Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet73/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Havobosimi.
Yer kurrasini qoplab turgan havo qatlami (atmosfera) o'z og’irligiga ega, bunday bosim havo tarkibidagi gazlarni odam tanasiga bir tekis tarqatib, a'zolar bo'shliqlari va to'qimalaridagi gazlarni muvozanatda saqlashni ta'minlaydi. Lekin ba'zan suv tagida ish bajarilganda yoki suvga to'yingan er qatlamida ishlaganda organizm atmosfera bosimiga duchor bo'ladi. Toqqa ko'tarilganda yoki samolyot, vertolyotda atmosferaning yuqori qatlamlariga ko'tarilganda organizm past atmosfsra bosimiga duchor bo'ladi. Shu sababli atmosfera bosimini bilish muhim gigienik tadbirlardan hisoblanadi. 1980 yil 1 yanvardan boshlab atmosfera bosimining o'lchov birligi qilib jahon miqyosida yagona Paskalь (Pa) qabul qilingan.
Atmosfera bosimi dengiz sathida 1000 m barъ-1000 Pa - 750 mm simob ustunigateng. Demak, 1 millibar -0,75 mm simob ustuniga, 1 mm simob ustuni o'z yo'lida 1,33millibarga teng.
Atmosfera bosimini aniqlash yaqin orada ob-havoda kuzatilishi mumkin bo'ladigan o'zgarishlar hamda past yoki yuqori bosim sharoitida ishlaganda qanday profilaktik chora-tadbirlar ko'rish kerakligini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari tashqi muhitning gazlar bilan ifloslanishi atmosfera bosimining qanday ko'rsatkichida sodir bo'lganini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Atmosfera bosimini simobli, metalli barometrlar hamda barograflar yordamidaaniqlash mumkin.
1. Simobli barometr. Asbob vertikal holatda o'rnatilgan, ustki qismi berk, pastki qismi esa simob solingan kosachaga tutashtirilgan shisha naychadan iborat. Bosimni o'lchashdan oldin simob ustuni mahsus vintil yordamida «O» ko'rsatkichiga tenglanadi. Simobning naycha bo'ylab ko'tarilishi, atmosfera bosimini shkala ko'rsatkichi orqali ifodalaydi.
Simobli barometrni tashqi muhit haroratining o'zgarishiga qarab to'g’rilab turish kerak, chunki harorat ko'tarilishi simobning kengayishiga, bu o'z yo'lida naycha orqali simob ko'tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari shkalaning kengayish koefficientini ham hisobga olish zarur. Barometr ko'rsatishini to'g’rilash simobning kengayish koefficientiga 0,000163 hamda termometr ko'rsatishiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi.
Barometr ko'rsatkichidan to'g’rilash ko'rsatkichi olinadi, agar termometr ko'rsatkichi musbat bo'lsa qo'shiladi, termometr ko'rsatishi manfiy bo'lganda ayriladi.
Misol. Barometr ko'rsatishi 755 mm simob ustuniga teng, havo harorati 20°S bo'lsa, tuzatishni topish uchun olingan ma'lumotlar ko'paytiriladi. 755 h0, 000163 * 20=2,46. Shunday qilib, to'g’rilash 2,46 ga teng.
Barometr ko'rsatishidan to'g’rilash ko'rsatkichi ayrilsa, haqiqiy atmosfera bosimi topiladi:
755-2,46 = 752,54, demak, atmosfera bosimi tekshirilgan sathda 752,54 mm simob ustuniga teng.
2. Metalli barometrlar (aneroidlar). Asbob quticha shaklida bo'lib, devorlari yupqa metalldan yasalgan, quticha ichida bosimni sezuvchi bo'shliqhosil qilingan. Atmosfera bosimining o'zgarishi tufayli, quticha devorlari ko'tariladi yoki puchayadi. Bunday o'zgarish richag sistemasi orqali siferblatga o'rnatilgan ko'rsatkichni harakatga keltiradi va atmosfera bosimini simob ustunini mm larda ifodalovchi raqamlarda belgilaydi.
3. Barograf (o'zi yozuvchi) atmosfera bosimini avtomatik holda aniqlash maqsadida o'zi yozuvchi barograflardan foydalaniladi.
Metalldan yasalgan qutichalar asbobning sezuvchi qismi hisoblanadi. Atmosfera bosimining o'zgarishi tufayli, qutichalar shaklini o'zgartiradi, u g’ijjalanib richagni harakatga keltiradi. harakatga kelgan richag avtomatik holatda aylanuvchi barabanga o'ralgan qog’ozda atmosfera bosimini bildiruvchi chiziqlarni ifodalaydi. Havo mikroiqlimini baholash bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibini, jumladan uglerod (IV)-oksid miqdorini bilish gigienik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Xona havosi tarkibida uglerod (IV)-oksid miqdorining ko'payishi, uning organizmga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi o'zga kimyoviy birikmalar, changlar hamda kasallik chaqiruvchi mikroblar va viruslar bilan ham ifloslanganligini bildiradi. Shu sababli honalarda uglerod (IV)-oksid ko'rsatkichi sanitariya ko'rsatkichi deb qabul qilingan, uning miqdoriga qarab, hona havosini tozalash chora-tadbirlari belgilanadi.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling