Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
7-ma’ruza. TILSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA Reja: 1. Lingvistik geografiya. 2. Areal lingvistika. 3. Tilshunoslikning tabiiy fanlarga ta’siri
Chunki davrlar o`tishi bilan ma'lum bir tilda so`zlashuvchi etnik guruhdar turli joylarga tarqalib, o`troqlashadilar. Demak, tillarning ham tarqalish o`rinlari mavjud. Ularning tarqalish joylarini kartalashtirish imkoni bor. Shunday ekan, tilshunoslik bilan geografiya o`rtasida qandaydir munosabat bo`lishi tabiiy. Bunday munosabat, ayniqsa, muayan lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini belgilashda, lingvistik va dialektik atlaslar tuzishda yorqin nomoyon bo`ladi. Tilshunoslik bilan geografiyaning ana shunday munosabatiga e'tibor qaratilishi natijasida lingvistik geografiya yoki lingvogeografiya va areal lingvistika maydonga keldi. Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini o`rganluvchi tilshunoslikning alohida bo`limi sifatida XIX asrning oxirlarida dialektologiyadan o`sib chiqdi. Turli tillarda dialektal farqdanishlar haqidagi materiallarning yiqilishi natijasida bu farqlanishlarning muayyan til xududida mos kelish yoki mos kelmaslik chegaralarini aniqdash muammosini keltirib chiqara. Demak, lingvistik geografiya dialektologiya materiallariga tayanadi. 46
Lingvogeografiya bilan dialektologiya makon va zamon faktorlariga turlicha munosabatda bo`lsa-da, makon faktori lingvogeografiyada ham, dialektologyyada ham bir qil ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, territoriya faktori lingvogeografiyaning asosini tashkil etadi. Chunki lingvogeografiya keng territoriyaga ega bo`lishi va bir vaqtda ko`plab faktlarni hamrab olishi, umumlashtirish hajmining beqiyosligi bilan tasviriy va tahliliy xususiyatga ega bo`lgan dialektologiyadan ajralib turadi. Dialektologiyada ma'lum bir tilning dialektal xususiyatlarini, aniqlash, bu xususiyatlarni aks ettiradigan dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o`rganliladi. Dialektal atlaslar tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o`tish davri hisoblanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling