Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet138/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Mehnat gigienasi-ishlab chiqarish muhitida bo'ladigan zararli omillarning ishchilar organizmiga ta'sir etish hususiyatlarini o'rganib, uning asosida ishchilar o'rtasida kuzatiladigan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va hayotga tadbiqqiladi
Bolalar va o'smirlar gigienasi-o'suvchi organizmga atrof muhitda bor bo'lgan turli omillarning ta'sirini o'rganish va olingan ma'lumotlar asosida bolalar va o'smirlar organizmiga moslashtirilgan holda ilmiy asoslangan gigienik normativlarni, tavsiyalarni ishlab chiqish va shunga muvofiqsog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqib hayotga tadbiqqiladi
Kommunal gigiena- Gigienaning bir bo'limi bo'lib, insonga tabiiy va antropogen omillar ta'sirini o'rganadi va shular asosida gigienik me'erlarni va sanitariya qoidalarini ishlab chiqadi.
Radiacion gigiena- Gigienaning bir bo'limi bo'lib, ionlantiruvchi nurlarning inson organizmiga ta'sirini o'rganadi va gigienik me'erlarni profilaktika choralarini ishlab chiqadi
Akseleraciya- Jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarining oldingi avlod bolalaridagi rivojlanish ko'rsatkichlariga qaraganda tezlashishi
Sog’lom turmush tarzi-atrof muhitda bor bo'lgan barcha omillarning organizmga ta'sir etish mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish, va ana shu omillardan o'zining salomatligi uchun foyda keltiradigan tomonlaridan samarali foydalana olishi
Kasallanish- aholi orasida yoki uning ayrim guruhlari ichida tarqalgan kasalliklar.
ILOVALAR
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - inson organizmiga ta’sir etuvchi atrof muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, o‘qish, mehnat qilish, davolanish sharoitlariga, ovqatlanish tartibiga, suv ta’minotiga doir gigienik masalalarini ishlab chiqadi. Bo‘lajak vrach gigienist, epidemiolog dastlabki gigienaga doir bilimlariga asoslangan holda aholi o‘rtasida sanitar bilimdonlikni oshirish bo‘yicha hal qilinadigan tadbirlarni bajarishga, atrof muhit omillarini inobatga olib aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga doir tushunchalarni shakllantirishga yo‘naltiradi, kasalliklarni oldini olishda profilaktika tadbirlarni tashkillashtirishi uchun mutaxassislik (ovqatlanish gigienasi, bolalar va o‘smirlar gigienasi, epidemiologiya, mehnat gigienasi, harbiy gigiena, radiatsion gigiena va kommunal gigiena, mikrobiologiya) fanlariga zamin yaratadi. Modul talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fanning vazifasi- talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi:
-fan va gigienaning asoslari bilan tanishtirish;
- gigienaning har bir bo‘limini asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish;
-eng dolzarb gigienik va ekologik muammolar bilan tanishtirish;
-gigienik tekshirish usullari bilan tanishtirish asoslari.
-odam organizmi va atrof muhit bilan o‘zaro ta’sirlanish asoslari, gigienik me’yorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari bilan tanishtirish, inson organizmiga atrof muhit omillari salbiy ta’sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
Tibbiy-biologik, ishlab chiqarish omillari va ekologik omillarning zararli ta’sirini bartaraf qilish maqsadida zaruriy gigienik me’yorlar, qoidalarni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish; talabaning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan standartga mos amaliy ko‘nikmalarni assistent-talaba, talaba-fantom uslubida avtomatizm 3 darajasiga etkazish. Kasbga bog‘liq nogironlikni oldini olish va kamaytirish hamda ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ta’sirini kamaytirish bo‘yicha sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ko‘nikmalarini amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
II. Asosiy nazariy qism
II.I. Fan tarkubiga quyidagi mavzular kiradi:

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling