Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy (801-866) - Sharqda birinchilardan bo`lib fanlar
tasnifi masalasi bilan mashg`ul bo`lgan. Shu muammoga bahishlab olim "Insoniy
bilimlar tasnifi", "Bilimlar mohiyati va ular tasnifi", "Arastu kitoblarining miqdori
va falsafani egallash uchun zarur omillar" kabi bir qator risolalar yaratdi.
Abu Nasr Farobiy (873-950) - 160 dan ortiq asar yaratgan, "Sharq
Aristoteli (Arastusi)" deb tan olingan buyuk mutafakkirdir. "Fanlarning kelib
chiqishli" risolasida olim barcha mavjud bilimlarni besh katta guruhga ajratadi:
1. Til haqidaga bilim - yetti bobga bo`linadi;
2. Mantiq (logika);
3. Matematika - yetti mustaqil bilimlardan iborat: arifmetika, geometriya,
optika, yo`ldo`zlar haqidagi ilm, musiqa haqidagi ilm va mexanika;
4. Tabiiy va diniy fanlar yoki metafizika;
5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosatshunoslik), yurisprudensiya
va qalam.
Do'stlaringiz bilan baham: |