Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 499.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana19.04.2023
Hajmi499.23 Kb.
#1361942
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
10.Uyga vazifa. Daftarga ikki qatordan katta va kichik ,, I i” harflarini va 
shu harf bilan bog`langan so`zlarni yozib kelish topshiriladi. O`qituvchi uy 
vazifalarni bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga qat’iy amal qilish lozim 
ekanligini esalatib o`tadi. 
11. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari 
namuna qilib ko`rsatiladi, rag`batlantiriladi va shunday chiroyli, toza yozish 
zarurligi uqtiriladi. 
Husnixat mashg`ulotlarini yuqorida ko`rsatilgani kabi uyushtirish 
chiroyli va to`g`ri yozish malakasini hosil qilish, o`quv fanlarini puxta 
o`zlashtirishga yordam beradi.  


45 
XULOSA. 
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ona-tilidan bilim va malakalarni hosil qilish 
ishlari asosan yozuv darslarida amalga oshiriladi. Yozuv darslarining mazmuni 
boshlang'ich sinf ona-tili dasturini va maktab oldiga qo'yilgan talablar asosida 
belgilanadi. 
Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogika va metodika tavsiyalari hisobga 
olinadi. Yozuv darsi va unga qo'yilgan talablarni belgilashda metodika fani 
sohasidagi yangiliklar, boshlang'ich sinflarda ishlayotgan eng tajribali 
o'qituvchilarning tajriblari asos qilib olinadi. Shunga alohida e'tibor berish 
kerakki har bir darsda o'quvchilarga bilim berish jarayonida tarbiyaviy 
tomonlarga ham alohida ahamiyat berib borish, uzaro hurmat, mas'uliyatni his 
etish, tengdoshlari va oila azolariga hurmat, g'amho'rlik, tabiatga mehr-muhabbat 
singari xislatlarni singdirib borish kerak.
O'quv tarbiya ishlarida ko'zlangan maqsadga yetishish uchun o'quvchilarda 
quyidagi qobiliyatlarni shakllantirb borish zarur: 
6) Gapdagi so'zlarni o'xshash tomonlariga ko'ra taqqoslab olish. 
7) So'zlar nimani ifoda etishiga ko'ra turkumlarga ajratish. 
8) O'qituvchi tavsiya qilgan yoki o'zi tuzgan reja asosida fikrlarni bayon 
ega olish. 
9) Gaplarda grammatik tushunchalarni, orfografik qoidalarni ifodalay 
olish. 
Darslikdagi turli mashqlar va topshiriqlarni birgalikda muhokama 
qilinganidan keyin uni bajara olsh. 
Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Savod o’rgatish darslari xilma-
xil bo’lishiga qaramay o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun 
umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud. Bu o’rinda umumdidaktik talablar 
talabalardai so’rab aniqlanadi. So’ngra ona tili darslariga qo’yiladigan talablar 
sanab tadqiqotatiladi. 
1.O’quvchilar nutqi uchun qayg’urish. 


46 
2.Darsda adabiy til nuqtai nazaridan to’gri ifodali, obrazli, aniq nutq 
eshittiriladi. 
3.Darsda nutq madaniyati hukmron bo’ladi. 
O’qish va yozuv ko’nikma malakalarini shakllantirish mashqlari darsda 
yetakchi o’rinni egallab taxminan, darsning 2,3 qismiga to’gri kelishi lozim. 
Har bir o’qish va yozuv darsida "Alifbe"dagi matnlar bilan bir qatorda 
Q.Muxammadiy, P.Mumin, A.Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va yozuvchilari 
asarlaridan namunalar tanladik. Shunday qilib o’qish sinfdan tashqari o’qish,
o’qib berilgan matnni eshitish bilan boglanadi. O’qish va yozuv darslari bir— 
biri bilan uzviy boglanadi: o’qish darsi o’quvchilarni yozuv darsiga tayyorlaydi, 
yozuv darsi oldingi o’qish darsining davomi sifatida xizmat qiladi
5

Talabalar bilan "Dars va uning vazifalari, qurilishi" haqida suhbat qilinadi. 
Ularning javoblarini yakunlab, savod o’rgatish darslari quyidagi belgilariga ko’ra 
farqlanadi. 
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga 
boglab aniqlanadi boglanishli nutqni o’stirish ham o’qish va yozuv darslariga 
uzviy boglanib ketadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlariga rahbarlik 
qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi. 
Savod o’rgatish darslarida vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari 
o’tkaziladi. Darslar sistemasi deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va 
amaliy jihatdan rejali taqsimlangan darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri 
boglangan dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalaniladigan 
asosiy metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi. 
5
. “Boshlang’ich ta’lim takomillashtirilagan o’quv dasturi ” Boshlang’ich ta’lim 2006-yil, 5-son . 


47 

Download 499.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling