ilk marotaba tovush birikmalarini takrorlashga harakat qilishlari kommunikativ hodisa hisoblanadi.
Taxminan 2 yoshdan boshlab bola tilni ongli ravishda qabul qila boshlaydi. Unda til va tafakkurning rivojlanishi birgalikda ro’y beradi. Bola - o’yin tarzida, hamma narsani o’zi bilan bog’lagan holda, biroq doimiy ijtimoiy interfaol munosabatda - dunyo to’g’risidagi tassavvurni o’zlashtirib boradi va bu jarayonda tilning tuzilish tartibini o’rganib oladi.
Bolaning kelgusida til jihatidan, kognitiv va emotsional rivojlanishi u yashaydigan ijtimoiy va madaniy muhitga hamda uning ehtiyojlari, qiziqishi va qobiliyatlariga mos tarzda jamiyatda individ sifatida qabul qilinishiga bog’liq.
Tavsiyalar:
Bolaning rivojlanish darajasiga qarab chet tillarini o’rganish jarayoniga doir quyidagi tavsiyalar beriladi:
• Beg’uborlik va hozirjavoblik xislatlari tufayli bolalarda hayratlanish qobiliyati kuchli bo’ladi, ular o’yin shaklidagi faolliklarni yoqtiradilar. Ulardagi odatda o’ta sinchkovlik, har narsani bilishga intilish, tadqiq etish ehtiyoji, ilm olishga shayligi hamda qabul qilish qobiliyatlaridan amaliy, o’yin va harakatli mashqlar vositasida dars o’tish va sinab ko’rish uchun foydalanish lozim.
• Bolalar zamon va makon jihatidan bevosita reallikka yo’naltirilgan bo’ladilar. Ular o’rganilayotgan chet tili muhitida tushunarli bo’lgan impulslarga muhtoj bo’ladilar.
• Tushunish uchun bolalarga aniq tasvirlangan ko’rgazmali qurollar kerak bo’ladi. Mavhum tushunchalarni esa ular ma'lum yoshdan boshlab qabul qila boshlaydilar. Shuning uchun, harakatli mashqlarga yo’naltirilgan o’quv imkoniyatlari va uslublari bolaning o’qishda yutuqlarga erishishi va unga qiziqishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
• Bolalar qisqa vaqtgina fikrlarini bir joyga jamlab tura oladilar; bolalardagi odatiy yaxshi eslab qolish qobiliyatini o’yinlar orqali ishga solish va uni yanada rivojlantirish lozim.
• Bolalardagi samimiylik madaniyatlararo muloqotga doir mavzular bilan shug’ullanishga imkon beradi;
Kichik yoshda chet tillarini o’rganish dinamikasi individual xususiyatga ko’ra turlicha bo’ladi, biroq u asosan ma'lum bir namuna bo’yicha kechadi. Bolalarning til o’rganish davrlari va bosqichlarining aniq bir ketma-ketligi to’g’risida yagona bir yondashuv mavjud emas. Piajening rivojlanish bosqichlari modeli ko’plab ilmiy-amaliy tadqiqotlarga asoslanadi, biroq u ham bugungi kunda boshqa modellar kabi [1].
“Inson har qanday vaqtda bir yoki bir necha yangi tillarni o’rgana oladi”, degan fikr bugun shubhasizdir. “Til o’rganish va miya faoliyati ustida olib borilgan tadqiqot natijalari chet tilini imkon qadar Kichikroq o’rganishni qo’llab-quvvatlashga imkon beradi. Shunday qilib, ikkinchi til olti yoshgacha aktsentsiz o’rganilishi isbotlangan. Balog’at yoshigacha sintaksis va morfologiya undan keyingi vaqtga nisbatan qiyinchiliklarsiz o’rganiladi [2].“ Boshqa tomondan esa yana bir qancha omillar bolaning o’zlashtirishiga ta'sir ko’rsatadi. Bular jumlasiga o’qituvchilarning malaka va tajribalari, o’quv materiallarining sifati yoki til bilan muloqotda bo’lishning davomiylik va muntazamlik darajasi kiradi.
Tavsiyalar:
• Bolaning chet tilini o’rganish jarayoniga imkon qadar uning ona tili bilimlarining rivojlanganligidan kelib chiqib qarash lozim.
• Bola yangi o’rgangan bilimlarini ijtimoiy interfaol munosabatlarda masalan, o’qituvchi yoki sinfdoshlari bilan qo’llay olishi uchun til o’rganish jarayonida yetarli sharoitga ega bo’lishi kerak.
• Til o’rganish jarayonining bosqichma-bosqich amalga oshishi to’g’risidagi ilmiy mulohazalar til o’rganish jarayonida xato qilishga bo’lgan munosabatni o’zgartirishni talab etadi: unga ko’ra, xatolar –bu tilni o’zlashtirish yo’lida rivojlanish uchun qo’yilgan qadam hisoblanadi, shuningdek, xatolarni o’quv jarayonining qonuniy bir qismi deb qabul qilish va ularga sabr-qanoat bilan yondashish lozim.
• Tarbiyachi yoki o’qituvchi xatolarni til o’rganish jarayonining holati to’g’risidagi muhim ma'lumot sifatida qabul qilishi va ulardan foydalangan holda bolaga qo’shimcha yordam berishi kerak.
Bolalar bog’cha davrida va maktab ta'limi ostonasida hissiy jihatdan hali nozik bo’ladilar. Ular ilk marotaba oila davrasidan tashqaridagi muhitga ko’nikishni o’rgana boshlaydilar. Ular birinchi marotaba do’stlashadilar, yangi kishilar bilan tanishadilar, turlicha shaxsiy tajribalar orttira boshlaydilar. Xorijiy tilning yangi ohanglari bilan uyg’unlashgan hali notanish bu jarayon, ayniqsa bola rivojlanishining hissiy jihatlarini inobatga olgan holda unga mehribonlik bilan yondashishni talab etadi.
Bolalar nafaqat maxsus qobiliyatlarga ega bo’ladilar, balki ularda ma'lum bir ehtiyojlar ham borki, masalan, kichik yoshlilar uchun mo’ljallangan chet tili darslarida yosh o’quvchilar o’zlarini erkin his qilishlari lozim hamda o’quv jarayoni muvaffaqiyatli kechishi uchun mazkur ehtiyojlar inobatga olinishi zarur. Bolada quyidagilarga nisbatan ehtiyoj tug’iladi:
• ta'lim olayotgan muhitda o’zini erkin va himoyalangan his qilish;
• xayrihohlikni his etish va o’zini ko’rsata olish;
• tuyg’ularini oshkor etish, xursand bo’lish va boshqalarni xursand qilish;
• boshqalarni tushunish va ular bilan gaplashish;
• o’ynash, mashg’ul bo’lish, harakat qilish va sho’xlik qilish;
• o’zining ijodiy jihatlarini namoyon etish;
• muvaffaqiyatlarga erishish va maqtovlarga sazovor bo’lish;
yangi narsalarni bilish, boshdan o’tkazish, o’rganish, kashf etish, faol tadqiq etish;
• yangi o’rganganlarini rolli o’yinlarda (yoki shunga o’xshash) taqlid qilish va shu tarzda ularni hissiy jihatdan o’zlashtirish;
Tavsiya:
Kichik yoshda chet tillarini o’rganishning maqsadi, mazmuni va metodlarini belgilash va uni amalga tatbiq etishda tarbiyachi yoki o’qituvchi doimo bolaning ehtiyojlarini inobatga olishi shart.
Boshlang’ich maktablarda bola BMTning bolalar huquqlari to’g’risidagi konvensiyasiga muvofiq o’z huquqlari bilan tanishtirilishi lozim. Huquqiy ongi rivojlangan bolalar uchun ular yashayotgan ijtimoiy jamiyatda keng imkoniyatlar ochiladi. Asosiy huquqlardan hisoblanmish til o’rganish huquqi bu jarayonda ko’plab boshqa huquqlarning ibtidosi hisoblanadi. Kimki o’qish va yozishni bilsa va bularni bir yoki bir necha xorijiy tillarda bajara olsa, har tomonlama muloqot qilishni o’rganadi va o’zida qiyinchiliksiz ijtimoiy kompetentsiyani shakllantiradi.
Ta'lim olish va chet tillarini o’rganish huquqi o’zga madaniyatga nazar solish, xorijliklarni qiyinchiliksiz tushunish, qiziquvchanlik va bag’rikenglikni rivojlantirish, til bilimlari orqali ochiladigan yo’llardan yurish va shu yo’sinda o’z shaxsiyatini cheksiz rivojlantira olish imkoniyatini beradi.
Kichkina bolalar begona narsalar oldida qo’rquvni his etmaydilar va chet tili ohangini xolisona qarshi oladilar. Biroq, ular chet tilini bolalarga mos o’rgatish imkoniyati berilishini o’zlari talab qila olmaydilar.
Kichik yoshda xorijiy tillarni o’rganish barcha bolalarga til bilan bog’lig quyidagi huquqlarni berishi lozim:
• Kichik yoshda til bilimlarini imkon qadar keng ko’lamda egallash huquqi (imkoniyatlar tengligi asosida). U ona tili yoki kelib chiqish tili bo’yicha bilimlarni rivojlantirishni hamda Kichik yoshda chet tillarini o’rganish orqali bolaning til bilish imkoniyatlarini kengaytirishni qamrab oladi.
• madaniyatlararo muloqotga doir mavzular kiritilgan o’quv materiallari asosida til o’rganish hamda madaniyatlararo muloqot yuritish imkoniyatiga ega bo’lish huquqi;
• xorijiy tillarni o’rgatish orqali boladagi mavjud qobiliyatlarni maksimal darajada rivojlantirish huquqi. Bilimlarni o’zlashtirish uchun barcha sezgi organlari yordamida o’rganish ham shular jumlasiga kiradi;
• mustaqil fikr yuritish va chet tili mashg’ulotlarida qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqi;
• til o’rganish jarayonida xato qilish va bu uchun jazolanmaslik huquqi;
• kelib chiqish tili, dini yoki madaniyatidan qat'iy nazar tan olinish va boshqalar bilan teng munosabatga loyiq bo’lish huquqi.
Tavsiya:
Bola yoshiga mos huquqlardan amalda foydalana olishi uchun uning shaxsiyatini rivojlantirish maqsadida kichik yoshlilar uchun mo’ljallangan chet tili darslari ko’proq amaliy imkoniyatlar yaratilishi lozim. Bolalarni tinglash, ulardan talab qilish, o’z fikrini bildirish, savol berishga imkon yaratish va xatolarini mehribonlik va ehtiyotkorlik bilan tuzatish shular jumlasidandir.
Kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda asosiy vazifa tarbiyachilar va o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Ular bola uchun ota-ona singari eng muhim kishilar bo’lib, ta'lim muassasalarida kerakli muhitni yaratish va bolalarga xos hayot tarzini shakllanishida muhim rol o’ynaydilar. Tarbiyachi yoki o’qituvchi ko’p tomonlama va o’ta maxsus talablarga qanchalik malakali yondashsa, bolalarning til o’rganish jarayoni shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshadi.
Buning uchun tegishli xorijiy til bo’yicha mutaxassislik bilimlari talab etiladi (til bilimlari, madaniy bilimlar, metodik va didaktik kompetentsiyalar). Bunda ma'lum fanlararo bilim va tajribalar ham ahamiyat kasb etadi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi [1]:
• muloqot qilish istagi;
• madaniyatlararo muloqot yuritish qobiliyati va unga bo’lgan hohish;
• tahlily, muammolar yechimiga yo’naltirilgan fikr yuritish qobiliyati;
• o’quv strategiyalarini aniqlash, ularni yetkazib berish va qo’llash kompetentsiyasi;
• umri davomida o’rganishni o’zi va barcha o’quvchilar uchun printsip darajasiga chiqarish;
• tafakkur va ta'lim sohasidagi yangi qarashlarga nisbatan ochiqko’ngillikni rivojlantirish;
• bolalar hamda hamkasblar bilan inoq va samarali hamkorlik qilish qobiliyati;
• axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetentsiyasini doimiy tarzda rivojlantirib borish;
• o’z kasbidagi roli va vazifalarini ongli ravishda hamda maqsadga yo’naltirilgan tarzda qabul qilish va tanqidiy baholash
• ta'lim va tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor turish
Tarbiyachi va o’qituvchi bola uchun ko’pincha chet tilida muloqot qilish mumkin bo’lgan yagona shaxs sanaladi. Tarbiyachi va o’qituvchi bola uchun ko’pincha chet tilida muloqot qilish mumkin bo’lgan yagona shaxs sanaladi. Shuning uchun ular gapiradigan til bolalarga namuna vazifasini o’taydigan muhim namuna hisoblanadi. Tarbiyachi yoki o’qituvchi chet tilini shu darajada bilishi lozimki, natijada darsni butunlay xorijiy tilda o’tish imkoni tug’ilsin. O’qituvchining til bilish mahorati fonetik, ohang va ifoda jihatidan ham bolalarga o’rnak bo’lishi kerak.
O’qituvchining vazifasi bolani nafaqat yangi til dunyosiga yetaklashdan iborat, balki u bolani ehtiyotkorlik bilan tili o’rganilayotgan xalqning madaniyatiga ham olib kirishi lozimdir. Faqat yetarli darajada madaniyatlararo kompetentsiyaga, tili o’rganilayotgan mamlakat to’g’risida chuqur bilimlarga ega bo’lish orqaligina o’qituvchi madaniyat vositachisi vazifasini bajara oladi. Chet tili darslarini kichik yoshdagi bolalarga moslab tashkil qilishda yuqorida aytilganlar qatorida tarbiyachi va o’qituvchilarning musiqiy va ijodiy qobiliyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilm dargohida o’zaro sheriklik, bir-biriga nisbatan hurmat tuyg’usini uyg’ota olish hamda qo’rquvdan holi va ishonch asosida qurilgan ta'lim muhitini shakllantirish kabi o’qituvchilarning o’zaro insoniy fazilatlari kichik yoshda chet tillarini o’rganish sohasida alohida o’rin tutadi. Jamoada ishlay olish va guruh ichida tashabbusni o’z qo’liga olish yoki uni amalga oshirish qobiliyatlari kattalarning (tarbiyachi va ota-onalar) bolalar bilan maktabda va maktabdan tashqaridagi munosabatlarini shakllanishiga juda katta ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
O’qituvchilarning o’zaro hamkorligi, avvalambor, tajriba almashish, birgalikda dars rejalarini tuzish, o’z fikrini bildirish yoki fanlararo loyihalarni o’tkazishdan iboratdir. Bunday o’zaro almashuvlar muassasalararo, aniqrog’i masalan, bolalar bog’chasidan birinchi sinfga qadam qo’yish paytida o’qituvchilar bilan tarbiyachilar o’rtasida bo’lib o’tishi lozim. Bunday tadbirlar o’quv dasturlarini mantiqan to’g’ri tuzish va takrorlanishlarni oldini olishga xizmat qilgan bo’lardi.
Lingvist tarbiyachilar va chet tili o’qituvchilarini tayyorlash xalqaro miqyosda qiyoslaganda turli xil tarzda amalga oshiriladi va shuning uchun ham u tuzilmasiga ko’ra bir xil emas. Boshlang’ich maktablarda chet tilidan ta'lim berayotgan o’qituvchilar masalan, kichik yoshli bolalarga chet tilini o’qitish bo’yicha qo’shimcha malakaga ega tarbiyachi yoki boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida ta’lim olganlar yoki chet tili o’qituvchisi sifatida oliy ma’lumotga egalar.
Chet tillarini o’qitish vazifasi yuklangan tarbiyachilar so’nggi paytlarda asosan “Lingvist tarbiyachi” sohasi bo’yicha o’tkaziladigan malaka oshirish tadbirlari orqali o’z malakalarini oshirmoqdalar. Dastlab talabalarga bolalar bog’chasi va boshlang’ich maktab ta'limi sohasidagi umumiy tamoyillar shu darajada o’rgatilishi lozimki, natijada bulardan ta'lim jarayonini rejalashtirish va amalga tatbiq etishda foydalanish ta’minlansin.
Buning uchun bolaning rivojlanishi to’g’risida yetarli bilimlarga ega bo’lish hamda o’quv mazmunini bola yoshiga mos ravishda yetkazib bera olish talab etiladi. Bolalarning faolligi va tabiatan ta'lim olishga tayyorligi bilan uyg’unlashgan tashabbuskorligi, axborotlarni ijtimoiy munosabatlarda yoki muayyan shaxs yoki o’qituvchi [2] orqali qabul qilishi o’quv jarayoniga ta'sir etadi.
Mutahassislarni tayyorlash jarayonida kasb uchun muhim sanalgan barcha o’quv mazmuniga uni chet tilida qanday yetkazib berish savolidan kelib chiqib yondashilsa yaxshi bo’lar edi.
Tavsiyalar:
• Kichik yoshda chet tillaridan ta'lim beruvchi lingvist tarbiyachilar va o’qituvchilar bolalarga mos ravishda til o’rgatishga yo’naltirilgan maxsus kurslarda tayyorlanishi lozim.
• O’qish jarayoni kompetentsiyalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi hamda imkon qadar keng ko’lamda ham nazariy bilimlarni berishi, ham amaliy bilimlarini rivojlantirishi lozim.
• Bolalar bog’chasi va boshlang’ich maktablarda olib boriladigan Kichik yoshda chet tillarini o’rganish jarayonini tashkil etish uchun tarbiyachi va o’qituvchilar chet tilida imkon qadar xatosiz va original til modelini ko’rsatish uchun „Yevropa til bilish kompetentsiyalari“ ning B2 dan tortib C1 gacha bo’lgan bosqichlariga mos bilimlarni egallagan bo’lishlari lozim.
• O’qish davrida chet tili amaliy til bo’lishi va u imkon boricha tez-tez qo’llanilishi lozim.
• Ta'lim mazmuni madaniyatlararo bilimlarga yo’naltirilgan bo’lishi zarur, ya'ni har ikki til va madaniyat - ona tili/ o’z madaniyati va chet tili/tili o’rganilayotgan xalq madaniyati inobatga olinishi va bir-biri bilan bog’liq ravishda o’rganilishi lozim.
• Eng yaxshisi talabalarni ko’p tillilik didaktikasini amalda qo’llashga, ya'ni o’quv guruhida ko’pchilik gaplashadigan barcha tillarni va bolalarning til bo’yicha bor bilimlarini e'tiborga olish va ulardan foydalanishga tayyorlash lozim.
• O’quv jarayonida mashg’ulotlarning tamoyillari va uslublarini amalda qo’llab ko’rish va guruh ichida unga tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilish uchun imkoniyat berilishi lozim.
• O’q’uv doirasida talabalarga bolalar uchun muhim mavzular va voqyeliklarga doir til vositalari hamda o’quv jarayonini boshqarishda qo’llaniladigan kerakli iboralar o’rgatilishi lozim.
• Talabalarga til siyosati sohasidagi muhim o’zgarishlar haqida axborotga ega bo’lish va o’z kasbidagi holatdan kelib chiqib bu to’g’risida o’zaro bahslashish uchun imkoniyat va shart-sharoit yaratilishi lozim.
• O’qish davomida xorijga o’qib kelishi imkoniyati mavjud bo’lishi, bu hattoki rejalashtirilgan bo’lishi lozim.
Malaka oshirish orqali doimo mutaxassislarning turli maqsadda mahoratlarini oshirish ko’zda tutiladi. Bunda ularga yangi dars o’tish uslublarini o’rgatilishi, yangi materiallar berilishi mumkin yoki bu tadbirlar orqali inson shaxsiyatini yanada rivojlantirish ham mumkin.
Malaka oshirish orqali amaliyot va tajribaga yo’naltirilgan ko’nikma va bilimlar beriladi, biroq, u doim ilmiy asoslarga tayanishi lozim. Malaka oshirish va qayta tayyorlash qachonki yangi o’rganilgan bilim va malakalardan kundalik hayotda foydalanilsagina muvaffaqiyatli hisoblanadi. Buning uchun malaka oshirish tadbirlarining mazmuni amaliyot uchun muhim va amaliy yo’naltirilgan bo’lishi talb etiladi.
Amaliyotdan kelib chiqqan holda munozaralar va tajriba almashish imkoniyatlarini beradigan, bir-biriga bog’liq, yaxshi rejalashtirilgan darslar malaka oshirish va qayta tayyorlashda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yosh bolalarga chet tillarini o’rgatish bo’yicha mutaxassislarni o’qitish va malakasini oshirish tadbirlarida bir tomondan o’qituvchilarning dastlabki kasbiy bilimlari va qiziqishlari inobatga olinishi lozim; boshqa tomondan esa til bilimlarini yanada kengaytirish zarur. Yangi maxus o’quv guruhiga mo’ljallangan metodik trening amaliyot nuqtai nazaridan mantiqiy va tushunarli bo’lishi va muvaffaqqiyatli natijalarga olib kelishi lozim.
Tavsiyalar:
• Malaka oshirish va qayta tayyorlash tadbirlari tarbiyachi va o’qituvchilarning butun kasbiy faoliyatlari davomida shuningdek, o’zlarining tashabbuslariga ko’ra ham imkon qadar uzluksiz tarzda amalga oshirilishi kerak.
• Malaka oshirish tadbirlari tarbiyachi va o’qituvchilarning bilim va mahoratlarini kengaytirishga dalda berishi bilan bir qatorda o’z kamchiliklarini aniqlab olish va mustaqil, bosqichma-bosqich tarzda kasbiy mahoratlarini oshirib borishga yordam berishi lozim.
Ba'zan ota-onalar hamda o’qituvchilar kichik yoshda xorijiy tillarni o’rganish bolalar uchun og’irlik qiladi deb xavotirga tushsalarda, bugun ko’pchilik ota-onalar Kichik yoshda chet tillarini o’rganishni farzandlariga berilgan imkoniyat deb bilmoqdalar. Ular xorijiy tillarni kichik yoshdan o’rganish bolaga bir yoki bir necha qo’shimcha tillarni tezroq va osonroq o’rganish uchun afzalliklar tug’dirishi isbotlanganligi to’g’risida ma’lumotga egalar.
Xorijiy tillarni kichik yoshdan o’rganishni muvaffaqiyatli tashkil etish ishlarida ota-onalar tarbiyachi va o’qituvchilar uchun tengi yo’q hamkor hisoblanadilar. Ular farzandlarining o’quv jarayonini qo’llab-quvvatlashlari hamda uning muvaffaqiyatli kechishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishlari mumkin. Agar ota-onalar atrofdagilarga, ayniqsa farzandlarining xorijiy tillarni o’rganishiga ijobiy munosabatda ekanliklarini namoyon qilsalar va bolaning intilishlariga dalda bo’lsalar, bola ta'lim jarayoniga bajonidil hamda ishtiyoq bilan ishtirok etadi.
Maktabdan tashqarida bola o’rganayotgan darsning mazmuniga qiziqish bildirish, uni maqtash va ruhlantirish bolada xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishni o’sishi uchun muhim omillardan biri sanaladi. Shu boisdan ham, bolalar bog’chasi va maktab muassasalari o’z faoliyatini rejalashtirish jarayonida ota-onalarni ham jalb etishi va ularning ko’maklarini yaxshi qarshi olishi lozim. Bola ilm oladigan dargohlar, yani bolalar bog’chasi, maktab va ota-onalar bir-biri bilan qanchalik uzviy hamkorlikda bo’lsa, bu bola uchun shunchalik foydali bo’ladi.
Ota-onalar:
• Kichik yoshda xorijiy tillarni o’rganishning maqsadi va mazmuni hamda ta'lim psixologiyasining talablari to’g’risida o’zlariga tegishli ma'lumotga ega bo’lishlari lozim. Ular muntazam ravishda farzandlarining rivojlanishi va yutuqlari to’g’risida xabardor bo’lishlari lozim. Shu tarzdagina ota-onalar o’quv jarayonini yetarlicha tushunishlari, uni kuzatib borishlari va unga ko’maklashishlari mumkin.
• bolaning o’rganganlari haqida so’rash, uni ruhlantirish, yutuqlarini maqtash hamda suhbatlashish orqali farzandlarining kichik yoshdan boshlab uning xorijiy tillarni o’rganishga qiziqayotganliklarini ko’rsatishlari lozim. Ota-onaning boladan biror narsani aytib berishni yoki o’rganganlarini ko’rsatishni talab etishi ularning farzandlarining o’qishiga bo’lgan qiziqishini namoyon qilishi, ammo bu talab hech qachon bolani nazorat qilish vazifasini bajarmasligi lozim.
• farzandlarining xatolarini tuzatish orqali o’qish jarayoniga ta'sir etishga urinmasliklari lozim. Xatolarni tuzatish tarbiyachilar va o’qituvchilar ixtiyoriga havola qilinishi kerak, bolada ishonchsizlik hissini uyg’otmaslik va so’zlashishiga halaqit bermaslik uchun xatolarni to’g’irlash o’ta maqsadli va ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
• imkoniyatlariga qarab hamkorlikka chorlovchi tadbirlarda (ota-onalar majlisi, axborot tadbirlari, maktab bayramlari v.h.) qatnashishlari va o’zlari ham o’qituvchilar bilan hamkorlik qilish yo’llarini izlashlari lozim, biroq bunda har ikki tomon o’z vazifasiga o’zaro hurmat bilan qarashi darkor.


Download 402.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling