Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti
Yozuvga o`rgatish yuzasidan dars ishlanmasi
Download 499.23 Kb. Pdf ko'rish
|
2.3. Yozuvga o`rgatish yuzasidan dars ishlanmasi
Mavzu: “ I i ” harfini yozishga o`rgatish Maqsad: O`quvchilarni “I i “ harfini to`g`ri va chiroyli yozishga o’rgatish. Darsning jihozlari: Yozish vaqtida “To`g`ri o`tir “ nomli plakat, “I i “ harfining yozilish qoidalari kattalashtirib ko`rsatilgan jadvallar. Darsning rejasi: 1. Darsning tashkiliy qismi. 2. Chiroyli yozuv qoidalari haqida suhbat. 3 . Panja va barmoq muskullarining harakatini o`stiruvchi mashqlar. 4. “I i” harfining elemenlarini doskada yozib ko`rsatish. 5 . “I i” harfining yozma va bosma shakllarini taqqoslab ko`rsatish. 6. Harflarning shaklini daftarga yozdirish. 7. .Badantarbiya mashqlari o`tkazish. 8. “I i “ harfini qo`l harakatini uzmasdan bog`lab yozishga o`rgatish. 9. “I i “ harfining boshqa harflar bilan bog`lanishini mashq qilish. 10.Uyga vazifa berish. 11. Yaxshi yozgan o`quvchilarning ishlarini ko`rsatish va rag`batlantirish. Darsning borishi: 1. O`qituvchi o`quvchilarning darsga tayyorgarligini har bir o`quvchining oldida daftar ruchka borligini tekshirib, yozuv daftarlarini ham ko`rib chiqadi. 2.Sinfda osib qo`yilgan ,, Yozish vaqtida to`g`ri o`tir “ nomli plakatdan foydalanib, o`quvchilarning o`tirishini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya chiziqlarga daftarning holatini to`g`rilab olish. 3.O`quvchilarga barmoqlarning harakatlarini o`stiruvchi mashqlar bajartiriladi. Bunday mashqlarni partada o`tirgan holda bajartirish mumkin. Chunonchi, qo`llarimizni oldinga uzatib, barmoqlarimizni harakatlantiramiz. O`rmalaydi o`rgimchak, 43 To`xtamasdan g`izillab. To`qir katta belanchak, Uychasida bizillab. Ushbu mashq davomida qo`l barmoqlari 9-10 marotaba harakatlantiriladi. Bu sinfda badantarbiya daqiqalarini o`tkazish ta’lim-tarbiya, gigiyena vazifalarini bajaribgina qolmay, balki bolalarning jismoniy jihatdan sog`lom o’sishiga, qaddi- qomatining to`g`riva erkin shakllanishiga yordam beradi. 4. Bugun katta va kichik ,, I i “ harflarini yozishni mashq qilamiz. O`qituvchi doskada katta va kichik “I i” harflari kattalashtirib chizilgan plakatdan foydalanib, uning elementlarini va qanday yozilishini tushintirib beradi. Shundan so`ng ,, I i “ harflarini doskada yozib ko`rsatadi. O`quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. O`qituvchi doskada harf elementlarini tushuntirish bilan birga, uning qanday shaklda yozilishini ham eslatib o`tadi. 5.O`qituvchi bosma va yozma ,, I i” harfini bir-biri bilan solishtirib ko`rsatadi. O`quvchilarga “I i” harfining bosma va yozma shakllarini bunday taqqoslab ko`rsatishning ahamiyati katta, chunki ko`pchilik o`quvchilar ayrim harflarni kitobdagi bosma shakliga o`xshatib yozishga harakat qiladilar. 6.O`qituvchi kichik ,, I i” harfining birinchi elementini yana qayta doskada ko’rsatib beradi. Shundan so`ng o`quvchilar daftarlarida qizil siyoh bilan yozib ko`rsatilgan shu elementni topib, uning davomidan yozish ko`rsatiladi. 7.O`quvchilarni o`rnidan turg`azib, oldin o`rganilgan badantarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak. Mashq tugagandan so`ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi. 8. O`qituvchi doskani katta va kichik ,, I i” harfining elementlariga ajratmay, bir butun shaklda yozilishini ko`rsatib beradi. O`qituvchilar o`qituvchining ko`rsatmasiga muvofiq yozishni davom ettiradilar. 44 9. Bolalarga katta va kichik ,, I i” harfining bir necha kichik harflar bilan bog`lanishi ko`rsatib berilgandan so`ng ular o`z daftarlarida mashq qiladilar. Download 499.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling