Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet63/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

XALQARO HUQUQ TAMOYILLARI
TUSHUNCHASI VA O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Xalqaro huquq tamoyillari — ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo'lib, subyektlari xatti-harakatining ustuvor qoidalari hisoblanadi.
Xalqaro huquq tamoyili — avvalambor, xalqaro huquq me'yoridir.
Xalqaro huquq tamoyillarining o'ziga xosligi ularning univer-salligidir. Ya'ni xalqaro huquqning barcha subyektlari tamoyillarga qat'iyan rioya qilishlari lozim, chunki mazkur tamoyillarni har qanday tarzda buzish muqarrar ravishda xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qilishga olib keladi. Xalqaro huquq tamoyillari butun xalqaro-huquqiy me'yorlar tizimining qonuniylik mezoni hisoblanadi.
Xalqaro huquqning asosiy tamoyillari BMT Ustavida mustah­kamlangan. BMT Ustavi tamoyillari jus cogens xarakterini kasb etish keng tan olingan, ya'ni ular davlatlar tomonidan bekor qilinishi mumkin bo'lmagan oliy darajadagi majburiyatlar sanaladi.
Xalqaro huquqning aksariyat tamoyillari BMT Ustavining 2-moddasida42 qisqa va lo'nda qilib bayon etilgan. Ushbu tamoyillar BMT Ustaviga muvofiq davlatlar o'rtasida do'stona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli 1970-yil xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiyada hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengash (YEXHK)ining Yakunlovchi hujjatida batafsil yoritib berilgan.
Agar BMT Ustavida besh tamoyilning nomi keltirilgan bo'lsa, Xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiyada ularning yettitasi ifodalab berilgan. Bular quydagilardir:
/. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili.

  1. Xalqaro nizolarni tinch yo 7 bilan hal etish tamoyili.

  2. Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili.

  3. Davlatlarning xalqaro hamkorlik tamoyili.

  4. Davlatlarning suveren tengligi tamoyili.

  1. Xalqlar va millatlarning o 'z taqdirini o 'zi vijdonan bajarish
    tamoyili.

  1. Davlatlarning xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarish
    tamoyili.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Xelsinki Yakunlovchi Hujjatida mazkur tamoyillarga yana uchtasi qo'shilgan. Bular:

  • chegaralar daxlsizligi;

  • davlatlarning hududiy yaxlitligi;

  • inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishdir.
    Jahon hamjamiyati oldida turgan umumbashariy muammolarni

hal etish zaruriyatini ifoda etuvchi yangi tamoyillar ham (masalan, atrof-muhitni himoya qilish majburiyati) shakllanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yuqorida ko'rib o'tilgan tamoyillardan beshtasi aniq belgilab qo'yilgan va «xalqaro huquqning boshqa umum tan olingan tamoyil va me'yorlari»ni hurmatlash aytib o'tilgan. Xalqaro huquqning Konstitutsiyada ko'rsatilmagan tamoyil va me'yorlari qatoriga inson huquqlarini hurraat qilish, xalqlar va millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash, davlatlarning xalqaro hamkorligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, o'zaro hamkorlik, davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillari kiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling