Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


INTEGRASIYA TA’LIM JARAYONINI OPTIMALLASHTIRISHNING MUHIM PRINSIPI


Download 1.17 Mb.
bet38/66
Sana09.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#264738
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Bog'liq
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036

INTEGRASIYA TA’LIM JARAYONINI OPTIMALLASHTIRISHNING MUHIM PRINSIPI
Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko’rsatadiki, Davlat ta’lim standartlari qabul qilingach, ta’lim mazmuni yangilandi. Davlat ta’lim standartlari talablari asosida Yangi o’quv dasturlari va darsliklar ishlab chiqildi. Lekish kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’quv rejasidagi o’quv fanlarining soni ortib ketgan. Chunonchi, 1992 yilga qadar o’quv rejasi fanlarning soni 18 tani tashkil etgan bo’lsa, 1992 yildan 1997 yilgacha bo’lgan davr ichida ularning miqdori 21 tani tashkil etgan bo’lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingach, 24 taga yetkazildi. Bugungi kunda esa o’quv rejasida 27 ta o’quv fani mavjud. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi. O’quv fanlari miqdorini ko’paytirish orqali o’quvchining bilim darajasini oshirishga erishilayaptimi? Yo’q, albatta! Chunki:

1) o’quv fanlari ko’paygan sari o’quvchilarga taqdim etiladigan bilimlar maydalashib bormoqda;

2) o’quv darsliklarida takror materiallarning miqdori ortmoqda;

3) o’quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolayotgan bilim va tushunchalar ko’paymoqda;

4) Davlat ta’lim standartlari bilan o’quv dasturlari orasida nomuvofiqlik vujudga kelmoqda.

Chunonchi, hukumat tomonidan qabul qilingan boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartida 4 ta ta’lim sohasi, ya’ni «Ona tili», «Matematika», «Tabiat», «Inson va jamiyat» berilgan holda bugungi kunda o’quv rejasida 10 ta o’quv predmeti mavjud. Bu sohada jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Singapur ta’lim tizimida boshlang’ich sinflar uchun bor yo’g’i 4 ta o’quv predmeti mavjud ekan. Ular «Ona tili», «Matematika», «Estetika» hamda «Jismoniy tarbiya».

Ma’lumki, ta’lim jarayonida muayyan o’quv fani, «Ona tili», «Tarix», «Adabiyot» kabilarga oid bilimlar bilan bir qatorda xalqning ijtimoiy tajribasi, til boyligi, ma’naviy, madaniy qadriyatlari, axloqiy me’yorlari bilim va tushunchalar shaklida o’rgatilishi lozim. Amaldagi ta’lim jarayonini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, u yoki bu o’quv fani mazmunida o’quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolgan bilim va tushunchalar mavjud. Buning asosiy sababi o’quv fanining mazmuni o’ta murakkab yoki haddan tashqari sodda ekanligidadir. Agar o’quv materiali o’ta murakkab bo’lsa, o’quvchi uni to’liq o’zlashtirishga qiynaladi. Agar sodda va takror holda ifodalangan bo’lsa, bunday o’quv materialini o’zlashtirishga ehtiyoj sezmaydi, undan bezadi.

Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o’quv dasturlari va darsliklardan foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu davlatning ta’lim tizimiga qo’yilgan buyurtmaning tabiatidan kelib chiqqan holda integrasiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va joriy qilib kelmoqda. Jumladan Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo’lsa, Koreya va Shveysariyada integrasiyalangan fanlar yoki alohida o’quv fanlari, Avstraliyada integrasiyalashtirilgan fanlar, Yaponiya, Shimoliy Irlandiya, Uels, Gongkong va Germaniyada ham alohida fanlar, Vengriyada madaniyat yo’nalishidagi o’quv fanlari, inson va tabiat, integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o’quv fanlari, Irlandiyada fan texnika kabi bloklarda barcha o’quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o’qitiladi. Bizda bu sohada dastlabki qadamlar qo’yilmoqda. Jumladan boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartlarida «Ona tili» - «Ona tili», «O’qish», «Matematika», «Tabiat» hamda «Inson va jamiyat» ta’lim sohalari belgilab berilgan.

Umumiy holda tahlil etsak jahonning aksariyat rivojlangan mamlakatlarining 3/2 qismi ta’lim mazmunini integrasiyalashni ilmiy asosda amalga oshirish o’zining kutilgan samaralarini beradi.

Olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, hozirda o’quvchilarning ta’lim mazmuni integrasiyasi haqidagi bilim va tushunchalari to’la shakllanmagan. Integrasiyaning mohiyatini, uning iqtisodiy hamda pedagogik ahamiyatini hali aksariyat o’qituvchilar tushunib yetganlaricha yo’q. Shuning uchun ham ta’lim mazmunini integrasiyalash muammosining ilmiy yechimlarini ommalashtirish, o’qituvchilarni bu sohaga oid bilimlar bilan qurollantirish dolzarb muammolardandir.

«Inson va jamiyat» ta’lim sohasi o’zida bir qator o’quv fanlariga oid tushunchalarni mujassamlashtirgan. Jumladan, axloq, nafosat tarbiyasi, iqtisodiy bilimlarga oid tushunchalar, jismoniy tarbiya, badiiy ta’lim, huquqiy bilimlar va h.k.

Ta’lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosda tashkil etish orqali o’quv-bilish jarayoni natijasida samaradorlikka erishish nazarda tutilar ekan, bunda integrasiyaning turli darajalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan:

1) Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integrasiya; bunda o’quv materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi, ya’ni oldingi o’quv materiali keyingisini to’ldiradi. Lekin hyech qachon bir-birini takrorlamaydi. Bunday integrasiya natijasida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari hamda ijodiy faoliyatlari muntazam ravishda rivojlanib, boyib boradi.

2) O’quv dasturlarida o’zaro uyg’unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan integrasiya; bunda ham takror tarzda beriladigan taftologiya asosidagi o’quv materiallarining oldini olish uchun dasturlarda mavzulararo uyg’unlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, 1-sinfda qish fasli haqida «O’qish», «Ona tili», «Atrofimizdagi olam» darsliklarida turli xildagi, ammo mohiyati va ma’lumot berish darajasi bir xil bo’lgan matnlar o’rniga faqat «O’qish» kitobining o’zida qish faslining barcha xususiyatlarini ochib bera oladigan badiiy matn va rasmlarni berish maqsadga muvofiqdir. Buning afzalligi shundaki, o’quvchining vaqti va kuыchi tejaladi, darsliklarning hajmi ixchamlashadi va tannarxi arzonlashadi.

3) Modullashgan texnologiya; bunday integrasiya doirasida turdosh o’quv fanlariga oid bilim va tushunchalar biri tizimga solingan holda, uzviy tarzda o’quvchilarga taqdim etiladi. Chunonchi, aniq fanlar blokida yuqori sinflarda «Matematika», «Algebra», «Geometriya» va «Chizmachilik»ka oid bilim va tushunchalar muayyan bir tizimga solinadi va ayni bir mavzu mazkur tizim doirasida o’quvchiga bir marta ammo uzviy tarzda taqdim etiladi.

4) Integrativ dasturlar; ushbu tipdagi dasturlar bir necha o’quv predmeti yoki o’quv fanlariga oid mavzularni uyg’unlashtirgan holda taqdim etishni nazarda tutadi. Bugungi kunga kelib o’quv rejasida o’quv predmetlarining soni maksimum darajada ko’payib ketganligini hisobga oladigan bo’lsak, bunday tipdagi dasturlar yaratishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Dastur va darsliklarni o’rganish, tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich sinflardagi yo’l-harakati qoidalari, odobnoma, Konstitusiya saboqlari, salomatlik darslariga oid tushunchalarni umumlashtirgan holda «Ona tili», «O’qish» fani dasturlariga uyg’unlashtirish lozim. Bunday tadbirni amalga oshirish ayni bir vaqtning o’zida ham pedagogik, ham iqtisodiy nuqtai nazardan samaralidir.

5) Mavzulararo integrasiya: bunda ayni bir kurs doirasida beriladigan o’quv materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo’lgan o’quv materiallari bilan uyg’unlashtiriladi. Masalan matematik muloqot madaniyatini shakllantirishga oid mashqlarni «Ona tili» darsliklarida iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan masalalar, mashqlar va matnlarni «Matematika» va «Ona tili», «O’qish» darsliklarida berish mumkin.

Ta’limda integrasiyani amalga oshirish ham iqtisodiy jihatdan, ham pedagogik, gigiyenik va fiziologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Atrofimizdagi olam» hamda «Odobnoma» kabi o’quv predmetlarini «O’qish», «Ona tili» o’quv predmetlari mazmuni bilan uyg’unlashtirish natijasida faqatgina 1-sinfda 63 soat iqtisod qilinadi. Shuningdek o’quvchining vaqti va kuchi tejaladi, ortiqcha zo’riqishning oldi olinadi. O’quv-bilish jarayonining samaradorlik darajasi ortadi.

Dasturda o’quv fani mazmunining maksimum darajasi hamda sinfma-sinf belgilab berilgan DTS asosida o’quvchining bilim hamda tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimum talablar o’z ifodasini topmog’i lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda 5-9 sinf o’quv dasturlari ham jiddiy isloh qilinishi lozim.

Amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan integrasiya darajasi ayni bir o’quv fani mazmunida chuqur, har tomonlama aloqadan boshlanib, fanlararo bog’lanish, uyg’unlashish darajasida ta’minlanishi lozim.

Ona tili va O’qish o’quv fanlari mazmunida umumiy komponentlar nuqt o’stirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, axloq va nafosat, muloqot madaniyati me’yorlarini, tabiat, jamiyatga oid tushunchalarni matnlar, she’rlar, maqollar, mashqlar, hikoyalar orqali yetkazish nazarda tutilganda «Odobnoma», «Atrofimizdagi olam», «Iqtisodiy bilim asoslari», «Konstitusiya saboqlari» kabi darslik va o’quv qo’llanmalarga ehtiyoj qolmaydi.

5-9 sinflarda ham «Ona tili», «Adabiyot», «Tarix», «Davlat va huquq asoslari» kai o’quv fanlari mazmuniga Vatan tuyg’usi, Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, Konstitusiya saboqlari, Hadis ilmis saboqlari kabilarni uyg’unlashtirish ta’limni opitmallashtirish nuqtai nazaridan samaralidir. 5-9-sinflarda o’quv fanlarini integrasiyalash natijasida o’quv rejasiga quyidagi ijtimoiy gumanitar fanlarni kiritish mumkin: «Ona tili», «Adabiyot», «Tarix», «Davlat va huquq asoslari». Aniq fanlar: «Matematika», «Informatika». Tabiiy fanlar: «Fizika», «Kimyo», «Biologiya», «Geografiya» va h.k. Bunda birinchi navbatda o’quv materiallarining mazmun jihatdan boy va ko’p tarmoqli bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bunday maqsadga erishish uchun:

1) ta’lim mazmunida o’quv fanlarini integrasiyalashning ilmiy, pedagogik asoslarini ishlab chiqish;

2) ta’lim jarayonini liberallashtirish talablaridan kelib chiqqan holda o’quv rejasini takomillashtirish;

3) integral mazmundagi o’quv dasturlari va darsliklarining yangi avlodini yaratish;

4) ta’lim mazmuni integrasiyasini ishlab chiqish va qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Integrasiyaning u yoki bu darajasini ta’lim jarayonida qo’llash natijasida o’quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari kengayadi. Ota-onalarning hamda davlatning o’qitish jarayoniga sarflaydigan mablag’ini iqtisod qilish imkoniyati vujudga keladi, o’quv rejalarini ilmiy tadqiqot natijalariga tayangan holda qayta ko’rib chiqish, takomillashtirish uchun qulay shart-sharoit tug’iladi. Mavzulararo integrasiya asosida o’quv-bilish jarayoni natijalarini istiqbolli qilish mexanizmlari yaratiladi. Integrasiyalashtirilgan ta’lim jarayonini boshqaradigan o’qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishni yo’lga qo’yish uchun huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi. Integral dasturlar asosida o’quv-bilish jarayonining iqtisodiy jihatdan samaradorlik darajasi aniqlanadi. Shuningdek, o’quv-bilish jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun qulay imkoniyat tug’iladi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling