Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon unversiteti
Axborot texnologiyalarini yutuqlari
Download 20.61 Kb.
|
АХБОРОТ КОММУНИКАТСИУА ТЕХНОЛОГИУАЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari.
3. Axborot texnologiyalarini yutuqlari.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil rivojlanishining yana bir muhim omillaridan biri sohada raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishdir. Aynan mana shu maqsadni ko‘zlab barpo etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning rezidentlari hisoblangan 416 tashkilotda bugun besh ming nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, ushbu tashkilotlarning 14 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan bo‘lsa, 54 tasi yangi ochilgan. Toshkent shahrida IT-Park rezidentlari sonini ko‘paytirish va yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv. m.ga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda IT-Park infratuzilmasi ob’ektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqilib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. IT-Parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi. IT-Parkning hududiy filiallari binolari Andijon (“Dijital siti” texnoparki), Farg‘ona (IT-Park Marg‘ilon filiali), Sirdaryo (IT-Park Guliston filiali) Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida foydalanishga topshirildi, Andijon filialida 10 ta va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 1000 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Professor-o‘qituvchilarning 57 nafari fan doktori hamda 259 nafari fan nomzodi bo‘lib, shundan 2020 yilda 16 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik ishini himoya qildi. 2020 yilda TATU va uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro Skopus, Veb of Sayns ilmiy jurnallarda 103 ta ilmiy maqolalar chop etildi. TATUda 2020/2021 o‘quv yilida yangi Raqamli iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 8 ta yangi magistratura mutaxassisligi ochildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan TATU tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida 505 nafar talaba qo‘shma fakultetning birinchi bosqichini yakunladi. 2020/2021 o‘quv yili uchun qo‘shma fakultetga 500 nafar talaba qabul qilindi. TATU va uning filiallarida jami 1 5000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. 2020 yilda TATU va uning hududiy filiallarida umumiy qiymati 14,7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan 66 ta ilmiy-tadqiqot ishlari (2,4 mlrd. so‘m qiymatidagi 9 ta fundamental, 4,6 mlrd. so‘m qiymatidagi 21 ta amaliy, 4,2 mlrd. so‘m qiymatidagi 8 ta innovatsiya loyihalari va 3,5 mlrd. so‘m qiymatidagi 28 ta xo‘jalik shartnomalar) amalga oshirildi. TATU 2019 yilda Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida qiymati 998 ming yevro bo‘lgan 2 ta yangi loyihalarda ishtirok etishni boshladi hamda ushbu loyihalar 2019-2021 yillar davomida amalga oshirilishi belgilangan. Natijada bugungi kunda umumiy qiymati 1,7 mln. AQSh dollari bo‘lgan 9 ta “Erasmus+” dasturi doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda. TATUda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 7 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalar himoyalarini o‘tkazadigan 2 ta ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda. Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlagan Toshkent shahrida Amiti universitetiga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, 2019/2020 o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 384 nafar talaba qabul qilindi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi INHA universitetida 51 nafar professor-o‘qituvchi va assistent faoliyat yuritib, talabalarning umumiy soni 1506 nafarni tashkil etadi. Toshkent shahridagi INHA universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 420 nafar talaba qabul qilindi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (maktab)ning yangi binosi 2019 yil dekabr oyida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ushbu bino 880 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bugungi kunda maktabda 62 nafar pedagog xodim faoliyat yuritib kelmoqda, shundan 5 nafari fan nomzodi, 14 nafari oliy toifali, 17 nafari 1-toifali, 11 nafari 2-toifali hamda 20 nafari mutaxassis pedgoglardan iborat. Maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotasi 330 nafar etib belgilangan bo‘lib, kirish imtihonlari respublikamizda birinchi marotaba onlayn shaklda ikki bosqichda o‘tkazildi. Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 102 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi 5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari. Ishtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari. Download 20.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling