Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti konstitutsiyaviy huquq fanidan «Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi»


-modda. Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar chegaralarini o‘zgartirish


Download 1.17 Mb.
bet9/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1508990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abror Rayimqulov

24-modda. Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar chegaralarini o‘zgartirish
Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining va respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralarining o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda respublika bo‘ysunuvidagi shahar chegaralari chizig‘ining tavsifi;
respublika bo‘ysunuvidagi shaharning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
25-modda. Viloyat yoki tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish
Viloyat yoki tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning, viloyatlar tumanlarining, Toshkent shahri tumanlarining va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tegishli shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqidagi qarori;
tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar yoki tuman chegaralarining va shahar yoki tumanning chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan chegaralari o‘zgartirilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar yoki tuman chegaralari chizig‘ining tavsifi;
shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining iltimosnomasi ma’qullangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shahar yoki tumanning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalarini o‘n kun ichida tayyorlaydi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Xulosa
Maʼmuriy-hududiy tuzilish — unitar davlat hududi yoki federativ davlat subʼyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, departamentlar va shahri k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg.ng yaqin boʻlishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiytarixiy, milliy va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki boʻgʻinli (AQSH), uch boʻgʻinli (Buyuk Britaniya, Fransiya), toʻrt boʻgʻinli (GFR) boʻlishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yoʻq. Oʻzbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Shaharlar respublika miqyosidagi shahar (Toshkent shahri), viloyat tarkibidagi shaharlar, tuman tarkibidagi shaharlarga boʻlinadi. Tumanlar viloyat tarkibidagi tumanlarga va shahar tarkibidagi tumanlarga bo’linadi
Biz yuqorida O`zbekiston Respublikasining ma`muriy hududiy tuzlishi to`g`risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7 avgustda ma`qullangan Umumiy qoidalarini ham ko`rib chiqdk
Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling