Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Mavzu: Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati. Birlamchi qonuniy hujjatlarni o’rganish


Download 3.23 Mb.
bet62/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Mavzu: Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati. Birlamchi qonuniy hujjatlarni o’rganish.

Ogohlantiruvchi sanitariya nazorat Davlat sanitariya nazoratining eng ahamiyatga molik bo'lgan shaklidir.


OSN bu yangi qurilgan hamda ta'mirlanayotgan va kengaytirilayotgan ob'ektlarni joylashtirishda, loyihalashtirishda, qurishda, ta'mirlashda va ekspluataciyaga qabul qilishda hamda me'yoriy tehnik hujjatlarni ishlab chiqarishda MTH (DavIT, tehnik sharoitlar TSH), hom ashyoni yangi turini, yangi kimyovy birikmlarni, oziqovqatmahsulotlarini, ichimlik suvi, bolalar mebeli, kiyim o'yinchoqi, kitobi, yangi qurilishlari, tehnologik jarayonlar va tehnika ishlab chiqarishga tadbiq etishda amaldagi sanitar gigienik va sanitar epidemiyaga qarshi qoidalar va me'yorlarga rioya qilinishini nazorat qilish mahsadida ilmiy tasdiqlangan gigienik me'yorlar va qonuniy aktlardan iborat bo'lgan, mukammal tadbirlar yiqindisidir OSN savollarini echishda, DSENM organlari, ma'sul qonuniy organlar, vazirliklar tasdiqlangan amaldagi qonunlar, instrukciyalar, metodik va boshqahujjatlarga yondoshadi.32
OSN bo'yicha sanitar shifokorining faoliyati va talablari quyidagilarga asoslangan:
1.Asos bo'luvchi qonuniy hujjatlarga asoslanib.
2.Amaldagi umumdavlat me'yoriy hujjatlarga asoslanib
3.Me'yoriy uslubiy hujjatlarga asoslanib.
Agar shu muammoni echishda meyoriy hujjatlar bo'lmasa hozirgi zamon gigienasi talablariga asosan halqilinadi.
OSN ikki yo'nalishda amalga oshirilib, ularni qar biri bir necha bosqichdan iborat.
1.Yangi qurilayotgan, ta'mirlanayotgan yoki kengaytirilayotgan ob'ektlarni qurishda va loyihalashtirishdagi OSN.
2.Sanoatni qayta qurishdagi, yangi mahsulotlar, oziqovqatmahsulotlari, maishiy kimyo mahsulotlari, polimer materiallar, asboblar va bolalar buyumlari, shahsiy gigiena buyumlari, yangi tehnika va tehnologiyasi ta'minotida ishlab chiqarishdagi OSN.


Joriy sanitariya nazorati (JSN)
JSN DSENM sanitariya vrachi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanib doimiy harakatdagi ob'ektlarning nazoratini amalga oshiradi.
JSN ning asosiy ob'ektlari korhona va muassasalar doimiy va mavsumiy bo'lib, respublika, viloyat,shahar, tumanlarda mahsus organlar hisobida ro'yhatga o'tgan davlat sanitariya nazorati ostidagi hamma obe'ktlar 245h/sh formasi asosida DSENM jurnalida yoritiladi.
JSN ning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:33
-O'zbekiston Respublikasining hamma maydonida joylashgan davlat organlari, korhona muassasalar, ishlab chiqarish birlashmalari, idoraga taalluqlimi yoki hususiy korhona bo'lishiga qaramay sanitriya epidemiologik holatini ta'minlash uchun shu ob'ektlarda davlat sanitriya nazoratini doim olib borish va ularning sanitariya me'yori, davlat organlarining qonun va gigienik normativlariga bo'ysunishini amalga oshirish;
-AHoli salomatligini mustahkamlashda mehnat sharoitlari, turmush, dam olishi, o’qitish jarayonlari, tashqimuhit omillariga bog’liq bo'lgan infekcion, noinfekcion kasalliklarni oldini olish sanitariya epidemiologiya tashkiliy chora tadbirlar ishlab chiqarish va nazorat qilish;
-JSN ning har bir ob'ektlarida (ishlab chiqarish, kommmunal, ovqatlanish, bolalar va o'smirlar va h.) tekshiruvlar olib borishda quyidagilar nazorat qilinadi;
-har bir binoning joylanishi, maydoni, inshootlari honalarining joylanishlari va boshqa amaldagi snitariya me'yorlari, gigienik noramtivlar va qoidalariga bo'ysunishiga atrof muhitni qo'riqlashda profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqarish va bajarilishi DSENM rejasining ishi asosida olib boriladiga va uning aloqida bo'limi bo'lib hisoblanadi.
JSN ni olib borishda yuqori kasallanishga ega bo'lgan ob'ektlar, korhonalar yoki sanitariya epidemiologik tomonidan qoniqarsiz korhonalarga alohida e'tibor beriladi. Ularni aniq, tushunarli ravishda olib borishda qo’shimcha mahsus, alohida kompleksli rejalar ishlab chiqariladi.
JSN ning mazmuni ob'ektlarda yashash sharoitlarining sanitariya holati, ovqatlanish, muhit, dam olish, o’qitish va tarbiyalashni baholashda mahsadli (mavzuli), rejali va tanlangan tekshirishlar olib borishdir.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling