Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/66
Sana09.11.2021
Hajmi0.85 Mb.
#172315
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
tilshunoslik va tabiiy fanlar

Areal  lingvistika.  Areal  lotincha  area  "maydon",  "kenglik"  so`zidan 

olingan.  Areal  lingvistika  tilshunoslikning  bir  bo`limi  bo`lib,  lingvistik 

                                                                 

46

 Шерматов  A. Лингвистик география нима? T. 1981. 




hodisalarning  muayyan  kenglikda  tarqalishini  va  tillararo  (dialektlararo) 

munosabatni  lingvistik  geografiya  metodlari  asosida  o`rganladi.  Areal 

linvgistikaning asosiy vazifasi til xususiyatlarining hududiy bo`linishini tavsiflash 

va  izogolossalarni  talqin  qilishdan  iboratdir.  Natijada  dialektlar,  tillar  va  areal 

jamoalar (til ittifokdari) o`rtasida o`zaro ta'sir maydonlari (areallari) aniqlanadi.

47

  



Areal  lingvistika  atamasi  tilshunoslikka  M.J.Bartoli  va  Dj.Viddassi 

tomonidan  1943-yilda  olib  kirildi.  Uning  asosiy  tamoyillari  1925-yildayoq 

M.Bartoli  tomonidan  olg`a  surilgan.  Areal  lingvistika  lingvistik  geografiya  va 

dialektologiya bilan chambarchas bog`liqdir. Uning markaziy tushunchasi til yoki 

dialekt  arealidir.  Boshqacha  aytganda,  ayrim  likngvistik  hodisalarning  tarqalish 

chegarasi va ularning yig`indisidir. Shuningdek, areal atamasi ayrim tillar va tillar 

guruhining tarqalish chegarasini ifodalash uchun ham qo`llaniladi. Masalan turkiy 

areal,  hind-ovrupa  areali  va  boshq.  Areal  lingvistikani  yana  bir  markaziy 

tushunchasi izoglossadir. 

48

 



Tilning barcha sathlari uchun bu tushuncha harakterli bo`lib, sathlararo yana 

konkretroq  atamalar  bilan  farqlanadi:  fonetik  izoglossalar  uchun  izofonlar,  leksik 

izoglossalar  uchun  izolekslar,  semantiq  taraqqiyot  uchun  izosemlar  va  boshq. 

Izoglossalar  bog`liq  va  konvergent  izoglossalarga  bo`linadi.  Bo`larning  birinchisi 

bir  genetik  umumiylikka  ega  bo`lgan  tillarda  rivojlanadi  va  ularni  tiklash  uchun 

qiuosiy  -  genetik  tadqiqotlar  usulidan  foydalaniladi.  Konvertgent  izoglossalar  esa 

uzoq  davrlar  bir  xududda  yakin  aloqada  bo`lish  natijasida  areal  umumiylikning 

vujudga kelishi asosida hosil bo`ladi. Bunday izoglossalar tipologik tahlil usullari 

asosida aniqlanadi.

49

  



Areal lingvistikaning shakllanishida dialektologik va lingvistik atlaslar katta 

xizmat  qildi.  Areal  lingvistikaning  paydo  bo`lishi  va  rivojlanishida  A.Meye, 

Bartoli, B.A.Terrachini, Dj.Bonfante, V.Pizani singari olimlarning xizmati alohida 

ajralib turadi. Ular ushbu yo`nalishning nazariy asoslarini, tushunchaviy apparatini 

belgilab  berdilar.  Turkiy  tillarni  areal  nuqtai  nazardan  o`rganlishda  N.  Z. 

Gadjiyeva,  A.B.Jo`rayev  singari  olimlarning  xizmatlari  katta.  Ayniqsa 

A.B.Jo`rayevning  o`zbek  tilini  areal  o`rganlishning  nazariy  asoslarini  belgilab 

berishdagi xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim.

50

 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling