Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet59/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Internet saytlari:
1.www.minzdrav.uz;
2. www.tma. uz
3. www. Ziyonet;
4. www.hygiene.uz;
5. www.radiation.uz;
6. https://www.iaea.org/ (International Atomic Energy Agency)
7. www.radiation-and-risk.com.
8. www.uran.pro
2-Mavzu: Gigienada qo’llanadigan usullar haqida tushuncha. Sanitar tekshiruv usullari va
ularning ahamiyati.
Hayot jarayonida odam organizmi tashqimuhitni beto'htov almashinib turadigan juda ko'p omillari ta'siriga duch keladi., bu omillarning odatdagi holati kasallik paydo qilmaydi, chunki inson vujudi asab va gumoral boshqarish vositasida tashqimuhitga doimo moslashib boradi, organizm bilan tashqimuhit o'rtasida doimiy muvozanat saqlanib, bu holat yashash va sog’liqning zarur sharti hisoblanadi.
Tashqimuhit omillari inson sog’ligi, muhofaza kuchlari va ish qobiliyatiga ijobiy ta'sir etishi mumkin.Chunonchi, asta sekinlik bilan sovuqqa o'rganish natijasida odam shamollamaydigan bo'lib qoladi. Biroq, tashqimuhit omillarining ta'siri kasallik sababchisi ham bo'lishi mumkin. Odam tashqimuhitning kuchi va holatiga ko'ra odatdan tashqari omillari ta'siriga duch kelgandagina kasallik kelib chiqadi, chunki bunday paytda organizm bilan muhit o'rtasidagi muvozanat buzilgan bo'ladi.
Bizni o'rab turgan muhit tabiiy, ijtimoiy siyosiy, kundalik turmush ehtiyojlarining doimiy harakatdagi majmuasidan iborat bo'lib, juda murakkabdir, shuning uchun ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning sog’liqqa ta'sirini o'rganishda metodologik nuqtai nazardan aniqlik talab qilinadi. Muhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziqovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar yoki birikmalar va ularga aralashib qolgan moddalar kiradi. havo va birikmalar odamning me'yordagi hayot faoliyati va sog’ligi uchun zarurdir. Biroq, ular kasallik sababchisi ham bo'lishi mumkin.25
Havoning harorati, namligi va harakati,atmosfera bosimi, quyosh radiaciyasi, shovqin, tebranish, ionlashtiruvchi nurlar, elektromagnit, issiqlik, akustik, gravitacion va boshqa hil energiya ko'rinishlari fizik omillar hisoblanadi.
Biologik omillarga patogen, mikroblar, viruslar va eng sodda jonivorlar, gijjalar, makro va mikroskopik zamburug’lar va boshqalarni kiritish mumkin. Ular nafas va ovqathazmqilish yo'llari yoki teri orqali organizmga kirib olib, yuqumli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ba'zi mikrorganizmlar oziqovqatmahsulotlarini aynitib, ovqatdan zaharlanish va boshqa kasalliklarga olib keladi. Odam jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar: so'z, nutq, maktub, o'zaro munosabat va boshqalar ham ta'sir etadi. himoya kuchlari va imkoniyatlari kamayib ketgan organizm kasallikni tez qabul qiladi. Shuning uchun hamiqtisodiy qoloq mamlakatlar aholisi kasallik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Sanoat korhonalari, turar joylar, umumiy ovqatlanish muassasalari va hokozolarda amaliy sanitariya tadbirlari hamda ilmiy tadqiqotlarda gigienik tekshirishning turli usullaridan keng foydalaniladi.26
Ob'ektni sanitar tavsiflash usuli gigiena fanida qo’llanilgan eng birinchi usullar qatoriga kirsa ham, hozirgi kungacha o'z mohiyatini yo’qotgani yo’q, va bugungi kunda ham sanitariya vrachlarining amaliy faoliyatida qo’llanadigan va ilmiy tekshirish ishlaridagi asosiy usullardan biri bo'lib qolmoqda.
Umumiy gigiena fani bo'yicha amaliy mashg’ulotlarda atrof muhitdagi tabiiy va sun'iy ravishda bor bo'lgan turli ko'rinishdagi va turdagi omillarni tekshirish usullari bilan tanishtiriladi va va bu omillarning organizmga salbiy ta'sirlarini oldini olish mahsadida profilaktik tadbirlarni ishlab chiqishni asoslaydi. Shunga muvofiqholda gigiena amaliyotidagi barcha usullarni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin:27
1.Tashqimuhitdagi turli-tuman omillarning ta'sir etish yo'llarini o'rganuvchi usullar:
a. Sanitar kuzatish va tavsifiy usul
b. Laborator va instrumental usul
2. Tashqimuhit omillarining inson organizmiga ta'sirini ko'rsatuvchi va baholash usullari:28
a. Eksperimental usul - bu usul yordamida laboratoriya sharoitida atrof muhit ob'ektlarida uchraydigan nomuvofiq ta'sir ko'rsatuvchi omillar va sharoitlarni sun'iy ravishda yaratiladi va ularni laboratoriya hayvonlari organizmiga ta'sir etish yo'llari va mehanizmlarini o'rganishda qo’llanadi.
b.Fiziologik kuzatuv usuli -tashqimuhitda kuzatiladigan nomuvofiq omillar va sharoitlar ta'sirida organizmda sodir bo'ladigan fiziologik siljishlar aniqlanadi va atrof muhit ob'ektidagi omillarga sanitar nuqtai-nazardan baho beriladi.
v.Klinik kuzatuv usuli - tashqimuhit omillari ta'sirida organizmda yuzaga kelgan patologik o'zgarishlarni klinika sharoitida aniqlashga imkon beradi
g.Sanitar statistika usuli - tashqimuhit omillarining umumiy aholi yoki aholining ayrim guruhi (mas., bolalar, ma'lum bir seh ishchilari) organizmiga ta'sir etishini, hamda taklif etilgan va belgilangan tadbir - choralarni amaliyotga joriy etitirilishi natijalarini sinash orqali (mas., korhonadagi kasallanish darajasining kamayishi, bolalar kontingenti o'rtasida jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarining yahshilanishi) aniqlashga imkon beradi.
Sanitar tavsifiy usul gigienik tekshirishlar ichida eng qadimgi usul hisoblanadi. Usulning ustunligi shundan iborat-ki, u bajarilishi bo'yicha oddiy va hammabopdir. hattoki, bugungi kunda eng murakkab instrumental usullardan foydalanish asrida ham sanitar tavsifiy usul gigienik tekshirishlar hazinasida o'zining munosib o'rniga ega.
Sanitar tavsifiy usulning vazifasi shundan iborat-ki, bunda atrof muhitdagi u yoki bu ob'ektning tashqibelgilariga qarab uning sanitar holatini baholashdan iboratdir. Sanitar tavsifiy usulning o'ziga hos hususiyatlariga tayanib, tashqimuhitning u yoki bu omilini odam organizmiga zararli ta'sirini ro'yobga chiqarish mumkin.
Sanitar tavsifiy tekshirishlardan yakka holdagi ob'ektlar (suv havzasi, turar-joy binosi va b.q.), hamda o'z tarkibida turli vazifalarni bajarishga mo'ljallangan ob'ektlar majmuasi (aholi yashash punkti, sanoat korhonalari va b.q) ni o'tkazish mumkin.
Sanitar tavsifiy usul ob'ektni sanitar tekshirishdan o'tkazishning birinchi qismi hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa, ko'p qirrali va murakkab instrumental tekshirish usullari, o'rganilayotgan ob'ektda bor bo'lgan zararli omillarga nisbatan odam organizmining javob ta'sirlanishlarini tekshirish kabilar aniqlanishi mumkin.
Ana shunday kompleks gigienik tekshirish natijalari asosida turli tabiatga ega bo'lgan gigienik tavsiyanomalar majmuasi ishlab chiqiladi.
Atrof muhitdagi u yoki bu omilning odam organizmiga ta'sirini o'rganishda ishchilar jamoasi yoki aholini ommaviy tekshirishlardan o'tkazish talab etilib, bunda anketa-so'rov usullarini qo’llash lozim bo'ladi. Bunday tekshirish natijasida o'rganilayotgan omilning organizmga umumiy ta'sir etish qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratiladi.29
Ob'ektni sanitar tavsiflashda ko'pincha o'rganilayotgan ob'ektdagi zararli omil bilan aloqada bo'lgan shahslarning shikoyatlari ham inobatga olinadi va olingan sub'ektiv ma'lumotlar ma'lum darajada tekshirishlarda instrumental va klinik tekshirishlarning o'tkazilishiga asos bo'ladi.
Sanitar tavsifiy usulni atrof muhitdagi barcha ob'ektlar, hamda aholining turmush va mehnat sharoitlarini baholashda keng ko'lamda qo’llash mumkin. Bunday ob'ektlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: suv manbalari, havomuhiti, tuproq, oziq-ovqatmahsulotlari, turar-joylar, aholining mehnat va dam olish joylari, kasalhona va maktab muassasalari va boshqalar.30
Geografik joylarni sanitariya nuqtai-nazaridan mahsadli o'rganishda joyning sanitar-topografik joylashishini o'rganish muhimdir: joyning relefi (balandlik, pastlik, botqoqlik kabi), atmosfera yog’inlarining oqib ketish sharoitlari, tekshirilayotgan joyning dunyo tomonlariga nisbatan orientaciyasi, ob'ektning hukmron shamol yo'nalishiga nisbatan joylashganligi, tabiiy yoritilish sharoitlari, joydagi yashil o'simliklarning tabiati va turlari, ularning qalinligi. Joyni sanitar tekshirishdan o'tkazganda shu joyni ifloslovchi manbalar - ahlat tashlash joylari, chiqindi tashlash o'ralari, fermalarni aloqida tavsiflash talab etiladi, chunki bu ob'ektlar joyni organiq moddalar bilan ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Atmosfera havosining ifloslanishi, shovqin tarqatuvchi manbalarni tavsiflashda, yirik magistral yo'llar, sanoat korhonalari, temir yo'llarni baholash zarur hisoblanib, bunda chiqarilayotgan iflosliklarning tarqalish tabiati o'rganiladi.
Suv manbalarini tekshirishdan o'tkazganda joyning geologik tabiati_ tuproq turi, uning namligi, er osti suvlarining joylashish sathini baholash ahamiyatga egadir. Gigiena nuqtai-nazaridan er osti suv manbalarining joylashish sathi er sathiga nisbatan 1,5m chuqurlikdan yuqori bo'lmasligi kerak, aks holda binolarning fundamenti, podvallarda namlik yuqori bo'ladi, shu bilan bir qatorda yer osti suv manbalarining chiqindi suvlar tarkibida bo'ladigan iflosliklar bilan zararlanishiga imkoniyat yaratiladi.
Sanitar tavsifiy usuldan aholi yashash punktlarini tekshirishdan o'tkazishda foydalanilganda quyidagi hususiyatlarga asosiy e'tibor qaratish lozim bo'ladi: mavzedagi uylarning qurilish turi, binolar orasidagi masofa, uylarning havatlari, uylarda bolhonalar, ayvon va balkonlarning borligi, qo’shimchaqurilgan qurilmalarning mavjudligi. Binoga gigienik ta'rif berilganda - honalarning havatlar bo'ylab joylashtirilishi, ularning kattaligi, yordamchi honalarning mavjudligi, shamollatish sharoitlari, tabiiy yoritilishi, binoning sanitar obodonlashtirilganligi - isitilish tizimi, sun'iy shamollatish tizimi, suv ta'minoti, chiqindilarni uzoqlashtirish.
Shu bilan birga honalarning tozaligi, tozalanish muddatlari, honalarda hashoratlar va kemiruvchi hayvonlarning bor-yo’qligi tavsiflanadi. Agar yashash binolari bo'lsa, 1 odamga nisbatan to’g’ri keladigan er maydoni, havo kubaturasi yoritiladi. Tekshirishda albatta yashaydigan aholining shikoyatlari bayon etilishi lozim, chunki shikoyatlar asosida aholining umumiy kasallanish darajasi (shamollash kasalliklari, yuqumli va oshqozon-ichak kasalliklari) ni aniqlashga imkoniyat tug'iladi.
Kasalhonalar, maktablar, sanoat korhonalari va boshqa mahsus vazifalarga ega bo'ladigan ob'ektlarni sanitar tekshirishlardan o'tkazganda yuqoridagilarga qo’shimcha tarzda birќancha lahzalar yoritilishi kerak. Mas., sanoat korhonasini gigienik tekshirishdan o'tkazganda ishchi havosi muhitiga chiqarilishi mumkin bo'lgan zaharli kimyoviy moddalar, chang zarrachalari, ularning vaqt birligi ichida tarqalish hususiyatlari, ishchilar organizmiga zararli ta'sirini o'rganish uchun korhonaning tehnologik jarayonini tavsiflash katta ahamiyatga egadir.
Davolash-profilaktika muassasalarini tekshirganda bemorlarni sifatli davolash uchun yaratiladigan hamma sharoitlar, kasalhona ichi infekciyalarini tarqalmasligi oldini olish va tibbiy hodimlar uchun mehnat sharoitlarining yaratilganligiga doir qator hususiyatlar o'rganilishi kerak.
Amaliyotda sanitar tekshirishlarini o'tkazganda mahsus so'rov kartalaridan foydalanish mahsadga muvofiqdir, bunda beriladigan savollarga qisqa "Ha" yoki "yo’q" kabi javoblardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tekshirishni bajarishdan oldin tekshiruvchi vrach tekshirish shemasini tuzib chiqadi va shunga asosan tekshirishni amalga oshiradi.
Misol tariqasida turar-joy yoki talabalar yotoqhonasini sanitar tavsiflashning karta shemasini keltiramiz.31
1.Manzilgohi. qaysi muassasa qaramohida turadi.
2.Yashaydiganlar kontingenti (miqdori, oilalilar soni, yakka turuvchilar soni, shu jumladan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar).
3.Yer uchastkasi. Maydoni………………, ko'kalamzorlashtiriliganlik holati………….., er uchastkasining kattaligi, shamollatilish sharoiti……….. (yahshi, yomon);
hovli yuzasi qisht yoki beton bilan qoplanganmi - (ha, yo’q); doimo toza - (ha, yo’q);
atmosfera havosini ifloslovchi korhonalar bormiq ______________________;
Yirik shosse va temir yo'llarining yahinligi ___________________________;
Chiqindi tashlash maydonlari, chuqurlarining yahinligi ___________________;
4.Yotoqhona nechta binoni egallagan …………………………………., havatlari……………………….;
Bino: qishtli, betondan, yog’ochdan qurilgan (tagiga chizing), suvalganmiq
Binoning qurilgan yili ……………..; Binoning ichki rejasi: kvartira, mehmonhona turqumida (tagiga chizing);
Asosiy honalarning ro'yqati ……………………………………….;
Honaning ichki pardozi: devor bo'yalgan, moyli bo'yog’ bilan qoplangan, qog’oz yopishtirilgan, plastika bilan qoplangan (tagiga chizing). Poli: parketli, beton, plastika (tagiga chizing);
Binoning tozaligi……………. Tozalanishi: muntazam, muntazam emas;
Asosiy honalarning kattaligi………………………(kv.m.);
Pol maydoni va 1 odamga qancha kubatura……………………… (m. kub);
Isitilishi: markazlashgan, mahalliy, panelli ………….(isitilgan suv, bug’).
Radiatorlarning tashqi yuzasi: silliq, qovurg’asimon; ularning joylashtirilishi - deraza ostida, mahsus joylarda (tagiga chizing);
SHamollatilishi: Tabiiy: deraza tuynugi, framuga (tagiga chizing);
honaning elvizak tarzida shamollatilishi - mumkin, yo’q.
Sun'iy: havo berish, havoni chiqarish orqali (pritochnaya, vo`tyajnaya- tagiga chizing); shamollatgich shovqin beradi, shovqinsiz, titraydi (tagiga chizing);
Markazlashtirilgan havo olmoshtirish- ha ,yo’q; SHamollatish uskunalarining joylashgan o'rni …………………………………;
Tabiiy yoritilishi:
derazalar soni, ularning joylashishi ……………………………………;
deraza tokchalari - bor, yo’q; uning poldan balandligi ………………;
deraza oynalarining ifloslanish darajasi - ko'rinarli, sezilmaydi;
yoruhlikning yondosh binolar bilan to'silishi, soya solishi……….ha, yo’q;
oynaning qaysi qismidan osmon gumbazi ko'zga tashlanadi …………………….;
quyoshning to’g’ri nuri bilan yortilishi……………….mumkin, yo’q;
Sun'iy yoritilishi: elektr quvvati bilan………………….
lampa turi ………………., cho’g’lanuvchi, lyunminiscentli, ularning soni……;
yoritilish tizimi: mahalliy, umumiy, aralashgan (tagiga chizing);
joylashtirilishi, osilish balandligi………..(m), lampalarning
quvvati…….(Vt);
Yoritilishi bir tekis, bir tekis emas, etarli, yo’q;
Suv ta'minoti: markazlashgan, mahalliy;
Kanalizaciya:- ……………….., bor, yo’q;
Hojathona binoning ichida joylashgan, tashqarisida, issiq, sovuq;
AHlat o'ralari: suv o'tkazmaydigan, shimilib ketadigan (tagiga chizing);
Yordamchi honalarning borligi (qanday) …………………;
qanday uy hayvonlari bor, yo’q, (qandayhayvon) ko'rsating …………………………;
Honalarda hashoratlar - bor, yo’q, qanday? …………………..
Kalamush, sichqon, suvarak va h.k. ……………………..bor, yo’q;
Turar-joy honalari nammiq Uning sabablari ………………………………;
Shovqin-bor, yo’q………….;
Yashovchilarning shikoyatlari ………………………………………………
……………………………………………………………………………………….;
qo’shimcha ma'lumotlar ……………………………………………..;
Ob'ektning sanitar holati haqida umumiy hulosa ……………………….;

Sanitar tasiflash tugagandan so'ng (vaziyatga qarab instrumental va laboratoriya usullarini qo’llab), ob'ektning sanitar tekshirishdan o'tkazilganligi haqidagi bayonnoma (f.251 h/sh) tuziladi va u o'z tarkibiga quyidagilarni oladi;


-pasport qismi (ob'ektning nomi, joylashgan o'rni, tekshirish sanasi),
-kim tomonidan tekshirildi va kimlar ishtirok etdi;
-konstataciya qismi -yuqoridagi shemaga muvofiq ob'ektni tavsiflash;
-hulosa qismi - ob'ektning gigienik talablarga muvofiqligi haqidagi hulosalar;
-aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha takliflar va ularni bajarilish muddatlari.
BAYONNOMA
Men, Toshkent sh. S.Rahimov tumani DSENM ning sanitar vrachi………………..(F.I.SH.), shu hududda joylashgan 1-chi sonli Mebellar yasash korhonasini korhonaning bosh muhandisi Olimov SH.T ishtirokida sanitariya tekshiruvidan o'tkazdim.
Sanitar tekshiruvi natijasida quyidagilar aniqlandi:……………………………………………..(korhonaning to'liq ta'rifi).
Korhonaning barcha ceh va bo'limlarini kuzatish va tekshirishdan o'tkazish natijasida quyidagi sanitariya meyorlari va qoidalaridan chetlashgan nuqson va kamchiliklar aniqlandi.
1………………………………………………………………………………….
2…………………………………………………………………………………
3…………………………………………………………………………………
4………………………………………………………………………………….
5………………………………………………………………………………….
6…………………………………………………………………………………. ­­ Ko'rsatilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilish uchun quyidagi bajarilish muddatlari belgilandi:
1………………………………
2………………………………
3……………………………… va h.k.
Imzolar: 1……………………………….imzo
2……………………………….imzo

Talabalarning mustaqil ishlashlari uchun vazifa: qarbir talaba o'zining turar-joyini sanitar tekshiruvidan o'tkazadi va tekshirish bayonnomasini tayyorlab keladi.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling