OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI IQTISODIYOT fanidan MUSTAQIL ISH MAVZU: Davlat byudjeti – soliq siyosati Tayyorladi: _____ABDUGʻANIYEVA AZIZA ______ Talaba №___2___ bosqich ___9-IQ-S-21___guruh talabasi Qabul qildi _______Abdualimov Ashraf __________________ DENOV 2022 REJA - Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi
- Iste′molchi talabining alohida xususiyatlari
- Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari
- Byudjet cheklanganligi va iste′molchining muvozanatlilik shart
Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi - Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya′ni alohida iste′molchining talabi, har bir shaxs o`zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma′lum miqdorda mablag`i bo`lishi kerak. Iste′molchining mablag`i cheklangan. Iste′molchi har doim tanlov oldida turadi va tanlov chog`ida quyidagi uchta savolga javob izlaydi: 1. Nimani xarid qilish? 2. Xarid qilinadigan ne′matning narxi qancha? 3. Ne′matni harid qilish uchun mablag` yetarlimi? Birinchi savolga javob berish uchun ne′matning iste′molchi uchun naflilik darajasini aniqlash, ikkinchi savolga javob berish uchun - ne′matning narxini va uchinchi savolga javob berish uchun iste′molchining daromadini o`rganish lozim bo`ladi. Mana shu uchta element - naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi
Ne′matlarning nafliligi Ne′matlarning nafliligi - Iste′molchining daromadi
- Iste′molchining nimani afzal ko`rishi
- Qaysi ne′matlar majmuasini xarid qilish
- Qaysi ne′matlar majmuasini xarid qilish xususida yakuniy qaror qabul qilish
- 1. Iste’molchilar xatti-harakatining tahlili
- Iste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo‘lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo‘lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv xajmini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o‘z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o‘z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko‘zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o‘z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o‘z hoxish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.
- Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi. Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |