Oliy va orta maxsus talim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika oqitish
Download 0.75 Mb.
|
Kochish. Kochish tushunchasi VII sinf fizika darsligida birinchi marta oqitiladi. VI sinfda mexanika elementlarini organishda bosib otilgan yol tushunchasi kiritiladi. Kochish tushunchasini kirita turib uni yol uzunligi tushunchasidan aniq ajrata olish kerak.
Tarifga kora, kochish-bu harakatlanayotgan jismning oldingi A vaziyati bilan keyingi B vaziyatini tutashtiruvchi vektor. Yol uzunligi esa bu harakatlanayotgan jism tarektoriyasining uzunligi. Fizikada vektor kattaliklar va ular ustida amallar bajarish kochishdan boshlanadi. Oquvchilar yol va ko-chish tushunchalarini mustahkam ozlashtirib olishlari juda muhim, buning uchun ular yol va siljishni aniqlab beruvchi misollardan foydalanishlari lozim. Tezlik. Oquvchilar tezlik tushunchasi bilan VI sinfda harakatning muhim xarakteristkasi sifatida tanishadilar. Bu tushuncha VII sinfda oydinlashtiriladi va rivojlantiriladi. Tezlik tushunchasini organish oquvchilardan mavhum fikrlashni talab qiladi. Fizik va matematik tushunchalarni shakllantirish jarayonida bu tushuncha katta ro’l oynaydi. Oquvchilarning tomonidan tezlikning togri tushunlishini, keyinchalik boshqa matematik analizning asosiy tushunchalarini shakllantirishda fizikada esa har qanday fizik kattalikning, yani quvvatdan tortib to elektr hamda magnit maydonlarining vaqt boyicha ozgarish tezliklarini tushuntirishda katta ahamiyatli ro’l oynaydi. Ayni vaqtda, oquvchilarning politexnik saviyasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun tezlik tushunchasini shakllantirish metodikasi jiddiy etibor talab qiladi. Oquvchilarning kundalik kuzatishdan olgan dastlabki tasavvurlariga qaramay bu tushunchani shakllantirishda albatta sinfda bajariladigan tajribalar juda zarur. (Masalan, bolalar oyinchoq aravachalarning tezligini aniqlash). Shundan song mavhum fikrlash borasida dastlabki qadam qoyilishi mumkin. Masalan quyidagi ikki jismdan qaysi biri katta tezlikda harakatlanadi: 5 sekundda 20 metr yol yuradiganimi yoki 2 sekundda 10 metr yol yuradiganini, degan savol berish kerak. Tezlik tushunchasini shakllantirishda muhim qadam uni birligini aniqlash. Aniq masala yechishda tezlik yani tezlik birligi soatiga necha km boladi. Tezlikni boshqa birliklarda ham ifodalash mumkinligini aniqlashtirib tezlikning asosiy birligi 1 m/s ekanligini aytiladi. Shuningdek, oquvchilar ongida ortacha va oniy tezlik tushunchalarini ham shakllantirish lozim. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling