Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika o’qitish


Download 0.75 Mb.
bet7/13
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1291443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13

Koordinata usuli

Trayektoriya usuli


1



1



2



2



3



3



4



4



5



5



6



6



7









8






9






10






11






12






13






14.






15







1.3 DINAMIKA BO‘LIMI ASOSIY

MAZMUNINING TAHLILI VA UNI O‘RGANISH USULLARI


Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga ko‘ra, dinamika qonunlarini o‘z ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini o‘rganishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani o‘rganishni boshlayotgan har bir o‘quvchida harakat to‘g‘risida va uning kuchlar bilan bog‘liqligi haqida ma’lum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan o‘quvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish bo‘ladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism o‘zaro ta’sirini xarakterlaydigan kuch va o‘zaro ta’sirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik o‘lchovi bo‘lgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish muhimdir: katta massaga ega bo‘lgan jism o‘zaro ta’sirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bo‘lgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda o‘quvchilarga savollar berilsa, o‘quvchilar turmushda ko‘rib yurganlariga tayanib to‘g‘ri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bo‘lgan vagonni to‘xtatish osonmi yoki o‘shanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bo‘lgan mototsiklnimi?
Albatta berilgan savollarga o‘quvchilar to‘g‘ri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish, ya’ni massa jism inertligining o‘lchovi ekanligini amalda isbotlab ko‘rsatish ilmiy ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yog‘och) parallelopiped shaklidagi jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun) nomerlab, qiya novdan dumalab to‘shayotgan sharni yo‘liga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar nomerlangan teng hajmli jism-to‘siqlarni qay birini ko‘proq masofaga siljita oldi?-degan savol o‘quvchilarga berilsa, ular to‘g‘ri javob bera olmaydilar. So‘ngra o‘quvchilar ko‘z o‘ngida tajriba qilinib, har bir nomerlangan jism bilan novda dumalayotgan shar o‘zaro ta’sirlashganda qancha masofaga siljigani belgilab beriladi. Tajriba natijasidan so‘ng qaysi jism sharning ta’siriga ko‘proq qarshilik ko‘rsatdi yoki o‘zining tinch holatini saqlab qolishga intiladi, deb so’raldi.
O‘qituvchi bunda “tinch” holatni saqlashga intilish xossasi haqida gapirib bo‘lgandan so‘ng, harakatdagi jismning harakat holatini saqlashga intilishini namoyish qilib ko‘rsatadi. Buning uchun 3-4 ta teng kattalikdagi ammo turli (plastmassa, temir, qo‘r-g‘oshin) sharlarni bir xil rangga bo‘yab, nomerlaydi (ularni qanday materialdan yasalganligi bilinmasin) yana unga qiya novdan, bir xil balandlikdan birin-ketin dumalatib, sharlar yo‘liga bir tinch jism qo‘yilib, bu ikki jismni (tinch va harakatdagi) o‘zaro ta’sirlash-ganda harakat holatini ko‘proq saqlashga intilishi namoyish etiladi. Shu asosda har ikkala namoyishda ham “harakatdagi” va “tinch” to‘rgan jismning inertlik xossasi taqqoslanishi asosida massa tushunchasiga ta’rif beriladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling