Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi. - Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
- Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.
- Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.
- Iste’molchilik tanlovining to‘g‘rilik tamoyili bu yalpi va me’yoriy naflilik emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naflilikdir.
3. Befarqlik egri chizig‘i - Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi
7-rasm. Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari - 7-rasm. Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari
- Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermaydi. Iste’molchining individual tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi, chunki bu turli tovarlar va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi.
- Byudjet chegarasi – ma’lum qiymatdagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Byudjet chegarasi iste’molchi uchun qaysi tovarlar guruhi ko‘proq nafliroq ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |