Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakasiga qoʻyiladigan talablar


Download 1.17 Mb.
bet4/66
Sana09.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#264738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036

Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakasiga qoʻyiladigan talablar

“Boshlangʻich sinfda integratsiyalashgan ta’lim” oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

ta’lim sohasida davlat siyosati va strategiyasining asosiy yoʻnalishlarini; pedagogik texnologiya tushunchasining ilmiy asoslarini, uning kategoriya va tamoyillarini; oʻquv jarayonini tashkil etish shakllari va metodlariga qoʻyiladigan zamonaviy talablarni; oʻquvchi shaxsi, ta’lim jarayonida shaxs sifatlarining namoyon boʻlishini; pedagogik texnologiyalarning tasnifi va asosiy jihatlarini; ta’lim jarayonini texnologizasiyalash haqida tasavvurga ega boʻlishi; zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni bilishi kerak;

- shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarining faol shakllanishi, pedagogik texnologiyalarning tamoyillari bilan bogʻliqlikda keyingi amaliy faoliyatda ta’lim jarayonini pedagogik jihatdan bir butun tarzda tashkil etish va amalga oshirish; ta’limga texnologik yondashuv asosida mashgʻulotlarning oʻquv maqsadini qoʻya olish, pedagogik faoliyatni rejalashtirish; amaliy mashgʻulotlarni modellashtirish, qiyinchiliklarni bartaraf etish imkoniyatlarini bashorat qila olish, xatolarni tuzata olish strategiyasini ishlab chiqish; ta’lim oluvchi shaxsining har tomonlama barkamol rivojlanishi, ta’lim jarayonining “jonli”, ijodiy tashkil etishga yordam beruvchi ta’limning zamonaviy integrativ metodlarini egallash; ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini boshqarish metodlarini egallash; ta’lim standartlarining yangi talablari va oʻzining ehtiyojlari bilan bogʻliqlikda oʻqitish va ta’lim olganlikni tashxis etishining turli usul va vositalaridan samarali foydalanish, bundan tashqari yangi metodik yoʻllarini mustaqil yaratish va nazorat qilish koʻnikmalarini egallashi zarur;

- psixologik-pedagogik adabiyotlar bilan ishlay olish; zarur metodik hujjatlarni tuza olish; ilgʻor pedagogik tajribalar va pedagogika fanining zamonaviy yutuqlaridan amaliyotda foydalanish bilan oʻz-oʻziga ta’lim berish bilan shugʻullanish; yengil pedagogik tadqiqotlar oʻtkazish, ishga ijodiy yondashish; muloqotda ochiq va hamdard boʻlish; ijodkor, mustaqil fikrlovchi va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantiruvchi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish; individual, shaxsiy va yoshga oid oʻziga xosliklarni hisobga olgan holda auditoriya bilan psixologik asosli muloqot va oʻzaro harakatni tashkil etish malakalariga ega boʻlishi kerak.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling