Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet64/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

XALQARO HUQUQDA JAVOBGARLIK
Xalqaro huquqdajavobgarlik tushunchasi
Javobgarlik — xalqaro huquqning eng qadimiy institutlaridan biridir. Biroq, ushbu institutning huquqiy me'yorlari hanuzgacha kodifikatsiya qilinmagan, shu bois, u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida shakllangan oddiy-huquqiy me'yorlarga asoslanadi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik — huquqbuzarlik subyektining xalqaro huquqni boshqa subyektiga yetkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo'yicha yuridik majburiyatlaridir.
Xalqaro huquqbuzarlik xalqaro qilmishlarga va xalqaro jinoyatlarga bo'linadi. Xalqaro jinoyatlarga xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlarini buzadigan, shuning uchun butun jahon hamjamiyati tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan alohida xavfli qilmishlar kiradi.
Xalqaro huquqda shakllangan umumiy tamoyilga ko'ra xalqaro g'ayrihuquqiy qilmishlar xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi me'yorlar, asosan, xalqaro shartnomalarda o'z aksini topgan, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning Rezolutsiyalarida tasdiqlangan.
Xalqaro huquqda xalqaro javobgarlik deganda huquq me'yor-laridan kelib chiqadigan subyektiv majburiyatlarini buzgan, ya'ni xalqaro huquqqa xilof xatti-harakat sodir etgan subyekt uchun noqulay salbiy yuridik oqibatlar tushuniladi.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik — xalqaro-huquqiy me'yorlarda belgilangan sanksiyalarni qo'llash natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlardir.
Sanksiya, me'yorlarning zaruriy elementi ekanligi to'g'ridan-to'g'ri ma'noda, huquqning har bir alohida me'yorida muayyan sanksiya ko'rsatilishi sifatida tushunilmasligi lozim. Bu milliy huquq uchun ham, xalqaro huquq uchun ham birdek tegishlidir.
Xalqaro huquqda eng avvalo, davlatlarning xalqaro javobgarligi xususida so'z boradi. 1969-yildan BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi tegishli me'yorlarni kodifikatsiya qilish bilan shug'ullanib kelmoqda.
Davlatning har qanday xalqaro huquqqa xilof qilmishi ushbu davlatning xalqaro javobgarligini keltirib chiqaradi.
Davlat tomonidan xalqaro majburiyatlarning buzilishi, davlatning qilmishi ushbu majburiyat bo'yicha davlatdan talab qilinadigan harakatga nomuvofiq bo'lgan taqdirda namoyon bo'ladi.
Faqat xalqaro huquq subyektlarigina xalqaro-huquqiy javobgarlik subyekti bo'lishi mumkin. Jismoniy va mustaqil yuridik shaxslar oddiy huquqbuzarlik uchun bunday javobgarlikka tortilmaydilar, chunki bunda fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga keladi.
Amaliyotda xalqaro huquq subyektlarining xatti-harakatlari davlat nomidan ish ko'rishga haqli bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlarida ifodalanadi. Ularning xatti-harakatlari uchun davlat o'zining butun milliy boyligi bilan javob beradi.
XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIK TURLARI VA SHAKLLARI
Xalqaro huquqqa xilof qilmish ikki toifaga, ya'ni: xalqaro huquqbuzarlik va davlatlarning xalqaro jinoyatlariga bo'linadi. Davlatlar hamjamiyati tomonidan muayyan xalqaro huquqqa xilof qilmishlarni xalqaro javobgarlikka: moddiy va siyosiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Xalqaro-huquqiy javobgarlikning ikkita: siyosiy va moddiy turi mavjud.
Siyosiy xalqaro-huquqiy javobgarlik satifikatsiya shaklida ifodalanadi. Bu zarar ko'rgan tarafni sodir etilgan huquqbuzarlik qaytarilmasligi to'g'risida ishontirish va uzr so'rash, huquqbuzarlikni sodir etishdagi aniq aybdorlarni jazolashdir.
Repressaliya deb yuritiladigan, huquqbuzarlikka javoban zarar ko'rgan subyekt tomonidan amalga oshiriladigan zo'rlik xatti-harakatlari (masalan, noqonuniy ravishda baliq ovlagani uchun baliq ovlash kemasini qo'lga olish, mulkni xatlash yoki musodara qilish kabilar) singari siyosiy javobgarlik shaklini ham eslab o'tish lozim.
Repressaliyadan retorsiyani farqlash kerak. Retorsiya — huquqbuzarlik hisoblanmaydigan, lekin do'stona munosabatlarga zid bo'lgan xatti-harakatlar bilan bog'liq boigan (masalan, nodo'stona tarzdagi bayonotga javoban elchilarni chaqirib olish) javob choralaridir.
Restitutsiya va reparatsiya davlatlarning moddiy javobgarlik shakli hisoblanadi. Restitutsiya — huquqbuzar davlat tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan moddiy boyliklarni zarar ko'rgan davlatga qaytarish yoki ular yo'q boiib ketgan taqdirda. zararni boshqa teng qiymatli moddiy boyliklar bilan qoplashdir. Reparatsiya — talofat ko'rgan davlatga yetkazilgan moddiy zararni (shu jumladan, olinmay qolingan foydani ham) pul yoki natura shaklida qoplashdir.
Moddiy xalqaro-huquqiy javobgarlik restitutsiya (huquq-buzarlikka qadar bo'lgan moddiy holatni tiklash) va reparatsiya (zarar ko'rgan tarafga yetkazilgan zararni pul yoki boshqa tarzda qoplash) shakllarida amalga oshirilishi mumkin boigan, yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatida ifodalanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling