Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti


Download 0.6 Mb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#227268
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish Qurbonali Akramjonov

Ko’rsatkichlar

2015

yil

2020

yil

2025

yil

2030

yil

2035

yil

2040

yil

2045

yil

2050

yil

Aholi soni (mln. kishi)

30,2

32,4

34,3

35,8

36,9

37,9

38,7

39,4

Tug’ilish koeffitsienti (1 ayolga

to’g’ri keladigan tug’ilish soni)



2,2

2,1

2,0

1,9

1,9

1,8

1,8

1,8

Umr davomiyligi (umumiy)

68,5

69,0

69,6

70,1

70,7

71,2

71,7

72,2

Umr davomiyligi (erkaklar)

65,2

65,7

66,1

66,6

67,1

67,6

68,0

68,5

Umr davomiyligi (ayollar)

71,9

72,6

73,2

73,8

74,4

75,0

75,5

76,1

65 va undan katta yoshdagi aholi soni

(foizda)


4,4

5,1

6,6

8,2

9,4

10,5

11,7

13,4

Vaxabov A.V. Milliy pensiya tizimini moliyaviy barqarorligini ta’minlash mexanizmi va amalga oshirish dastaklari. “O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani tezsilar to’plami. 2017-yil 14-mart. – T.: “IQTISOD MOLIYA”, 2017. 15-b.

Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya ta`minoti muhim o`rin egallaydi va xozirgi vaqtda u asosan budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.Mustaqilligimizning dastlabki yillarida bu jamg`arma pensiya fondi nomi bilan 1994-yilning 1-yanvargacha faoliyat ko`rsatib keladi. O`zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasi va O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi 391-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi xuzurida Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi tashkil etildi. Ayni paytda unga O`zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimida vaqtinchamexnatga layoqatsizlik, xomiladorlik va to`g`ish bo`yicha, farzand to`g`ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to`lashga yo`naltirilgan davlat ijtimoiy sug`urta mablag`larini beradi.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ijtimoiy sug`urta jamg`armasi negizida O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta`minot vazirligi qoshida Qoraqalpog`iston Respublikasi ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy ta`minot maxalliy organlari qoshida Pesiya fondi va uning xududiy bo`linmalari tashkil qilindi.1997- yilgacha umumdavlat moliya tizimi tarkibida Davlat budjeti va maqsadli fondlar (ijtimoy sug`urta fondi, ish bilan ta`minlash fondi, yo`l fondi, Davlat mulk qo`mitasining maxsus fondi) ni har biri alohida- alohida faoliyat ko`rsatgan.Respublikamiz Prezidentining 1996-yil 22-sentabrdagi «O`zbekiston Respublikasining 1997 yilgi Davlat budjeti munosabati bilan soliq isloxatlarini chuqurlashtirish bo`yicha tadbirlar haqida» gi Farmoniga asosan yuqorida qayd etilgan budjetdan tashqari fondlar Davlat budjeti tarkibida maqsadli fondlar nomini oldi. Budjetdan tashqari fondlar ichida Pensiya jamg`armasi katta ulushga ega. Jumladan, Davlat budjetining 2007-yilgi parametrlariga ko`ra Pensya jamg`armasi jami maqsadli fondlar daromadlarining 35,9 foizini, xarajatlarning 34,4 fozini tashkil etadi.Budjetdan tashqari pensiya jag`armasining daromadlari 2007-yilgi Davlat budjetining parametrlariga ko`ra asosan qo`yidagi manbalar hisobiga shakllanadi:

- Mexnat xaqiga nisbatan yagona ijtimoiy to`lov -23,5%

- Fuqorolarning mexnat xaqidan ushlovlar 2,5%

- Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar xajmidan 0,7%

- Me`yoriy xujjatlarda ko`zda tutilgan boshqa manbalar.

Umuman budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining daromadlari va xarajatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi 532 - PQ-sonli «O`zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to`g`risida» gi qarorlarga binoan qo`yidagi xajmda belgilangan, mln. so`m:

Shaxs ish haqisining yakka tartibdagi koeffitsienti, ishdagi mavjud tanaffuslaridan qat‘i nazar (pensiya tayinlash u chun murojaat qilgan shaxsning tanlashiga ko‘ra), mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketmaket oltmish oyidan har bir oyi uchun aniqlanadi, bunda shaxsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi tegishli oydagi eng kam oylik ish haqi miqdoriga bo‘linadi.Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti verguldan keyingi to‘rt belgili miqdordan iborat bo‘ladiIsh haqining yakka tartibdagi koeffitsientini hisoblashda verguldan keyin to‘rt belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi be shinchi belgi ―5‖ ga teng va undan yuqori bo‘lsa, u holda to‘rtinchi belgi bir birlikka ko‘paytiriladi.Bir oy misoli tariqasida pensiya hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ijtimoiy sug‘urtaga to‘langan badallarning miqdoriga bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz:Pensiya tayinlashni so‘rab 2013-yil aprel oyida 60 yoshga to‘lgan erkak kishimurojaat etdi. Ushbu fuqaro oxirgi 10 yil davomida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. 2013 yil mart oyi uchun u 79590 sum (eng kam oylik ish haqi) sug‘urta badali to‘lagan.Tadbirkorning ish haqisini shartli ravishda bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.Birinchi bosqich. Daromad aniqlanadi. Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun tadbirkorning daromadi to‘langan oylik sug‘urta badali summasini ish beruv chilar va xodimlar uchun sug‘urta badallari ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo‘linadi va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi2013 yil uchun sug‘urta to‘lovlarining jami foizi 31%ga teng (25% - ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lov + 6% majburiy sug‘urta to‘lovlari). 2013 yil mart oyi daromad (ish haqi) 256 741,94 so‘mni (79590/31x100) tashkil etadi.

Ikkinchi bosqich. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti aniqlanadi (IKZ). Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti – tegishli oy uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining aynan shu oy uchun eng kam oylik ish haqi nisbati sifatida aniqlanadigan miqdor 3,2258 (256 741,94 / 79 590).Uchinchi bosqich. Eng kam ish haqining o‘rtacha miqdorini aniqlanadi (SMZP). SMZP tegishli 12 oyning belgilangan minimal ish haqlari yig‘indisini 12 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Pensiya 2013 yil aprel oyidan tayinlanishini hisobga olgan holda SMZP 73 010,83 so‘mni tashkil etadi [(62 920 (razmer MRZP za may–iyul 2012 g.) x 3 + 72 355 (razmer MRZP za avgust–noyabr 2012 g.) x 4 + 79 590 (razmer MRZP za dekabr 2012 – aprel 2013 gg.) x5)] / 12.

To‘rtinchi bosqich. Pensiya xisoblash uchun qabul qilinadigan qayta hisoblangan ish haqi aniqlanadi (PZ).

PZ – IKZni SMZPga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu holatda 2013 yil mart oyi uchun PZ 235 518,33 so‘mni tashqil etadi (3,2258 x 73 010,83).



3. Hozirgi kunda Pensiya ta’minoti qonunchiligidagi meyoriy-huquqiy hujjatlar hamda ularga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Tashkilot ma‘muriyati har yili dekabr oyida shaxsiy varaqchalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imti yozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar boyicha pensiya tayinlash uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni dastlabki tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Zarur bo‘lganda tashkilot ma‘muriyati etishmayotgan hujjatlarni so‘rab olish choralarini ko‘rishi kerak. Tashkilot ma‘muriyati to‘plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi.Xodim pensiya tayinlash to‘g‘risida ariza bergan taqdirda, tashkilot ma‘muriyati mazkur ariza royxatga olingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida zarur hujjatlarni va taqdimnomani to‘liq rasmiylashtiradi va ariza beruvchini ular bilan (taqdimnomaga imzo qoydirgan holda) tanishtiradi.Agar pensiyaga huquqi bo‘lgan shaxs ishlovchi bo‘lmasa, pensiya tayinlash uchun ariza u tomonidan u yashab turgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.Hujjatlar va taqdimnoma xodimning arizasi bilan birga ariza beruvchining yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi. Tashkilot ma‘muriyati pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni to‘play olmagan hollarda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga bor hujjatlar topshiriladi. Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya so‘rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan bo‘lsa, ushbu arizani jo‘natishning pochta shtempelida ko‘rsatilgan sanasi pensiya so‘rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini tashkilot ma‘muriyatiga yoki ariza beruvchiga ma‘lum qiladi. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun shubha paydo bo‘lgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari boyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi, shuningdek tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamg‘armasi bo‘limida qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma‘lumot majburiy tartibda ko‘rsatiladi.Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to‘g‘risida qaror chiqargan hollarda, tekshirish tamom bo‘lish muddatidan qat‘i nazar, pensiya tayinlash uchun dastlab murojaat qilingan sana pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida‖gi Qonunining 2-moddasiga asosan davlat pensiyalarining quyidagi turlari mavjud:



  1. yoshga doir pensiya;

  2. nogironlik pensiyasi;

  3. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:erkaklar-60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;ayollar-55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.Yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida‖gi Qonuni 37-moddasi birinchi qismining ―a‖, ―b‖, ―v‖ va ―g‖ bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-son royxatlariga asosan alohida toifadagi fuqarolar egadirlar:

1-son royxat – yoshidan qat‘iy nazar;

2-son royxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda;

3-son royxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda.

Umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqiga, shuningdek:Urush nogironlari, bolalikdan nogironlar onalari – 5 yilga qisqartirgan holda; liliput pakanalar – 10 yilga qisqartirgan holda.

Imtiyozli shartlarda pensiyalarni tayinlash tartibining asosiy shartlari O‘zbekiston Respublikasining ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida‖gi Qonunining 10-13-moddalari aks ettirilgan.Qonun 37-moddasining ―a‖, ―b‖, ―v‖ va ―g‖ bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish va kasbiy mehnat la yoqatini yo‘qotish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1- iyuldagi ―Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida‖ 195-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida amalga oshiriladi.

Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mо’ljallangan О’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.Xalq banki jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining alohida hisobini yuritadi va О’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan keli shilgan holda, jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini kо’paytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya qilish maqsadida bunday mablag’lardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin (mablag’larni joylashtirish tartibi О’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan belgilanadi).

Mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, xususiy pensiya fondlarini tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini kapital bozorida ishtirokini ta’minlash O‘zbekiston moliya tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi.



Hozirgi kunda davlat pensiya ta’minoti tizimi 3,3 mln.dan ortiq kishini yoki mamlakatimiz aholisining qariyb 10 foizini qamrab oladi. Shu jumladan, yosh bo‘yicha pensiya oluvchilar 2502,6 ming kishini, nogironlik bo‘yicha – 360,3 ming kishi, boquvchisini yo‘qotgani uchun – 168,5 ming kishi, ijtimoiy nafaqa oluvchilar – 294,1 ming kishini tashkil etadi.


Norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotganlar daromadlarini rejalashtirishda qiyinchilikka duch kelmoqda


Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ortib borishi bilan “ishlab topding – to‘la” (pay as you go) tamoyiliga asoslangan pensiya tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishni talab etadi.

Yosh bo‘yicha pensiya oluvchilarning soni oshib borayotgan sharoitda hozirgi mavjud davlat pensiya ta’minoti tizimi iqtisodiy faol aholi qatlamiga pensiya to‘lovlari yukining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, xususiy pensiya fondlari kabi uzoq muddatli mablag‘larga ega jamg‘armalarning yo‘qligi kapital bozorini rivojlantirishga imkon bermayapti.

Bundan tashqari, norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotgan ishchilar, o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlovchilar, chet ellarda faoliyat olib borayotgan fuqarolar, qishloqlarda farzand tarbiyasi va uy yumushlari bilan mashg‘ul ayollar o‘zlarining nafaqa hayoti uchun daromadlarini rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Mazkur omillarni inobatga olib, mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, xususiy pensiya fondlarini tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini kapital bozorida ishtirokini ta’minlash O‘zbekiston moliya tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi.


Filippin va Gruziya tajribalariga nazar tashlaymiz


Bu borada, xorijiy mamlakatlar tajribasini, aynan Filippin va Gruziya tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, Gruziya 2019 yil 1 yanvardan yangi pensiya tizimini joriy qildi. Ushbu islohotdan birinchi maqsad pensiya yoshidagi fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, ikkinchi maqsad kapital bozorini rivojlantirish hisoblanadi.

Gruziyada yangi pensiya tizimini to‘liq tadbiq qilishni bir necha bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 2019 yildan 1 yanvardan 40 yoshdan kichik bo‘lgan barcha ishchilar (ish bilan ta’minlanganlardan tashqari) yangi pensiya tizimiga majburiy kiritildi. Yoshi 40 yoshdan oshgan ishchilar va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlaganlar ixtiyoriy ravishda yangi tizimda ishtirok etishlari mumkinligi belgilandi.



Gruziya yangi pensiya tizimi 2+2+2 sxemasida ishlaydi. Ya’ni, yillik daromadi 24 000 larigacha (79,6 mln. so‘m) bo‘lgan ishchilar uchun daromadining 2 foizi miqdorida badal ishchi tomonidan, 2 foizi – ish beruvchi tomonidan va yana qo‘shimcha 2 foizi miqdorida davlat tomonidan o‘tkaziladi. Yiliga 24 000 laridan 60 000 larigacha (199 mln. so‘m) daromad oluvchilar uchun davlat tomonidan 1 foiz miqdorida pensiya badallari o‘tkazilib beriladi. Agar yillik daromadi 60 000 laridan oshsa, davlat tomonidan ulush qo‘shilmaydi.

Shuningdek, birinchi bosqichda yangi pensiya tizimida qatnashish yoki qatnashmasligidan qat’iy nazar nafaqaga chiqqan har bir gruziyalik standart davlat pensiyasini (hozirda 180 lari – 62 AQSh dollar) olishga haqli.

Mazkur pensiya tizimida qatnashuvchilar o‘z jamg‘armalarini investitsiyalarga yo‘naltirishda uchta tanlovga egalar. Ya’ni, qatnashuvchilar kelajak uchun jamg‘arayotgan mablag‘larini investitsiyalarning risk darajasi va undan keladigan daromaddan kelib chiqib, kam riskli, o‘rtacha riskli va yuqori riskli investitsiyalarga yo‘naltirishlari mumkin. Shunday bo‘lsada, a’zolikning dastlabki besh yilida qatnashuvchilar faqat kam riskli investitsiya portfelini tanlay oladilar.

Ta’kidlash lozimki, 2019 yilning dastlabki 150 kunida Gruziyaning yangi pensiya tizimida jami 232 mln. lari (qariyb 83,3 mln. AQSh dollar) mablag‘ to‘plandi. Kelgusi 5-6 yilda 5 mlrd. lari (qariyb 1,8 mlrd. AQSh dollar) miqdorida mablag‘lar jamg‘arilishi kutilmoqda.

2-rasm. Gruziya yangi pensiya fondi hajmi o‘zgarishi



(mln. lari)


Manba: Gruziya Pensiya agentligi

Ushbu mablag‘larni quyidagilarga investitsiya qilish mumkinligi belgilangan: bank depozitlari, davlat qimmatli qog‘ozlari, mahalliy korporativ obligatsiyalar, mahalliy korporativ aksiyalar, xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlari, xalqaro moliya institutlari qimmatli qog‘ozlari, xorijiy korporativ obligatsiyalar va aksiyalar va boshqa aktivlar.

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya fondi yoki xususiy pensiya fondlarini tashkil etish maqsadga muvofiq


Gruziya tajribasini chuqur tahlil qilgan holda hamda mamlakatimizda 2019 yil 1 yanvardan joriy qilingan yangi soliq tizimiga asosan fuqarolarning majburiy badallarini (8 foiz) bekor qilinishi hamda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining 2 foizdan 0,1 foizga tushirilishi samaradorligini hisobga olib, mamlakatimizda davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda davlat ijtimoiy himoya fondi yoki xususiy pensiya fondlarini tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday pensiya fondlarining paydo bo‘lishi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan uzoq muddatli mablag‘larni jamg‘arishga va bu orqali kapital bozorini rivojlantirishga yordam beradi.

Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, Gruziya pensiya tizimiga o‘xshash xususiy pensiya fondlarini (yoki davlat ijtimoiy himoya fondini) tashkil etilishi xususiy sektorda faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilar uchun ham manfaatli bo‘lganligi bois ularning ish haqlarini "konvert"dan buxgalteriya balansiga ko‘chirilishiga rag‘bat uyg‘otadi.


Fondlarda jamg‘arilgan mablag‘lar kreditlar uchun garov vazifasini o‘taydi


Shuningdek, mazkur fondlarda jamg‘arilgan mablag‘lar aholi tomonidan olinadigan kreditlar uchun garov vazifasini o‘tashi mumkin.

Xususiy pensiya fondalarini (yoki davlat ijtimoiy himoya fondini) tashkil etishda Xalq bankida jamg‘ariladigan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallariga to‘lanadigan real foiz stavkalari ijobiyligini aniqlash va mazkur mablag‘lardan foydalanish samaradorligini baholash hamda mazkur fondlarning moliya bozorida ishtirok etishini belgilab beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish lozim bo‘ladi.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling