Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Mavzu: DSENM o’quv moduli ish faoliyati asosida DSENM tuzilishi bilan tanishish. DSENM sanitariya-gigiena bo’limi faoliyati haqida tushuncha


Download 3.23 Mb.
bet57/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Mavzu: DSENM o’quv moduli ish faoliyati asosida DSENM tuzilishi bilan tanishish. DSENM sanitariya-gigiena bo’limi faoliyati haqida tushuncha.

Davlat sanitariya nazorati bu sanitariya qonunlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qo’yishga qaratilgan sanitariya epidemiologiya hizmatining faoliyatidir.


Davlat sanitariya nazorati O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli sanitariya epidemiologik hizmat muassalari va idoralari tamonidan amalga oshiriladi . Uning vazifa va mazmunlari O'zbekiston Respublikasining qonstutciyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Fuqoralarni himoya qilishto’g’risidagiAholini sanitar epidemiologik osoyishtaligini saqlashto’g’risidagi qonun ,qaror vaboshqa hujjatlarni, O'zbekiston Respublikasi Prizidenti farmonlari , Vazirlar Mahkamasining qaror va qo’llanmalari,Sog’liqni Saqlash Vazirligining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
O'zbekiston Sog’liqni Saqlash Vazirligining 1999 yil 20 yanvardagi 20 sonli va 1999 yil 2 dekabrdagi 710 -sonli buyruhlari bilan sanitar epidemiologik hizmatlarning tuzilishi belgilangan shuningdek sanitar-epidemiologik hizmat muassasalari tizimiga kiruvchi Davlat sanitar epidemiologik nazorat Deportamenti , Davlat sanitar - epidemiologik nazorat markazlari OITS markazi; Salomatlik markazlari va b. to’g’risidagi Nizomlar tasdiqlangan davlat sanitariya epidemiologik hizmati Vazir movini -Bosh Davlat sanitariya vrachi boshkaradi.Uning ostida O'zbekiston Sog’liqniSog’liqni Saqlash Vazirligi sanitariya epidemiologik nazorati Deportamenti turadi . Uning tizimiga sanitariya - gigiena va epidemiologiya bo'limlari hamda Davlat sanitariya epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari DSENM respublika DSENMI, viloyat va Toshkent shahar DSENMlar tumanlaridagi DSENMlari kiradi.
Deportamentning nizomida quyidagilar belgilangan;
- Deportamentning funkciyasi va vazifalari ;
- Deportamentdagi mansabdor shahslarning huquqlari;
- Deportamentni boshqarish va boshliqning huquqlari .
DSENM -idoralar, korhanalar, muassalar, tashkilotlar , birlashmalar qaysi idoraga bo'y sunishidan va mulkchilikning shaklidan katьiy nazar alohida shahslarning sanitariya meьyorlari, qoidalari va gigiena meyorlariga rioya etishlar ustudan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi. DSENM davlat tasarrufidan chikarilmaydi hususiylashtirilmaydi.
DSENM boshkarish darajasiga karab 3 darajaga bo'linadi ; O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi (3 daraja); Qoraqolpoqiston Respublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi; viloyatlar DSENM ga (2 daraja) , shahar (tumanlarga bo'linmagan) DSENMlarga va tuman DSENMlriga (1daraja ) bo'linadi.20
Ma'muriy munosabati bo'yicha DSENM darajasiga qarab bo'y sunadi; vazirlar kengashiga, hokimiyatga (shahar,viloyat, tuman) va ularga qarashli sog’liqni saqlash idoralarga, vazifa bo'yicha o'zidan yuqori turuvchi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga bo'ysunadi.21
DSENM Bosh vrachi tasdiqlangan smeta doirasida kriditlarni boshqarishda va sanitariya epidemiologik stanciyasi hodimlarni ishga yollash va vazifasidan ozod etish huquqidan foydalaniladi . DSENMlar boshqarish darajasiga qarab maarkazlashgan holda, byudjetdan alohida poragraflar orqali mablah bilan taminlaniladi, hamda o'zlarining harajatlar smetasiga, banklarda hisob rahamlari va hizmat yozishmalari uchun blankalarga ega. Byudjetdan tashqariqo’shimcha mablag' bilan ta'minlash manbalari bor, yaьni shartnoma asosida pullik hizmat, o'z ihtiyori bilan to'langan badallar , epidfond, ma'muriy shtraflar va boshqalar.
DSENM umumiy tuzilishi va shtat normativlari O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligining buyruhi bilan tasdiqlanadi.22
3 va 2 darajali DSENM qoshida sanitariya epidemiologiya hizmatini rivojlantirishni , boshqarilishini ,uning material - tehnik bazasini va mablah bilan taminlashni yahshilash mahsadida Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish ko'ruvchi sanitariya epidemiologiya kengashi tashkil qilinadi.
DSENM ning boshqarish darajasiga va tuzilishiga qarab aloqa vositalariga, avtotransportlarga, mahsus asbob uskunalar va apparaturaga, epidemiyani oldini olishga mo'ljallangan amaldagi meyorlar va ta'minlash ro'yhatiga asosan kerakli vositalarga ega bo'lishi shart. DSENM tibbiyot institutlarining, vrachlar malaka oshirish institutlarining o’quv bazasi hisobida qo’llanilishi, hamda tibbiyot institutlari talabalari va tibbiyot bilim yurti o’quvchilari uchun amaliy tajriba bazasi bo'lishi mumkin.
DSENM o'zining boshqarish darajasiga qarab quyidagi asosiy vazifalar va ishlarni bajaradi.23
-idoralar, korhonalar, muassasalar, tashkilotlar qaysi idoraga bo'ysunishidan qat'iy nazar sanitariya me'yorlari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya etishlar ustidan ogohlantirish va joriy davlat sanitariya nazoratini o'tkazish;
-sanitariya gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni, ya'ni mehnatkashlarni mehnat, turmush dam olish sharoitlarini, sog’lomlashtirishni, aholini gigienik o’qitishni, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni kamaytirishda atrof muhit omillarini inson salomatligiga ta'sirini o'rganish, aholi orasida immunoprofilaktika taktikasini aniqlash, halq iste'mol mollarini, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini inson salomatligiga havfsizligi haqida shahodatnoma berish;
-yertanlashda, loyihalashda, qurilish va ob'ektlarni qayta qurish ustidan ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini olib borish;
-oziq-ovqatmahsulotlar, hom ash, kimyoviy,maishiy, polimer materiallar, asboblar va uy ro’zg’or, sanitariya tehnikasi uskunalari va boshqalar ustidan ogohlantiruvchi nazoratni o'tkazish;
-ob'ektlarda joriy snitariya nazoratini, mavzuiy, rejali, kompleks holda o'tkazish.
Yashash, ovqatlanish,mehnat qilish, dam olish, tarbiyalash, o’qitish, sanitariya sharoitini baholashda tekshirish qoidasiga binoan laboratoriya o'lchagichlar yordamida o'tkazilishi belgilangan.
YUQorida qayd qilingan ishlardan tashqari tumanlar va shaharlar DSENMlar quyidagi vazifalarni bajaradi.
-AHoli sanitariya epidemiologiya hotirjamligini ta'minlashda mahalliy davlat boshqarish idoralari, huquqiy himoyaqilish, tabiatni muhofazaqilish, nazorat qilish idoralari va jamoat birlashmalari bilan birga ish olib boradilar;
-Atrof muhit, ish sharoiti, dam olish sharoitini sog’lomlashtirish, aholi orasida kasallanishni oldini olish va kamaytirishda, hududlarni karantin va inson uchun havfli bo'lgan infekciyalarni olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini ishlb chiqish;
-Nazorat ostidagi ob'ektlarni sanitariya holatini yahshilash uchun reja topshiriqlar ishlab chiqadilar va o'tkazilyotgan tadbirlarni samaradorligini tahlil qiladilar;
-Odamlarni yashash va ishlash sharoitlariga yomon ta'sir qiluvchi, atrof muhitni zaharlovchi, kimyoviy, biologik va fizik manbaalarni aniqlash;
-Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlarini o'tkazishni va uni ko'rib chiqish bo'yicha takliflar tayyorlash;
-Sanitariya epidemiologik stanciya ishida yangi tashkiliy shakllar va uslublarni samarali profilaktika vositalari va usullarini ishlab chiqish va amalda qo’llash;
-Nazoratdagi ob'ektlarda laboratoriya tekshiruvlarini asboblar yordamida tekshiruv o'tkazish, korhonalar laboratoriyalariga atrof muhitni ifloslanish nazorati bo'yicha metodik yordam berish;
-qaysi idorga bo'ysunishidan va mulkchilikning shaklidan qat'iy nazar mahsulot ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga sertifikat berishni pullik hizmat asosida o'tkazish;
-Nazorat ostidagi ob'ektlarning mehnatkashlari va aholi orasida ilmiy, gigienik bilimlarni targ’ibot qilishda qatnashish;%
-Ariza, hat, shikoyatlarni o'z kompetenciya doirasida ko'rib chiqish;
Viloyatlar,Toshkent shahri va Qoraqolpoqiston DSENM vazifalari va majburiyatlariga asosan tashkiliy va uslubiy ishlar, atrof muhitni sog’lomlashtirishga,yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni oldini olish va kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazishda shahar va tuman sanitariya epidemiologik stanciyalariga tashkiliy, uslubiy va amaliy yordam ko'rsatish, shuningdek, mudofaa, ilmiy ishlar vazirliklarining, milliy havfsizlik hizmatining temir yo'l va boshqa idoralarining sanitariya va epidemiologiya hizmatiga uslubiy rahbarlik, yo'l yo'riq ko'rsatish va ularning ish faoliyati nazoratini ta'minlaydilar.
DSENM quyidagi asosiy ish usullarini qo’llaydi:
-nazorat qilinayotgan ob'ektni sanitariya holatini yozish usuli;
-laboratoriya va asboblar bilan tekshirish usuli
-ogohlantirish va joriy sanitariya nazorati, atrof muhit omillarining inson organizmiga ta'siri…h.k statistik usul.
Tekshirish natijalari tekshiruv dalolatnomasi (259h/f) ko'rinishida, sanitar qoidalarini buzganligi to’g’risidagi bayonnoma (253h/f), jarima solishqarori (254h/f) yoki to'htatish va ruhsat etmaslik to’g’risidagi qaror (251h/f)
Tekshirilayotgan obьektning sanitariya holati qoniqarsiz bo'lsa (dalolatnomada bu buzilishlar ko'rsatiladi) muddatlari ko'rsatilgan holda kerakli tadbirlar o'tkazish talab qilinadi. Bu talablar bajarilmagan holda DSENM Bosh Davlat sanitariya vrachi (yoki o'rinbosari) “Sanitar qonun, sanitar me'yor, qoida va gigienik me'yorlarni buzganligi to’g’risidagi ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi instrukciya” )O'zbekiston Respublikasi Bosh sanitariya vrachi tomonidan 19967 yil 20 aprelda tasdiqlangan) ga asosan kerakli tadbiriy choralar ko'radi.Bu instrukciya O'zbekiston Respublikasi qonuni, Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi qonun, ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks 22.09.1994 yil 2016-HP, O'zbekiston Resp. Jinoiy kodeksi 22.09.1994 yil 2012-XII, O'zbekiston Resp. jinoiy processual kodeksi 22.09.1994 yil 2013-XII ga asosan ishlab chiqilgan. Ta'sir ko'rsatuvchi choralarga kiradi: ma'muriy choralar, jarima solish, to'htatish (ob'ekt qurilishi yoki ekspluataciyasi, uskunalar, hom ashyoning qo’llanilishini ta’qiqlash) yoki jinoiy javobgarlikka tortish.
Ma'muriy qonunbuzarlik va jarima solish huquqiga DSENM tomonidan quyidagi shahslar ega:
-O'zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi
- Davlat sanitariya nazorati departament boshliqi , DSENM ning bosh vrachlari va ularning turli hil boshqarma muovinlari.
Bosh Davlat sanitariya vrchlari va ularning muovinlari , sanitariya epidemiologik hizmatga javobgar shahslari jinoyat processual kodeksi va O'zbekiston Respublikasi jinoyi kodeksiga asosan aybdor shahslarni ishini jinoiy javobgarlikka tortish uchun berib yuborish huquqiga ega.
Aybdor shahslar tomonidan jarima , jarima to'lash to’g’risidagi qaror chiqqandan so'ng 15 kundan kech bo'lmagan vaqtda to'lash kerak.
Sanitar qonun , sanitar me'yor , qoida va gigienik me'yorlar buzilib to’g’ridan -to’g’ri kishilar hayoti va sog’liqiga zarar tekkanda yoki kasallikni kelib chiqishi yuz berganda , Bosh Davlat sanitariya vrachi yoki muovini shu ob'ektning qurilishini , (rekonstrukciyasini ) , faoliyat ko'rsatayotgan har turdagi tashkilot va korhonalarning ish faoliyatini , uskunalar, jihozlar , kimyoviy birikmalar va boshqamahsulotlarni ishlab chiqarishni to'htatish to’g’risida qaror chiqaradi.24
Bosh Davlat sanitariya vrachlari va ularning muovinlari , sanitariya epidemiologik hizmatning javobgar shahslari jinoiy processual kodeksi va O'zbekiston Respublikasi jinoiy kodeksiga asosan atrof , muhit va tabiatdan foydalanish me'yor va talablarni buzganligi , sanitar qonunchilikni buzganligi natijasida jamiyat havfsizligiga havf solganda (shu bilan birga radiacion havfsizlik ), shuningdek radiacion , kimyoviy , bakteriologik holda aholi salomatligiga va hayotiga havf soluvchi atrof muhit ifloslanishi yoki o'lim holatlari kelib chiqqanda , ommaviy ravishda kishilarning kasallanishi yoki oqirholatlar kuzatilib bu ma'lumotlarni berkitganda yoki buzib ko'rsatgan shahslar ishini jinoiy javobgarlikka tortish uchun berib yuborish huquqiga ega. DSENM hodimlari huquqlari O'zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi qonunning 22,27,30 moddalarida ko'rsatilgan.27-moddada belgilangan va shu moddaning”J” va “G” punktlari sanitariya vrachlariga , epidemiologlariga ,muhandislariga ,sanitariya vrachlari va epidemiologlar yordamchilariga hamtaaluqli.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling