Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti fuqarolik huquqi fanidan «Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi»
Download 0.56 Mb.
|
abror
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent shahri
- Tarixi
- 1924—1938-yillar
Toshkent shahriToshkent shahrining tumanlari xaritasi
TarixiQisqacha tarixXX asr boshlarida Rossiya qaramogʻidagi Oʻrta Osiyo hududlari Oktyabr inqilobiga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududi Rossiya imperiyasining Kaspiyorti viloyati (ruscha: Samarqand viloyati(ruscha: Самаркандская область), Sirdaryo viloyati (ruscha: Сырдарьинская область), Fargʻona viloyati(ruscha: Ферганская область)ga hamda uning vassallari hisoblangan – Buxoro amirligi va Xiva xonligiga boʻlingan edi. 1918-yil Turkistonda shoʻro hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, hozirgi Oʻzbekiston hududida (Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlaridan tashqari) poytaxti Toshkent shahri boʻlgan Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi. 1920-yilda Buxoro va Xivada shoʻro hokimiyati oʻrnatilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. 1923-yil 30oktyabrda Xorazm XSR, 1924-yil 19sentyabrda esa Buxoro XSR xalq sovet respublikasidan, sovet sotsialistik respublikasiga oʻzgartirildi[4]. 1924-yil 16-sentyabrda Turkiston ASSR MIQning navbatdan tashqari sessiyasida Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirish qarori qabul qilindi. Ushbu qaror doirasida SSSR tarkibida Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil etilganligi deklaratsiya qilindi. Uning tarkibiga sobiq Samarqand, Yettisuv, Fargʻona viloyatlarining, Buxoro SSR, Xorazm SSR hududlarining ayrim qismlari qoʻshib olindi. Bu qaror 1924-yil 14-oktyabrda Ishchi va harbiy deputatlari Shoʻrosining Butunrossiya Markaziy Iroya Qoʻmitasi (BMIQ)ning ruscha: Всероссийский центральный исполнительный комитет Советов рабочих и солдатских депутатов (ВЦИК) 2-sessiyasida tasdiqlandi va 1925-yilning 11-mayida 12Butunrossiya Shoʻrolar qurultoyida (ruscha: Всероссийский съезд Советов) qabul qilindi. Poytaxti Samarqand shahri boʻlgan Oʻzbekiston SSRning tashkil topgan sanasi 1924-yilning 27-oktyabri hisoblanadi. Bundan tashqari Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ham tuzildi[5]. 1924—1938-yillarOʻzbekiston 1927-yilda 1925-yili Oʻzbekiston SSRda oblastlar (viloyatlar)ga boʻlinish amalga oshirildi. Oblastlar uyezdlarga, uyezdlar esa volostlarga boʻlindi. 1926-yilning 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma’muriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha edi[6]:
Aytish joizki, aynan oʻsha yili viloyat va uyezdlar bekor qilinib, oʻrniga 10 ta: Andijon, Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand va Xorazm okruglari tashkil etildi. Okruglar rayonlarga (tumanlarga) boʻlindi. 1929yilda Tojikiston ASSR va Xoʻjand okrugi Oʻzbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, ular oʻrnida Tojikiston SSR tashkil etildi. Bu qaror 1929-yilning5-dekabrida SSSR MIQ tomonidan tasdiqlangan[7]. 1930-yilda Oʻzbekiston SSRning poytaxti Toshkent shahriga koʻchirildi. Shu yili butun Shoʻro ittifoqida boʻlgani kabi Oʻzbekiston SSRda ham barcha okruglar bekor qilindi. Ular tarkibiga kirgan rayonlar (tumanlar) esa bevosita respublikaga boʻysundirildi. 1931-yil Oʻzbekiston SSRda 71 ta rayon [oʻz navbatida rayonlar 1494 ta qishloq sovetiga (ruscha: сельсовет) boʻlingan], respublikaga boʻysunuvchi 9 ta shahar (bu shaharlarga yana 204 ta qishloq soveti boʻysungan) boʻlgan[8]. 1935-yilda Oʻzbekiston SSR rayonlarining bir qismi Qashqadaryo okrugiga birlashtirildi. 1936-yil 5-dekabrda RSFSR tarkibidan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR qoʻshib berildi[9]. 1938-yil 1 dekabr holatiga Oʻzbekiston SSR xaritasi 1938-yil 15-yanvarda Oʻzbekiston SSR tarkibida Buxoro (Surxondaryo okrugi bilan birga), Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuzildi[9]. 1938-yil 1-oktyabrdagi maʻlumotlarga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma’muriyhududiy boʻlinishi quyidagicha koʻrinishga ega boʻlgan[10]:
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling