Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti fuqarolik huquqi fanidan «Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi»


Download 0.56 Mb.
bet12/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1513736
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
abror

1987-yildan keyin 1988-yil 6-sentabrda Jizzax va Navoiy viloyatlari bekor qilinib, Jizzax viloyati Sirdaryo, Navoiy esa, Samarqand viloyati tarkibiga qoʻshildi. 1989-yil mayida sobiq Navoiy viloyatining katta qismi Buxoro viloyatiga qoʻshildi. 1990-yil fevralda Jizzax viloyati, 1992-yil esa Navoiy viloyati qayta tiklandi[9]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Qoraqalpogʻiston ASSR maqomi Qoraqalpogʻiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1990-yillar boshlarida shoʻroviy ideologik nomga ega tuman va shaharlarning nomlari oʻzgartirildi. Oʻzbekistondagi oxirgi (2012-yilgi holatga koʻra) yirik ma’muriy-hududiy oʻzgarish 1999-yilda qiligan boʻlib, unga koʻra, Sirdaryo viloyatining Yangirabot tumani Jizzax viloyati tarkibiga qoʻshildi. 2000-yildan keyin 2002-yilda imzolangan „OʻzbekistonQozogʻiston davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisida“gi shartnomaga muvofiq Toshkent viloyatidagi Bogʻis qishlogʻining bir qismi, 2004-yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlararo komissiyasi bayonnomasiga asosan Toshkent viloyatidagi Xiyobon qishlogʻi Qozogʻiston tasarrufiga oʻtkazilishi belgilangan lekin amalda bu hududlar u yoki bu hududda ekani rasman tasdiqlanmasdan qolib ketgan[14]. 2021-yil may oyida ikki davlat hukumatlarining kelishuvi asosida ushbu qishloqlar Qozogʻistonning Turkiston viloyatiga qarashli Oqjar (Bogʻis) va Kurkeles (Xiyobon) qishloq okruglariga qoʻshib olingan. Qozogʻistonga topshirilgan yer maydonlari 795,62 gektarni tashkil etadi.


Xulosa
Maʼmuriy-hududiy tuzilish — unitar davlat hududi yoki federativ davlat subʼyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, departamentlar va shahri k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg.ng yaqin boʻlishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiytarixiy, milliy va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki boʻgʻinli (AQSH), uch boʻgʻinli (Buyuk Britaniya, Fransiya), toʻrt boʻgʻinli (GFR) boʻlishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yoʻq. Oʻzbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Shaharlar respublika miqyosidagi shahar (Toshkent shahri), viloyat tarkibidagi shaharlar, tuman tarkibidagi shaharlarga boʻlinadi. Tumanlar viloyat tarkibidagi tumanlarga va shahar tarkibidagi tumanlarga bo’linadi


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling