Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika o’qitish


Download 0.75 Mb.
bet8/13
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1291443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Massa tushunchasi. Jism inertligining ham sifat, ham miqdor o‘lchovi bo‘lib, jismlar o‘zaro ta’sirlashganda massasi katta jism (tinch turgan bo‘lsa) kam tezlanish oladi, harakatda bo‘lsa u o‘zining harakat holatini ko‘proq davom ettirishga intiladi, deb xulosa chiqariladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning hayotda ko‘rganlari asosida jism massasini aniqlash (o‘zaro ta’sirlashuvda uning deformatsiyalanish kattaligiga, tezlanishga, bosib o‘tgan yo‘liga taqqoslash va Etalon massaga taqqoslab massalarni o‘lchash bilan aniqlash) usullariga diqqati tortiladi. Bunda o‘quvchilarda inertsion massa haqida tushuncha shakllanadi. Demak tabiatdagi barcha moddiy jismlar massaga ega bo‘lishi, shu bilan har qanday massaga ega bo‘lgan inertlik, tortishish xossasiga egaligi haqida tushuncha beriladi.
Massa tushunchasi chuqur falsafiy tushuncha bo‘lib, materiya tushunchasi bilan bog‘liq holda fazo, vaqt va harakat tushunchalariga borib taqaladi. Massa tushunchasi-materiyaning ba’zi asosiy xossalarini aks ettiradi. Buni biz u yoki bu fizik tadqiqotlarda namoyon bo‘lishida ko‘ramiz:
1. Jismning inertlik o‘lchovi sifatida Nyuton qonunlarida namoyon bo‘ladi.
2. Jismlar orasidagi tortishish o‘lchovi sifatida ekanligi butun olam tortishish qonunida ko‘rinadi
3. Harakat qilayotgan jismlarning energiyasining o‘lchovi bo‘lishi bilan birga (polvonlar, bokschi, shtangachilar musoboqasida hisobga olish) massa bilan energiyaning orasidagi bog‘lanish: E=Dmc2 da massaning harakat tezligiga bog‘liq holda o‘zgarishi haqida fikr yuritiladi
4. Elektromagnit jarayonlarning tavsifi elektromagnit massa ( ) sifatida aks etadi.
5. Elementar zarralarni strukturali bog‘lanishining xarakteris-tikasi (massalar defekti-tinchlikdagi massaning materiya tuzilishi bilan bog‘liqligini tavsiflashda)
6. Jismdagi zarralar sonining o‘lchovlari sifatida klassik atomizm, kimyoda, halq xo‘jaligida moddiy noz ne’matlar ishlab chiqarishda;
7. Turli tuman fizik hodisalarning matematik tilda yozishda proporsionallik koeffitsiyentining bo‘lishi. Masalan, formulada massa jism olgan a-tezlanishi bilan uning ta’sir etuvchi kuch orasidagi bog‘lanishni ifodalashda proporsionallik koeffitsiyenti rolini o‘ynashda xizmat qiladi.
Bu sohada qilingan ishlarga asoslanib, massa tushunchasini fizika o‘qitishda qanday izohlash, tushuntirish masalasiga to‘xtalamiz:
1. Massa tushunchasini aniqlash.
2. Massa tushunchasining boshqa tushunchalar bilan bog‘liqligini (mareriya, harakat, o‘zaro ta’sir, fazo, vaqt, energiya, ish va h.k) aniqlash.
3. Massa tushunchasini olamning fizik manzarasi taraqqiyoti nuqtai nazaridan tahlil qilish.
4. Massani metodologik jihatdan tushuntirish yoki uni e’tiborga olish shu kungacha mavjud bo‘lgan metodik va ilmiy adabiyotlarda bir muncha qiyinchiliklar mavjudligini ko‘ramiz. Klassik atomistikada massalarni bir jinsli o‘zgarmaydigan zarralar miqdori deb qilingan talqin hozir ham ba’zi o‘qituvchilar bayonida uchraydi yoki KHK va ALni bitirib o‘qishga kirgan ba’zi o‘quvchilar javobida kuzatiladiki, bu tushuncha xatodir [5].
Massa tushunchasi materiyaning barcha xossalarni o‘ziga aks ettira olmaydi. Hozirgi zamon fizika fani klassik fizikaning chegaralanganligini ko‘rsatib undagi xulosalarning ko‘pchiligi noto‘g‘ri ekanligini isbotlaydi. Shuning uchun hamki massani moddaning miqdori bilan almashtirish yaramaydi, ya’ni massani materiyaga o‘xshatish-moddiylashtirish xatodir. Massa-tushuncha bo‘lib, modda (materiya) ning inertlik, tortishish kabi xossalarini aks ettirishini ko‘ramiz. Modda tuzilishga ega, ammo massa tuzilishga ega deyish qo‘pol xatodir. Materiyaning eng muhim xossalaridan biri inertlik va tortishish bo‘lib faqat o‘zaro tasirlashuvda namoyon bo‘ladi. Bunda massa materiyaning inertlik, tortishish xossalarining sifatiy va miqdoriy xarakteristikasining o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Massa va energiyaning bog‘lanish qonunlaridan ko‘rinadiki, massa jismdagi to‘liq energiyaning o‘lchovi bo‘ladi. O‘lchov tushunchasi-materiyaning u yoki bu xossasini ham miqdoriy, ham sifat jihatdan xarakterlaydigan tushuncha bo‘lib, materiyaning xossalarini ifodalaydi, desak xato qilmaymiz.
Elementar zarralarning o‘zaro ta’sirlashuvida ( yoki jarayonlarda) ro‘y beradigan hodisalarni izohlashda yorug‘lik kvanti energiyasi bilan massa orasidagi bog‘lanishni tushuntirishda hisobga olish zarur. Demak, bu yerda massa tushunchasining ham miqdoriy, ham sifat o‘zgarishini ko‘ramiz. Materiya bir holatdan boshqa holatga o‘tganida uning massasi va energiyasi ham miqdoriy, ham sifat o‘zgarishida namoyon bo‘lishi haqida dialektik xulosa chiqarish kerak.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling