Xorazm
|
Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Mangʻit, Urganch, Xazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Urganch sh., Xiva sh.
|
Qoraqalpogʻiston
ASSR
|
Qoraoʻzak, Kegeyli, Qipchoq, Kuybishev, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shabboz, Toʻrtkoʻl sh., Nukus sh., Xoʻjayli sh., Chimboy sh.
|
1950-60 yillarda Oʻzbekiston SSR chegaralarining oʻzgarishi SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956-yil 13 fevraldagi Qozogʻiston SSR va Oʻzbekiston SSR oʻrtasidagi chegaraning qisman oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi Qaroriga (ruscha: Указ Президиума ВС СССР от 13.02.1956 о частичном изменении границы между Казахской ССР и Узбекской ССР) muvofiq Qozogʻiston SSRdan Mirzachoʻl (qozoqcha: Мырзашөл) choʻlining va
Boʻstondiq (qozoqcha: Бостандық, hozir Oʻzbekistonda – Boʻstonliq) tumanining bir qismi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshildi. 1963-yil SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qaroriga muvofiq
Chimkent (qozoqcha: Шымкент) va Qiziloʻrda (qozoqcha: Қызылорда) viloyatlarining 36,6 ming km² hududi Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshib berildi. 1960-yil 25 yanvarda Qashqadaryo va Namangan viloyatlari bekor qilindi.
Qashqadaryo viloyatining hududlari Surxondaryo viloyati tarkibiga qoʻshildi.
Namangan viloyati esa Andijon va
Fargʻona viloyatlari oʻrtasida boʻlib berildi.
1963-yil 16 fevralda Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xoʻjaligi uchun unumlashtirilgan yerlari ajratib olinib, yangi Sirdaryo viloyati tuzildi (ma’muriy markazi avval Yangiyer boʻlgan, 1963-yil noyabr oyida Gulistonga oʻzgartirilgan). 1964-yil 7 fevralda Qashqadaryo, 1967-yil 18 dekabrda esa Namangan viloyatlari qayta tuzildi[9]. 1971-yilning28 iyunida Sirdaryo viloyatining uncha katta boʻlmagan Jetisoy, Kirov va Paxtaorol tumanlari Qozogʻiston SSRning Chimkent viloyatiga qoʻshib olindi[12]. 1973-yil 29 dekabrda Sirdaryo viloyatining bir qismidan Jizzax viloyati tashkil etildi. 1982-yil 20 aprelda Buxoro va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlaridan Navoiy viloyati tashkil etildi[9]. Natijada, 1987-yil 1 yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston SSRning ma'muriy-hududiy boʻlinishi quyidagi koʻrinishga keldi[13]:
Do'stlaringiz bilan baham: |