Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet85/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Internet saytlari:
1.www.minzdrav.uz;
2. www.tma. uz
3. www. Ziyonet;
4. www.hygiene.uz;
5. www.radiation.uz;
6. https://www.iaea.org/ (International Atomic Energy Agency)
7. www.radiation-and-risk.com.
8. www.uran.pro


4-Mavzu:Asosan jismoniy va aqliy mehnat bajarganda organizmning funksional holatini
baholash.
Odam mushak faoliyatining energetikasi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoit-larida bajarilayotgan ishlar ularning quvvatiga ya’ni vaqt birligi ichida bajarayotgan ishning miqdoriga qarab 3 gruppaga bo’linishi mumkin:
1)engil, 2) o’rtacha 3)og’ir ishlar.
Yengil ishlar ishlar qatoriga minutiga kamroq kislorod iste’mol qilinadigan ishlar kiradi. Agarda odamning to’la tinch xolatda minutiga 200-250 kub santimetr kislorod iste’mol qilinishi hisobga olinsa, yengil ish vaqtda kislorodning iste’mol qilinishi ko’p deganda 2-2, 5 hissa ortadi. O’rta og’irlikdagi ishlar qatoriga bir minutiga 1 litrgacha iste’mol qilinadigan ishlar kiradi, ya’ni bunda kislorodni iste’mol qilinishi tinch xolatiga karaganda 2-4 marta oshadi. Ogir ishlarga minutiga bir litrdan ortiq miqdorda kislorod iste’mol qilinadigan ishlar kiradi. Ish vaqtida kislorodning ko’proq iste’mol qilinishiga sabab shuki, mushak ishi uchun zarur bo’lgan energiya oziq moddalari yenishi natijasida hosil bo’ladi. Lekin ayrim xollarda kislorod iste’mol qilinishi bajarilayotgan ish xajmdan qat’iy nazar qo’llanishi mumkin. Mas: kishi 13 sekund davomida maksimal tezlik bilan yugirganda kislord iste’mol qilinishi ortiqcha ulgirmaydi va u keyinrok ko’payadi.
Bundan shunday xulosa chiqadiki,mushak ish ma’lum darajada kislorodni iste’mol kilmasdan amalga oshirish mumkin va bunda dastlab mushak faoliyati bilan bog’liq bioximik jarayonlarga qatnashmagan kislorod so’ngra ishdan keyin yuz bergan jarayonlarda ishtirok etadi. Mushak ishi bilan bog’liq bo’lgan hamma bioximik jarayonlar, ya’ni kislorod ishtirokisiz va aerob, ya’ni kislorod qatnashishida yoki oksidlanish bilan beriladigan jarayonlarga bo’linadi. Bu jarayonlarning birinchisi boshqalardan ilgariroq yuzaga kelib, mushak ishining anaerob fazasi deb ataladi, ikkinchisi esa keyinrok sodir bo’lib aerob faza deyiladi Anaerob faza vaqtida mushaklar fosfat kislota ishtirokida mushak uglevodi(glikogen) parchalanish hisobiga qisqaradi. Bu parchalanishning ohirgi maxsuloti sut kislotasi (SZNZO6): aerob faza (1/4-1/5) vaqtida sut kislotaning bir qismi karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi, qolgan sut kislota esa erkin holda qoldiq energiya hisobiga qaytadan tiklanib, glikogenga aylanadi va mushaklardagi modda almashinish tsiklida yanada ishtirok etishi mumkin.
Bir minutda to’plangan parchalanish maxsulotlarni Tula oksidlanish uchun zarur bo’lgan kislorod miqdori kislorodga talab yoki kislorodga bo’lgan extiej deb ataladi. Ishning boshlanishida paydo bo’lgan sut kislotaning ma’lum qismigina oksidlanadi. Qolgan sut kislota esa mushaklarda vaqtincha to’planadi va qonga o’tadi. Kislorodga bo’lgan extiej bilan ishlayotgan mushaklarga xaqiqatda keltirilgan kislorod o’rtasidagi farq nasiya kislorod deb ataladi.
Ish boshlangich vaqt o’tgandan keyin (2-4minut) sodir bo’layotgan mushak harakatlari ta’sirotlari nerv siste’masiga borishi hamda sut kislota va boshqa maxsulotlar qonga kirishi tufayli nafas va yurak-qon tomirlar siste’masining faoliyati oshadi va natijada hosil bo’layotgan sut kislota oksidlanishi uchun za¬rur bo’lgan kislorod miqdorining hammasini organizm oladi. SHunday kilib, parchalanish maxsulotlarning to’planishi va ularnioksidlanib yo’qolishi o’rtasidagi muvozanat turg’un xolat deb ataladi. Ish tamom bo’lgandan keyin bir vaqt davomida kislorod ko’proq miqdorda iste’mol qilinadi. Bu kislorod parchalanish maxsulotlaridan qolgan qismining oksidlanishaga sarf qilinadi. Bu vaqt tiklanish davri deb ataladi.
Kislorodga bo’lgan extiyoj tuqimalarga kislorodni yetqazib berish va uning iste’mol qilinishi jixatidan organizmning funktsional imkoniyatlaridan ortmayotgandangina turg’un xolat yuz berishi mumkin. Odam bir minutda iste’mol qilishi mumkin kislorodning maksimal miqdori katta odam uchun odatda minutiga uch litr dan oshmaydi: trenirovka qilgan shaxslarda bu miqdor ayni vaqt da 4 litrdan ortiq bo’lishi mumkin. Birinchi rasmda kislorodga bo’lgan extiej, nasiya kisloriy va ish hamda tiklanish vaqtida kislorod iste’mol qilinishi o’rtasidagi nisbat sxematik tasvirlangan.
Jismoniy va aqliy mehnatning fiziologik tavsifi.
Mehnat faoliyati turlari.
1) Jismoniy mehnat.
2) Aqliy mehnat.
Aqliy mehnat - bu ishlarni bajarilishida asosiy zo’rikish MNS va 2-signal siste’masida namoyon bo’ladi.
Jismoniy mehnat - bu ishni bajarilishida asosiy zo’rikish mushak siste’masi va qon-tomir, tayanch siste’masida namoyon bo’ladi.
Jismoniy ish va uning turlari:
1). Dinamik ish.
2). Statik ish.
Bu ishlarni bajarilishida mushaklarni ishtiroki bo’yicha quyidagi turlari mavjud:
Dinamik ish:
1). Umumiy
2). Regional musbat
3). Lokal (mahalliy) manfiy
• statik ish-ko’llar ishtirokida,
• tana-oyok mushaklari ishtirokida.
Aqliy mehnat:
- avtomatlashtirilgan jixozlarni boshqarish;
- operatorlik faoliyati;
- ma’muriy boshqaruv kasblar;
- intelektual mehnat kasblari.
Organizmda ish jarayonida sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlarning asosida energiya sarfini ortishi yotadi. Bu xolatni ta’minlash uchun organ va siste’malarda turli xil o’zgarishlar yuzaga keladi. Energiya manbai bo’lib, organizmyda-oksil, uglevodlar va yog’lar hisoblanadilar. Mehnat jarayonidagi harakatlarda mehnat sarfi organizmdagi bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari va boshqalar orqali bo’ladi. Mushak qisqarishi va energetikasi kimyosi 2 fazada boradi:
1). Anaerob fazasi: asosiy energiya manbai bo’lib, ATF hisoblanadi,
ADF+N3RO4+energiya ajraladi.
Energiyaning asosiy qismi ish bajarish uchun ma’lum bir qismi glikogen va N3RO4 bilan qo’shilib. ATFni resinteziga sarflanadi.
2). Aerob fazasi esa anaerob fazasida hosil bo’lgan sut kislotasi +O2 bilan birikib, = SO2 +N2O+energiya hosil bo’ladi. Energiyaning asosiy qismi ish bajarish uchun, ma’lum bir qismi glikogen resinteziga sarflanadi. Ishlash jarayonida organizmda O2 qabul qilish dinamikasi.Z fazasi:
1) O2ga bo’lgan talab-bu bajarilayotgan ishning bajarish uchun kerakli O2 miqdori.
2) O2 shipi-ma’lum vaqt ichida organizmning eng ko’p qabul qiladigan O2 miqdori.
3) O2 qarzi-O2ga bo’lgan talab bilan organizmga kerakli O2 miqdori orasidagi farq..
Dinamik yengil va og’ir ishlarni bajarishda O2ga bo’lgan talab asosan to’la qondiriladi. O2 qarzi ishni boshida to’la muddatda vujudga keladi. Ishdan so’nggi tiklanish davri uzoq bo’lmaydi. Dinamik og’ir ish bajarishda -O2ga bo’lgantalab uni qondirmaydi, chunki talab-O2 shipning yuqorisida bo’ladi. Buning oqibatida O2 qarzi katta bo’ladi va tiklanish davri uzoq davom etadi.
Statik ish bajarishda, ish davrida O2 qabul qilinishi past bo’ladi, chunki statik qisqarishda mushaklarda qon-tomir qisqaradi. SHuning uchun O2 tomirlarga yetarli yetib bormaydi. Ish asosan qarz hisobiga qisqa muddatda bajariladi. Ishdan so’ng esa O2 qabul qilish keskin ortadi, shu sababli tiklanish davri uzoq davom etadi.
Organizmda ish bajarishda sarflangan O2 miqdoriga qarab, ishni og’irligini aniqlash mumkin. Agar ish bajarishda, 1). 0,5 l/min gacha O2 sarflansa-engil ish; 2). 0,5 l/min dan – 1 l/min gacha O2 sarflansa- o’rtacha og’irlikdagi ish;
3) 1 l/min va undan ortiq bo’lsa, og’ir ish deb ataladi. Mushak ishining yurak-qon tomir siste’masiga ta’siri.
Mushaklarning ortiqcha ishlashi modda almashinuvining ko’payishi va energiyaning ortiqcha sarflanishi bilan bog’liq. Katta yarim sharlar pustlogining ishga solish va uyg’unlashish ta’siri hamda pustlokning bu ta’sirlariga buysingan shartsiz-reflektor protseslar (funktsiyalarning o’z-o’zini idora qilish protseslari) tufayli, qon aylanishi organlari yurak va qon tomirlari organizmning yuqori talablariga moslashadi
Pulьsning o’rtacha tezligi, ya’ni yurak qisqarishining o’rta sonida, minutiga 70 marta urishini hisoblash mumkin: yurak har bir qisqarganda 70 sm3 qon chiqadi. Jadal jismoniy ish vaqtida yurakni zarb xajm i 150 sm3ga kadar ham ko’tarilishi mumkin. Pulьs tezlashganligi minutlik xajm ham ortadi. qonning ko’proq xajmini sigdirish uchun kengayadi, u kuchlirok qisqarishni boshlaydi. Agarda sistola vaqtida yurak aortaga^onni to’liq chiqara olmasa va uning bushligida qonning bir oz qismi qolsa, yurakning normal razmerlari bir oz kattalashishi mumkin. Bunday zo’r berib ishlash tamom bo’lgandan keyin, yurakning kaoliyati bir oz vaqtdan keyin tiklanadi, ayniksa u "mashq qilgan" bo’lsa. Yurak chiqarayotgan qon xajmining oщishi arterial qon bosimining ko’tarilishiga olib keladi, iu tugagandan keyin qon bosimi o’z holiga qaytadi.
Yurak mushagi ishining yaxshilanishi yurak qon tomirlarining qon bilan tulishish darajasini oshishiga va yurak mushaklarining qon bilan yaxshi ta’minlanishiga bog’liqdir, bu esa gipertrofiyaga, ya’ni uzoq vaqt og’ir jismoniy ishni bajaradigan odamning yurak massasi oshishiga olib kelishi mumkin. Odam va hayvonlarda teri kapillyar turini tekshirish uchun maxsus mikroskop-kapillyaroskop yordami bilan ish vaqtida kapillyarlar soni ko’payganligi va maydoni ancha kengayganligi aniqlangan.
Professionallarning mehnatning har xil turlarida yurak-qon tomirlar siste’masining reaktsiyasi. Bular turlicha bo’ladi: agar ma’lum ish jarayonlarida pulьsning, AB va x.k larni bir necha marta o’lchab qurilsa, bu jarayonlar vaqtida yurak qon-tomirlar siste’masi funktsiyalarini o’zgarishini aniqlash mumkin.
Metallni qo’lda yoki yarim mexanik usulda tuqmoqlash vaqtida pulьs va ABning o’zgarishi boshqacha ko’rinishda bo’ladi. Yurak qisqarishlari keskin ortadi, pulьs minutiga 160 va undan ham ko’p uradi. Ishdan ilgari 120-140 mm sim. ust ga teng bo’lgan AB, ish vaqtida va ishdan keyin yana 50-70 mm ga ko’tariladi. Bu o’zgarishlar sog’lom kishilarda tezda yo’qoladi.
Jismoniy zo’rikish bilan bir qatorda yuqori tempratura va issiqlik nurlanishining ta’siri bilan bog’liq bo’lgan sharoitlarida ishlashda meteofaktor katta ta’sir kiladi. Yuqori temperatura va issiqlik nuri teri qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi. Vaxolanki, jismoniy ish ABni ko’taradi. Yurak qisqarishi ancha tezlashadi va ish vaqtida qon tomiri urishining soni yuqori rakamlarda turadi, og’ir ishlarni bajarish vaqtida esa qon tomiri minutiga 160-180 marta uradi.
Agar zo’r berib bajariladigan qisqa muddatli jismoniy ish hisobga olinmasa, stanok va mashinalarda ishlaganda pulьs va AB deyarli o’zgarmaydi. Yurak-qon tomirlar siste’masi funktsiyalarining ishdan so’ng qayta tiklanishi yurak-qon tomirlar siste’masi va boshqa organlardagi o’zgarishlarda ish kuni davomida, dam olish vaqtida va ish tamom bo’lgandan keyin yo’qoladi va organ va siste’malarning funktsiyalari qayta tiklanadi. Ilgari ro’y bergan jismoniy zo’rikishlar kuchi va qancha davom etganligi "nasiya kislord"ning ham kattaligiga qarab va jismoniy zo’rikish ro’y bergan sharoitlariga qarab, funktsiyalarning qayta tiklanishi uchun har xil muddatlar talab etiladi.
Organ va siste’malarning tiklanishi, uning chinikkanligiga bog’liq.Organizm uzining xolati, uning funktsional moslashish qobiliyati, zaxira kuchlari, biror organ va siste’malarning kasallanmaganligi, funktsiyalarning tez va to’la tiklanishiga yordamlashadi. Funktsiyalar tezda tiklanishi uchun dam olish xonasining meteorologik sharoitlari katta ahamiyatga ega.
Ishning nafas organlariga ta’siri tinch xolatda to’rgan kishi o’pkasidagi havosining almashinishi taxminan minutiga 6-8 litrni tashkil qiladi. Ish jarayonida bu xajm oshadi va minutiga 40-60 litrga yetadi, nafas olish soni minutiga 12-20-30 ga kadar yetadi. Nafasning o’zgarishi ishning ritm va og’irligiga bog’liq.. Ritmik ish vaqtida unga qo’yilgan yuqori talablarga oson moslashadi.Ammo ish vaqtida organizmga birdaniga yuqori talablar qo’yilsa nafas olishda katta o’zgarishlar kelib chiqadi. Nafas harakatlari tyokis bo’lib, o’pkaning chuqur bulimlariga tarqalsa va o’pka kapillyarlarida qonning havo bilan ko’proq tozalanishi ta’minlansa, bunday nafas to’g’ri hisoblanadi, bu esa qon aylanishini hamda nafas bilan kirgan havodagi O2 dan yaxshirok foydalanishni yengillashtiradi. CHarchashda nafas harakatlari tezlashadi, yuzaki bo’lib keladi, natijada organizm yetarli miqdorda O2 bilan ta’minlanmaydi hamda modda almashinuvi maxsulotlari organizmdan tezda chiqib ketmaydi, bu esa yurak ishini qiyinlashtiradi. Ishdagi qisqa tanaffus paytlarida to’g’ri nafas olishning tiklanishi uchun, yurak-qon tomirlar siste’masi funktsiyalarining qayta tiklanishiga Karaganda kamroq vaqt talab qilinadi.
Ishning suv almashinuviga ta’siri.
Ish vaqtida suv balansi, ya’ni organizmga kirgan va undan chiqqan suyuqlik miqdorlari orasidagi nisbat buzilishi mumkin. Organizm uchun suvning ahamyati goyat kattadir, suv balansining buzilishi butun organizmda turli o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Ogir jismoniy mehnat qiladigan va issiq tsexlarda ishlaydigan ishchilar bir ish kunida 6-10 litr va undan ham ko’p miqdorda suyuqlik iste’mol etadilar. SHuning bilan birga ish vaqtida ajralib chiqadigan siydik miqdori ancha kamayadi. CHunki suvning ortiqcha miqdori ter bezlari orqali ajralib chiqadi. Ko’p miqdorda ter bilan birga organizmdan tuz ham ko’p ajralib chiqadi. Suv balansining buzilishi dam olish vaqtida normaga keladi. Suv-tuz balansini buzadigan sharoitlarning yomon ta’sirini bartaraf qilish uchun suyuqlik ichish rejimiga rioya qilish lozim.
Ishning qon tarkibiga ta’siri. Ishning ta’siri tufayli moddalar almashinishida qonning tarkibiga ta’sir qiluvchi o’zgarishlar yuzaga keladi. Ishdan ilgari va undan so’ng o’tkazilgan maxsus bioximik tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, sut kislota to’planadi, normada doimiy tarkibiga hamda sust ishkorli reaktsiyada bo’lgan qonning kislotaligi oshadi. Ko’p diqqatni talab qiladigan ishlarning oliy nerv siste’masiga tasiri. Xar qanday ish vaqtida protseesga hammadan ilgari nerv siste’masi va uning oliy bulimi-bosh miya yarim sharlari pustlogining funktsional xolatiga, ko’p diqqat talab qiladigan ishlar, analizatorlarning uzaro noziq va aniq bajarilishi bilan bog’liq bo’ladigan ishlar, tezkor mexanizm larda bajariluvchi ishlar, potok va qonveyrlardagi ishlar, avtomatlarning va x. k. larining ishini kuzatish yuzasidan olib boriladigan ishlar ayniksa kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu holda sarf qilingan energiyalarga energetik jixatdan boxo berib bo’lmasligiga karamasdan, yurak-qon tomir siste’masidagi o’zgarishlar ko’pincha o’rtacha holda qolsa ham, mehnat yaxshi uyushtirilmagan takdirda ish kunining oxirida mehnat unumining pasayishi, ishchi uzini yomon xis qilish to’g’risida shikoyat qilish va boshqalar kuzatilishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan ishlarni bajarilishida diqqat ko’p bo’linmasligi tufayli ta’sirlovchi jarayon bosh miya pustlogining ozrok xujayralarida to’planadi. Pustlokning ayrim xujayralariga tushadigan xaddan tashqari funktsional yuklama shu ishlayotgan xujayralarning funktsional jixatdan tezda toliqishiga hamda tormozlanishi es katta yarim sharlar pustlok xujayralarini yanada og’irrok oqibatlarga olib keladigan toliqishidan saqlaydi.
Noto’g’ri tashkil qilingan va ko’p diqqatni talab qiladigan ishning bunday salbiy natijalarini bartaraf kilmoq yoki anchagina kamaytirmoq uchun mexnatning sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilash, ishni tartibga solish, qisqa muddatli tanafuslar qilish, shu bilan birga ko’p malaka talab kilmaydigan qonveyrlarda ishlovchilarning ma’lum vaqt o’tganda bir operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga kuchirish lozim.
Konveyerda ish bajarilganda va masofadan boshqaruvda fiziologik va gigienik hususiyatlar.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi mehnat jarayonini turlaridan beri – qonveyer ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Uning asoschisi Teylor hisoblanib, mehnat jarayonini bo’lak kisimlarga bo’lgan ishlab chiqarish jarayoni ishchilar, ishchilar jarayonida bir operatsiyani bajarish natijasida ishlab chiqarish unumdorligini oshirganlar.
Ish bajarish vaqtida ayrim ilgor ishchilar ish vaqtida ayrim operatsiyalardan bir necha soniyalarda bajarishlari natijasida ish kuni davomida ko’p maxsulot ishlab chiqaradilar. Natijada shu vaqt moboynida korxonadagi boshqa ishchilarni ham shunday tezlikda ish bajarishga talab qilinar edi. Teylor insonni «Xarakatlantiruvchi mexanim» deb nomlagan.
Bizning tushunchada qonveyer siste’masi mehnat jarayonini yaxshilash bilan birga ish vaqtida organizmdagi fiziologik reaktsiyalar inobatga olinadi.
Zamonaviy ketma-ket qonveyer mehnatini tashkillashtirish ko’rsatkichlari:
a) chegaralangan mehnat xajmini operatsiyalarga bo’linishi;
b) operatsiya ketma-ketligiga qarab ish joylarini joylashtirish;
v) detallarni operatsiyadan operatsiyaga uzatish uchun maxsus transport moslamalarini qo’llash;
g) bir butun jarayon va ish operatsiyalarini bunga buysinishi qonveyer jarayonini moxiyati – har bir ishchi operatsiyalarni bir xil vaqtda bajarilishi. Ritm - bu fiziologik jarayonini tashkillashtirish.
Bir xil ritmda bajarilayotgan ishlar natijasida dinamik steriotip hosil bo’ladi. Bu dinamik steriotip tez va mustaxkam rivojlanib, organizmdagi harakat, modda almashinuv va tsirkulyator organlariga ta’sir etadi.
Konveyer mehnatida fiziologik va gigienik bir qancha kiziktiruvchi savollar mavjud.
1. ratsional gigienik mehnat sharoitini yaratish (eritilganlik, ventilyatsiya va boshqalar);
2. mehnat va dam olish tartibini tashkil etish;
3. ish joyini tashkillashtirish;
4. ish kuchi va ish xajmini to’g’ri taqsimlash, texnologik jarayonini ketma-ketligini hisobga olgan holda;
5. qonveyer ritmini urnatish.
Bu masalalar korxonani texnik-muxandis xodimlari bilan birga hal etilishi kerak. S.I. Krapivintseva va boshqa olimlar tamonidan metallarni qonveyer usulida qayta ishlash jarayonida organizmdagi fiziologik reaktsiyalar o’rganilganda panja va barmoqlarning mayda muskullari tez harakat qiladi.
S Ishni keskinlashganligi ish vaqtida dam olish tanaffuslarini vaqtiga va soatiga bog’liq. Misol: metallni qayta ishlash qonveyer jarayonida ish boshlanishidan keyin birinchi ikki soat vaqt davomida ishlab chiqarish jarayoni ortadi. (operatsiyalarni bajarish uchun kam vaqt sarflanadi). Ish ritmi saqlanadi, fiziologik ko’rsatkichlardan pulьs chastotasi kamayadi va ko’rish motor reaktsiyasini latent davri ham kamayadi.
Lekin ish kunining ikkinchi yarimida pulьs urishi ortadi, ko’rish motor reaktsiyasini yashirin davri ham uzayadi. Ishchilarni ish faoliyati ham pasayishi kuzatiladi.
Xulosa: ish jarayonini yaxshilash maqsadida ish kunini birinchi yarimida ishchilarga ko’proq zo’rikish berib, ikkinchi yarimida kamaytirish kerak.
Bundan kurinib turibdiki, ish kunining birinchi yarimini oxirida va ish kunining ikkinchi yarimida ish faoliyati pasayadi. Ishchilarda «charchash» kuzatiladi.
19 asrda Amerika olimi injener Teylor metall kirkish korxonalarida birinchi marta qonfeyerni kullagan, uzi qonstruktsiya qilgan. Ilmiy texnika taraqqiyoti yutuklarini amaliyotga tadbigi - ishlab chiqarishni tashkil etishni turli xil formalarini vujudga keltiradi. Tula avtomatlashtirish, masofadan boshqarish, kompleks mexanizatsiyalash, qonveyer usuli, oqim usuli va boshqalar. Bularning natijasida quyidagi ijobiy oqibatlarga erishiladi:
- Ish unumdorligi ortadi.
- CHiqarilayotgan maxsulot sifati yaxshilanadi.
- Ishning og’irligi kamaydi.
- Energiya sarfi kamaydi.
Bular bilan bir qatorda bir qancha salbiy okdbatlar ham yuzaga keladi:
1) MNS va 2 signal siste’masi ishtirokida bajariladigan ishlar ortadi.
2) Kam harakat - gipokineziya vujudga keladi.
3) Monotoniya xolati vujudga keladi.
4) Yangi omillar yo’l-yo’lakay hosil bo’lishi yoki mavjudlarini ta’siri kuchayishi mumkin.
Konveyer usulida ishni tashkil etishda mehnat gigienasi masalalari nimalardan iborat? Konveyer usulida ishni tash kil etishda albatta qo’yilgan 4 ta shart bajarilishi lozim:
1) Texnologii jarayon mayda bo’laqlarga bo’linib, ularni bajarilishiga cheklangan vaqt ajratiladi.
2) Ish joylari texnologik jarayon bo’yicha ketma-ket joylashtirilgan bo’lishi shart.
3) Hamma ish joylari orasida maxsus kuzatish vositalari (transport, inventar yoki kuzatkichda) o’rnatilishi kerak.
4) Hamma texnologik jarayon bir xil ritmga bo’lingan bo’lishi kerak.
Konveyerlashtirilgan mehnatning asosiy turlari 5 xil guruhga bo’lingan bo’lishi kerak. Bu bo’linish quyidagi ko’rsatkichlar asosida boradi:
1) Operatsiyadagi elementlar soni.
2) Operatsiyani bajarishga ketgan vaqt (sek.)
3) Yukning og’irligi (kg)
4) Ish bajarish zonasi (m)
5) Tana xolati
6) Xarakatlar soni (soatiga)
7) Xarajatlar tavsifi
8) Asosiy funktsiyalarning zo’rikishi.
Konveyer usulda ish bajarayotganda ish turiga qarab 2ta omilga katta ahamiyat beriladi:
1) gipokineziya
2) monotoniya xolati.
Monotonlik - mehnatni juda tez-tez takrorlanishi, oddiylik mehnat harakatlarining yoki qabul qilinayotgan kuzgatuvchilarning bir xillik hususiyatidir.
Ma’lum vaqt davomida davriy bir xil ishni bajarish elementar xolat – monotoniya xolati deyiladi. Agar ish jarayonida ish kuni xronometriyasida 60% ishni bir xil omil tashkil etsa bunday ish monoton ish deyiladi.
Monoton mehnat ikki kategoriyaga bo’linadi:
1. bir xil harakat natijasida yuzaga keladigan monotoniya xolati;
2. monoton xolat va kelib tushishi ma’lumot defitsit jarayon natijasida kelib chiquvchi monotoniya mehnati. Yakqol monoton bajariladigan ish charchashga va asabni zaiflashuviga olib keladi.
Monotoniya xolati ishchilarni zerikishiga kuzatish xolatini pasayishiga, uykuv xolatiga, apatiya xolati, ishga kizikishni yo’qolishiga olib keladi. Monotoniya xolatida ko’p ishlash natijasida o’rta va katta yeshdagi ishchilarda gipertenziv reaktsiyalarning kelib chiqishiga mushak va tayanch apparat siste’malarini kasalanishiga, statik va dinamik zo’rikishga olib keladi.
Monotoniyani rivojlanishi – gipodinamiyaga olib keladi. Bu esa uz holida ish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Fiziologik tekshiruv natijalari shuni ko’rsatdiki monotoniya mehnat qobiliyatiga moslanishiga qiyin rivojlanadi, bu esa uz navbatida kasallanishni usishiga olib keladi. Ayniksa yeshlar o’rtasida (yiliga 30%)ni tashkil etadi.
SHunday kilib, zamonaviy ishlab chiqarishdan farqliy ularok qonveyerlar, avtomat tsex jarayoni monotoniya, gipotenziya, tayanch apparatlarining lokal mushak zo’rikishlarini olib kelishiga sabab bo’ladi. Bu esa uz xolatida ish sifatini kamayishiga, charchashga, asab mushak siste’masi bilan bog’liq kasb kasalliklariga olib keladi.
Vakt davomida bir xil harakatni doyimiy takrorlanishi I.P. Pavlov «Bir xujayraga uzluksiz ta’sir, tormizlanish xolatiga olib keluvchi ta’sir,- deb», Vvedinskiy bu xolatni – parabioz xolati,- deb atadi.
Konveyerni salbiy tamonlari: konveyerni juda yuqori tezlikda harakatini sodir bo’lishi, dam olish tartibini noratsional xolati, ishdagi doimiy o’zgarishlar, ayrim mushaklarni uta zo’rikish xolati namoyon bo’ladi.
Bajarilish operatsiya elementlarini soniga bajarilish vaqtiga, maxsulot og’irligiga, ish joyiga, ish xolatiga, bir soatda harakat soniga, asosiy harakatlarni bajarilish kuchiga qarab qonveyer mehnati 5 guruhga bo’linadi.
Monotoniya xolatini oldini olish chora tadbirlari:
1. Bajariladigan operatsiyalarni yiriklashtirish, ya’ni mayda va oddiy operatsiyalarni uta murakkab, yirik operatsiyalarga almashtirish. Bu jarayon mehnat unumdorligini 5% oshiradi.
2. Smena davomida bir operatsiyani boshqa operatsiyalar bilan almashtirish. Ish kuni davomida bir qancha operatsiyalarni bajarish natijasida ish samaradorligini 20% ortishiga olib keladi
3. Bajariladigan operatsiyalarni yiriklashtirish, yani mayda va oddiy operatsiyalarni uta murakkab, yirik operatsiyalarga almashtirish; Bu jarayon mehnat unumdorligini 5% oshiradi.
4. Smena davomida bir operatsiyani boshqa operatsiyalar bilan almashtirish. Ish kuni davomida bir qancha operatsiyalarini bajarish natijasida ish samaradorligini 20% ortishiga olib keladi.
5. Bajariladigan operatsiyalar sonini chegaralash. Bu uz navbatida mehnatni keskinligini kamayishiga olib keladi.
6. Ish kuni davomida qonveyerda ish ritmini almashtirish jarayonini qo’llash: ish kunini birinchi yarimida ish tempini oshirish, ishni ikkinchi yarimida ish tempini kamaytirish.
7. Konveyer qonstruktsiyasini ratsionallashtirish.
8. Mehnat va dam olishni to’g’ri tashkillashtirish, ya’ni har bir ish oraligida 5-10 daqiqali tanaffuslar tashkillashtirish
Ikkinchi guruhdagi qonveyer ishida ikkita 7-10 daqiqali tanaffuslarni tashkillashtirish tavsiya etiladi (birinchisi ish boshlanganidan so’ng 2-2,5 soatdan keyin va ikkinchisi ish tugashidan 1,5-2 soat oldin).
Uchinchi guruh qonveyerlar ishida 3 ta 10 minutli tanaffuslavrni tashkillashtirish tavsiya etiladi (birinchi ish kunini yarimida bitta tanafus, ikkinchi ish kunini yarimida ikkita tanaffus).
To’rtinchi guruh qonveyer ishida 4 ta tanaffus tashkillashtirish tavsiya etiladi (ikkita 10 minutlik va ikkita 15 minutli tanaffuslar har 1-1,5 soatdan so’ng).
Bu tanaffuslar musikiy ko’rinishda, ishlab chiqarish gimnastikasi – qo’l va oyoqlarni massaj qilishdan iborat. Yana bir profilaktik chora tadbirlarga – optimal ish sharoitlarni tashkil etish ham kiradi.
Ishlab chiqarishda kompleks avtomatizatsiya sharoiti jarayonida ishlash.
A.A. Letavet kompleks avtomatizatsiya shunday takomilashtirilgan «mehnat jarayoni-ki, ishlab chiqarishda, tsexda, ayrim uchastkalarda asosiy boshqaruv jarayoni texnalogiyasidir». Pulьtlashtirishga qaratilgan operatorlar ishining asosiy qismini pulьtni boshqarishga qaratilgan. Jismoniy zo’rikishga esa kam extiej sariflanadi.
Ishlab chiqarish korxonasi, ish uchastkalarini asosiy moslamalarini murakkabligiga qarab pulьtda boshqarish ikki turga bo’linadi.
A) murakkab pulьtni boshqarish tsex, uchastka korxonalar:
B) murakkab bo’lmagan pulьni boshqarish tsex uchastka korxonalar.
Bu ish turi oldindan belgilab qo’yilagan ishlarni bajarilishini talab qiladi.
Birinchi guruhga issiqlik elektr markazlari, TETS, yangi kimeviy korxonalar, qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari, temir yo’l, aeroportlar kiradi.
Ikkinchi guruh ish turiga: metallurgiya, mashinosazlik, qurilish materiallar ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Masalan, dispecherlar mehnati. Ularni asosiy ishi ikkinchi signal siste’masiga yuklatilgan bo’ladi. Bosh miya kobigini akkustik va optik simlariga yuklatiladi.
Fotoxronometraj shuni ko’rsatdi-ki, 8- va undan yuqori foiz ish vaqti buyruqni bajarilishiga va uni uzatilishiga beriladi. Dispetcher ishi bir daqiqa ham chalg’ishga tinch turishga kuymaydi. Elektroentsefalografiya natijalari shuni ko’rsattiki, nutk funktsiyasiga bog’liq. Bu kasbda ishlovchi ishchilarda eshituvchi zo’rayishiga taktil sezuvchanligini kamayishiga, reflektor reaktsiyalar tezligini kamayishiga, latent davrini uzayishiga, kul titranishini ko’payishiga olib keladi. Bu kuzatishlar ish kunini oxirida va navbatchilikni 4 kuni kuzatiladi.

MNS da funktsional o’zgarishlari bilan bir qatorda, yurak-qon tomir siste’masida (pulьs urishini tezlashishi, maksimal va diastolik qon bosimini ortishi, yurakni minutlik xajmini kamayishi kuzatiladi), xolatlari kuzatiladi. Bu o’zgarishlar asosan ish kunining oxirida kuzatiladi.


Ishlab chiqarish jarayonida ishni tashkillashtirish ish tempi bilan bog’liq, ya’ni ish vaqtini zichligi, asosiy ish bilan mashgulligi – ma’lumotni qabul qilish va uzatishni qayta ishlashga bog’liq bo’ladi. Umumiy ish vaqtini 80-90%ini tashkil etadi.
Operatorlar mehnati ayniksa, televidenie, transport distpecherlar mehnati murakkab ish turi bo’lib, qattiq zo’rikishni talab etadi.
SHu bilan birga ularda gipodinamiya va boshqa ishlab chiqarish – sanitar omillari kuzatiladi. ishlab chiqarishdagi sanitar omillar. Pulьtlarni izolyatsiya qilish (ish kabinasi, xona, tsex va boshqa tsexlarga operatorlarni tsexlarda vaqtiga avariya xolatini bartaraf etish, ta’mirlash ishlariga va boshqalarga) bog’liq bo’ladi. Bu vaqt 5-10% ni, ba’zida 70% tashkil etadi.
Izolyatsiya qilingan xonalarda ishlovchi ishchilarda MNS, qon-tomir siste’masi va endokrin siste’malarda o’zgarishlar kuzatiladi va ayrim vaqtlarda tana haroratini pasayishi, qon tarkibidagi ayrim elementlarni o’zgarishi kuzatiladi. Bunday o’zgarishlar pulьt oldida javobgarlik xissini kuchliligi tufayli, charchash va uta charshash xolatlari yuzaga keladi. Ayrim xollarda qo’shimcha kilib organizmdagi funktsional o’zgarish xolatlariga, sanitar-gigienik ish sharoiti ham ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarishda distantsion masofadan boshqarishda fiziolog va gigienistlar oldida kuyidagi masalalar qo’yilgan:
1. Operator, distpecher va boshqa ishda ishlovchilarni analizator xolatini ratsional birligi. Operatorlarga ma’lumot asosan ko’rish, eshitish, sezish organlari orqali uzatiladi. Ko’rish analizatoriga ravshanlikni almashinish, eshitish analizatori – chastotalarini almashinish, sezgi analizatorlari uchun – tebranish va elektor ta’sir ko’rsatiladi.
2. Ikkinchidan qonstruktorlik moslanish, inson – mashina harakat ta’siri namoyon bo’ladi. Knopkali, pedalli, richagli, shturvalli boshqaruvlar kuzatiladi.
3. Pulьt boshqaruvni tuzilishi: boshqaruv soni, boshqaruv zichligi (bir vaqtning uzida 3 ob’ektdan oshmasligi kerak) boglanishni murakkabligi (boshqarish bilan signalizatsiya orasidagi) ma’lumotlar xajmi (asbobni tezligi) vaqt birligi ichidagi chastotasi ochilib yokish tur reaktsiyasini chastotasi (eshitish chastotasidan ko’rish chastotasiga va boshqalar) bog’liq bo’ladi.
4. Ratsional mehnat va dam olishni ishlab chiqish.
5. Gigienik mehnat sharoitini sog’lomlashtirish.
Ilmiy texnik rivojlanish, ergonomika mehnat fiziologiyasi.
Ilmiy texnik taraqqiyotining rivojlanishi inson xayotida mehnat sharoitini rivojlanishiga olib kelmoqda. Bu esa kul mehnatini kamaytirishga, kompleks mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyalash ishlab chiqarish jarayonini halk xujaligini hamma tarmoqlarida mehnat sharoitini yaxshilashga olib kelmoqda.
Ilmiy texnik rivojlanish, kompeleks mexanizatsiyalashgan va avtomatizatsiyalashgan ishlab chiqarish jarayonini qo’llashda halk xujaligida ayollar mehnatidan foydalanishni oldinga surmoqda.
Mehnat gigienasi va fiziologiyasi oldida aellar mehnat sharoitini yaxshilashga, ish qobiliyatini va ijodiy ko’p yashashga qaratilgan amaliy taqliflarni ishlab chiqish masalasi turibdi. Bu taqliflarga monotoniya va gipodinamiya xolatida ishlovchi kasbdagi aellarga texnologiyani ratsonalashtirish, moslamalarni yaxshilash, ishchilar mebeli va shahsiy himoya vositalarini aellar organizimiga fiziologik hususiyatiga qarab urnatish, aellar ish tarkibini yaxshilash dir.
SHu bilan bir qatorda mehnatni ilmiy tashkillashtirish alohida ahamiyatga ega.
Ilmiy mehnatni tashkillashtirish, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyalarini qo’llash, fan texnika bilan ishlab chiqarish jarayonini birlashtirish, inson salomatligini saqlovchi va xayot talabini qondiruvchi material va mehnat resurslarini kullash.
Mehnatni ilmiy tashkillashtirish masalalarini hal etishga kuydagilar kiradi:
• texnikaviy
• iqtisodiy
• tibbiy
• biologik.
Mehnatni ilmiy tashkillashtirish tushunchasi bilan bir qatorda «ergonomika» muxandislik psixologiyasi «ishlab chiqarish etikasi va estetikasi» kiradi.
Bu tushunchalar AKSH Davlatida «Inson omilini tashkillashitirish» yoki «biotexnologiya»,-deb FRGda «antropotexnika»,- deb nomlangan. «Ergon» grekcha suz bo’lib, «ish» «nomos” esa qonun boshqacha deb aytganda ish jarayoni xaqidagi fan,- deb atalgan.
Bu yo’nalishda biologik, psixologik va texnik fanlarini qo’llanilishi, inson bilan mashinani bir biriga optimal moslashishi ko’rsatilgan.
1949 yilda ergonomika tekshiruvlarini butun jaxon assotsiatsiyasi tashkil etilgan.
1961 yilda Stokgolьmda assotsiatsiyani birinchi qongressi bo’lib o’tgan va unda nizom qabul qilingan. 1957 yilda inson omilini o’rganuvchi tashkilot tashkil topgan. “Ergonomika” va “inson omili” jurnallari chiqa boshlagan. Ergonomika ko’p fanlar bilan sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, tibbiet, iqtisod, mehnat gigienasi texniklari fanlari bilan birga tashkil topgan.
Ergonomika – shunday fanki, inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan, ish samaradorligini oshiruvchi, insonga psixologik va fiziologik ta’sir etuvchi fan.
Ergonomika fani muxandislik psixologiyasi bilan birgalikda taraqqiy etgan.
Ergonomika vazifalariga kuydagilar kiradi:
1. Mehnat jarayonini oshirish;
2. Kasallanishni kamaytirish;
3. Ishlovchilar salomatligini saqlash.
Mehnatni ilmiy tashkillashtirish vazifalarini hal etishda va ishlab chiqishda iqtisodchilar, muxandislar, tibbiet xodimlari, gigienist va mehnat fiziologlari ishtirok etadilar.
Insonda mehnat faoliyatini o’rganuvchi asosiy vazifalarga kuydagilar kiradi:
1. Mehnat jarayonini ratsionalashtirish (texnologiya, mashina, pulьtni boshqarish, ish joyini apparatura, mexanizatsiya va avtomatizatsiya, boshqalar).
2. Ish vaqtini ratsional taqsimlanishi (mehnat va dam olish tartibi), mehnatni og’irligi va keskinligi bo’yicha tasnifi, aellar va usmirlar mehnatini reglamentatsiya qilish va boshqalar.
3. Optimal mehnat sharoitini yaratish.
4. Ish vaqtidan tashqarida dam olishni tashkillashtirish (ishlab chiqarish gimnastikasi, funktsional musika va boshqalar).
Ishlab chiqarishdagi charchash va organizmda bo’ladigan o’zgarishlar.
Bizga avvaldan ma’lum, kishining ish qobiliyati ish xaftasi jarayonida o’zgarib turadi. SHu qobiliyatining yuqori darajaga erishish va saqlashni chegaralaydigan faktorlaridan biri bu-charchash. SHu boisdan ham charchash muammosi mehnat gigienasi va fiziologiyasining eng zarur va dolzarb muammolaridan biri- dir. Bu muammo amaliy jixatdan katta ahamiyatga ega, chunki u mehnat unumdorligi bilan bog’liqdir,xuddi shuningdek bu muammo nazariy ahamiyatga ham ega,negaki u inson organizmining umumfiziologik qonuniyatlari bilan ham bog’liqdir.
CHarchash muammosining quyidagi uch tarifini ajratish mumkin:
a) charchash tabiati (paydo bo’lish sabablari va rivojlanish mexanizmi)
b) charchash diagnoztikasi va ish qobiliyatini baholash
v) charchashni oldini olish.
CHarchash uzi nima ?
CHarchash-bu davomli, jadal(intensiv), statik yoki notami sh ish bajarilganda paydo bo’ladigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan organizmdagi qaytar jarayonning majmuasidir CHarchash muammosini yechishga birinchi bo’lib Galiley urinadi. U muammo bilan muskullar ishining mexanikasini analiz qilish jarayonida duch keladi. Galileyning fikricha, charchashni paydo bo’lishiga sabab, skelet muskullarining og’irligini,kuchiga qarshi nafaqat o’z og’irligini,balki gavdaning boshqa qismlarining ham og’irligini ko’tarishdir. Yurak bo’lsa uz og’irligi bilan ishlagani uchun charchamaydi.
Fizika fanini rivojlanishi bilan bu muammo bo’yicha ko’plab olimlar ish olib boradilar. Lekin uni siste’matik ravishda o’rganish faqat o’tgan asrning o’rtasida boshlanadi, bu vaqt ichida charchashning sabablari to’g’risida bir qancha gipotezalar paydo bo’lib, ular asosan ikki gipotezaga olib keladi, kuch yo’qotish va zaharlanish.
1.a) CHarchash - kuch yo’qotish mushaklarning energetik resurslari hamda uglevodlar asosida yetadi - SHiff.
b) CHarchash kislorod bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi ham-deoksidlanish jarayonining buzilishidan kelib chiqib, odatda bug’ilish deyiladi - Fervorn
2.a) CHarchash — bu tuqima maxsulotlari almashinishining notozaligi yoki ulardan zaharlanish natijasida kelib chiqadi - Pflyuger
b)CHarchash ketokeindan zaharlanish natijasida ish faoliyati davomida mushaklarda ishlab chiqiladi - Veyxordg.
v)CHarchash sut k-tasining yigilishi asosida rivojlanadi - Xill.
CHarchash - uzoq davom etuvchi, jadal (notanish) hamda statik ish bajarish qobiliyatini pasayishiga olib keluvchi organizmdagi jarayon qaytar jarayondir.
CHarchashni vujudga kelish sabablarini aniqlashga qaratilgan turi teoriyalar mavjud. 19-asr boshi, 20-asr oxirlarida olimlardan Xill, SHiff, Fervorn.
Lokal - gumoralistik nazariyani o’rtaga tashladi. Bu nazariyaga ko’ra energiya zaxirasi kamayishi bilan ish bajarish jarayonida glikogen miqdori keskin kamayadi va charchashga olib keladi deyshadi. Zaharlanish nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari fikricha mushaklarning ish bajarish natijasida kenotokeinlar vujudga keladi, bu mushaklarni zaharlab ish qobiliyatini pasaytiradi.
Ish jarayonida MNS da sodir bo’ladigan o’zgarishlar uch fazada boradi:
1. Inertsion tormozlanish. Bu xolat ishni boshida kuzatiladi. Uning davomiyligi ishlovchini malakasiga bog’liq.
2. Ishlash qo’zg’alishi.
3. Himoya tormozlanish - ya’ni charchash belgisi.
Ishdan so’ng MNS da sodir bo’ladigan o’zgarishlar:
1. Ishdan so’ngi qo’zg’alish.
2. Tormozlanishni davom etishi.
3. Kuzgalishni tiklanishi.
Kuzgalish va tormozlanish jarayonlari orasida balans hosil bo’lib dominant markaz ishchi organizmini charchashga olib kelmaydigan markaz vujudga keltiradi.
CHarchash diagnostikasi.
Gruppa belgilar vositasida o’tkaziladi. Sub’ektiv belgilar - toliqish bo’lib, uni suroq orqali aniqlanish mumkin.
Ob’ektiv belgilar:
a) bu belgilar organizmning funktsional xolatini o’rganish. Bu ko’rsatkichlar bevosita mehnat gigienasi vrachi ishtirokida olinadi.
b) mehnat unumdorligini o’zgarishi xaqidagi belgilar. Bu belgilarni aniqlashda bevosita injener - texnologlarning ishtirokidan foydalanish.
v) ish unumdorligini sifat va miqdorini aniqlash mutaxassislar hisob kitob yo’li bilan x.
CHarchashni ob’ektiv belgilari: organ va siste’malardagi o’zgarishlar: asab siste’masi, mushak yurak qon - tomir, nafas, analizatorlarda, modda almashinuvi, gumoral o’zgarishlar, boshqarish sistemasida. Misol: pulьs ishning 1 vaqtida 80 ud pererivdan oldin 100 bo’lib juda katta bo’ladi. Agar ishdan avvalgisiga nisbatan 20 da o’zgarsa, demak chora - tadbir ko’rish kuzda tutiladi
CHarchash profilaktikasi.
Umumtexnik tadbirlar: ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlasht\
\irish, ishlab chiqarish tashkillashtirish ilgor usullarni qo’llash, og’ir yordamchi kul ishlarini ozod, dastgox va uskunalarini mukammallashtirish va boshqalar. Bu choralar ma’lum darajada kamaytiradi. Mehnat jarayonini ratsional tashkil qilish. Ishchi xolati va ish bajarish harakatlarini mukammallashtirish,statik ish bajarishni kamaytirish yoki yo’qotish, boshqaruv pulьtida ma’lumot. Xajmini chegeralash mushaklash ishini almashtirib turit, ishga asta - syokinlik bilan ma’lum kirishish ma’lum me’yorda, izchillikda va siste’mali ravishda ish bajarish. TSexdagi sanitariya - gigienik sharoitlarni yaxshilash. Dinamik steriotipni shakllantirish. Mashq va trenirovka. Mehnatni va dam olish tartibini mukammallashtirish. Ijobiy emotsional omillarni yaratish.
CHarchashni tezkor yo’qotish vositalari (ximiyaviy moddalar) bo’lardan o’tkir va uta charchash xollaridan chiqarishda foydalaniladi. Bu hamma nazariyalar gumoral -lokalistik bo’lib, charchashni faqat organ-muskullarda sodir bo’ladigan jarayonlar natijasi deb hisoblanadi. Bu olimlarning fikricha charchashda muskullar kuchsizlanadi va tashqisi xissi paydo bo’ladi, demak charchash bu muskullarni uzidag jarayondir, bu ish davomida ularni hususiyatini o’zgarishidir. Organizmdagi almashish jarayonlarining zamonavii yangiliklarga asoslanib charchash masalasini "kuch yo’qotish" yoki "zaharlanish" sifatida tushintirish noto’g’ridir.
Xaqikatda muskul ishlaganda sarflanadigan asosiy enirgetik modda bu - uglevod (glikogen) va lipidlar. Kattak charchashga olib kelgan 2-3 mm statik ish paytida hamma energetik resurslarning yo’qolishiga aql bovar kilmaydi. Og’ir yoki uzoq davomli ishda qonda qand miqdori katta bo’lib musbatdadir. Yurak va bosh miya tomonidan ite’mol qilinadigan va bu iste’molni o’rni tuldiriladi. Hayvonni ulimga olib keluvchi eng qiyin ishda ham jigarda yetarlicha glikogen deposi saqlanib qoladi. Bu faktorlarning hammasi "kuch yo’qotish" va "zaharlanish" nazariyalarining asossizligini ko’rsatadi. "Zaharlanish" nazariyasi ko’proq qonservativ bo’lib, uni avtorlari charchashni okeil va uglevodlarning o’zgarish natijasida deb hisoblaydi. Veyxordt xatto trenirovkani o’ziga xos bir immunologik jarayon deb hisoblaydi. Uz nazariyasining isboti sifatida u yangi hayvonga qattiq charchagan hayvonning qonini yuborgandan keyin charchashga uxshagan axvolning rivojlanishi deb hisoblaydi.
Ammo narsa tan olmaydi negaki bu yerda charchamagan hayvonni qoni¬ni charchamagan hayvonni qoniga qo’shilsa ham shunday bo’ladi. Bunga sabab bir-biriga begona bo’lgan okeillar birlashishidir. Xill va ularning tarafdorlarini hisoblashicha charchashda asosiy rolni sut kislotasi uynaydi. Ammo sut kislotaga asosiy rolni berish ham to’g’ri emas, chunki ake holda og’ir va statik ishlarda charchashning bir necha minutdan keyin paydo bo’lishini qanday tushinsa bo’ladi. Bundan tashqari amaldagi tajribalar ko’rsatilishi bo’yicha sut kislotaning yigilishi ishni to’xtatadi emas, balki uni stimullab turadi,xudi shuningdek ishning to’xtashi qonda sut kislotaning kamayishiga to’g’ri keladi. Yuqorida keltirilgan nazariyalarning noto’g’riligini bir qator ma’lum faktorlar isbotlay beradi. Masalan:
- Agar barmoq uchlarida ishlayotgan qattiq charchash sodir bo’lsa nerv o’tgan joyga elektrod quyib elektr tok yuborilsa,muskullar qaytadan normal ishlay boshlaydi.
- Xaddan tashqari charchash bo’lganda,muskul ishining bushashi emas balki siqilish va tirishishlar ko’rinishida kuchayishi kuzatiladi.
- Bir qator ruxiy kasalliklarda (katotoniya) statik ish umuman charchokli emas, parkinsonizmda bo’lsa har qanday katta ishlar ham charchokeiz bo’ladi, ya’ni kul va oyoklar tuxtovsiz beixtiyor harakat qilaveradi
Barcha gumoral lokalistik nazariyalarning asosiy va printsipial kamchiliklaridan biri ularning bir taraflamaligi, umumiy hodisani xususiy deb hisoblashi ikkinchi darajali belgilarga asoslanib xulosa chiqarganlaridandir.
Bu avtorlar o’z ishlarida bilishning dialektik metodini asosiy qoydalaridan birini ya’ni tabiatdagi har qanday hodisa, tevarak atrofdagi hodisalar bilan bog’liq holda o’rganilmasligini to’g’ri tushiniladi, degan qoydani e’tiborga olmaydilar. SHuningdek ular Pavlovning organizmning organlari va siste’malarining bir-biriga ta’siri xaqidagi fikrlarini butunlay hisobga olmaydilar. Ular shuningdek organlarning ish faoliyatini koordinatlashtiruvchi kelishtiruvchi - MNS ni rolini buzib ko’rsatadilar. Bosh miyaning markaziy apparatlarida charchash rivojlanishining boshqaruvchisi mavjudligini uz ishlarida N.E. Vvedenskiy va A.A. Uxtomskiy lar uz ishlarida yozgan edilar. Bungacha ham I.M. Sechenov, - "charchashni xis qilish manbai MNS yotadi,bunga sabab miyaning nerv xujayralari uzilishi bo’ladi".-deb charchashning markaziy asab tabiati foydasiga uz fikrini bildirgan edi.
CHarchashni hozirgi mehnat fiziologlari qanday tushintiradilar? Hozirda bizda charchashning markaziy asab nazariyasi qabul qilingan. CHarchash tabiatning mazmunida jismoniy yoki aqliy faoliyat jarayonida MNS sodir bo’ladigan jarayonlar yotadi va bu jarayonda ish qobiliyati pasayadi yoki yo’qoladi. Ammo bo’lar vaqtinchaliq qaytarish mumkin bo’lgan hodisalar, ma’lum bir sharoitlarida izsiz utib ketishi ham mumkin.
CHarchash tabiatda juda murakkab markaziy siste’madan tashqari periferik nerv siste’masi va vegetativ organlarda o’zgarishlar ham uz o’rniga ega. CHarchashning harakteriga qarab ikkiga bo’lish mumkin :
1.Tez rivojlanuvchi birlamchi -o’tkir charchash
2.Syokin rivojlanuvchi ikkilamchi charchash
Birlamchi - o’tkir charchash odatdan tashqari og’ir dinamik yoki statik ishni bajarish paytida paydo bo’ladi.
Ikkilamchi charchash bo’lsa odatdagi, lyokin uzoq davomli ishni bajarish jarayonida sodir bo’ladi
O’tkir charchash paydo bo’layotganda ko’proq yoki kamroq kutilmagan qarshiliklar bilan.duch kelganidandir.
Ikkilamchi charchash paydo bo’lishida organizmda nima sodir bo’lishini bilish uchun ish davridagi barcha vokealarni dinamik steriotip sifatida ko’rish lozim.
Ishni bajarish jarayonida steriotip ish boshida mustaxkam bo’lmaydi,yangi impulьslarning tushishi natijasida nerv jarayonlarining harakatchanligi oshadi,ish qobiliyati ko’tariladi. Bir martali harakatdan so’ng nerv markazlarini uygonishi bir qancha vaqtga saqlanadi. Nerv markazlarining uygonishi bir martalik harakatdan so’ng 40 min. gacha davom etishi mumkin. Lyokin uzoq davomli bir xil ishda bosh miya markazlarida o’zgarishlar paydo bo’la boshlaydi, dinamik steriotipni qayta ishlab chiqish qiyinlashidi, garchi bu qiyinlashish ishni to’xtatib kuymasa ham (o’tkir chirchash singari ), u sezilarli darajada ish qobiliyatini pasaytiradi.
S.A. Kosimov bu holdagi charchashning rivojlanish mazmuni quyidagicha tushintiradi, uzoq davomli ish jarayonida nerv markazlari harakatini oshishi o’rniga nerv jarayonlarining dinamik qontsentratsiyalarining buzilishi sodir bo’ladi. Bu ish harakatlarining tezligining pasayishiga olib keladi, ish sur’atini pasaytiradi. Ish kuni oxirida ish qobiliyatining pasayishi, bosh miyada himoyalovchi tormozlanishning tarqalishi sababli sodir bo’ladi.
Bosh miya makazining charchashdagi ahamiyati quyidagi misol bilan yaxshi ko’rish mumkin. Agar gipnoz xolatidagi kishining kuliga 200 grammlik yuk berib unga bir pudlik bu toshni ko’tarib tushir desak darrov charchaydi. Buni teskarisini ham qilish mumkin, demak char¬chashning paydo bo’lishida asosiy rolni MNS uynar ekan. CHarchashning tabiatini faqat organizmning bir butunligi printsipidan kelib chiqkan holdagina to’g’ri tushinish kerak. MNS o’zgarishlari uning faoliyati jarayonida paydo bo’lib uning natijasida ish qobiliyatini tushintirish mumkin.
I.P. Pavlov charchashni nerv siste’masi va qo’zg’alishlar sodir qiluvchi jarayon deb hisoblangan. Demak kishining charchashi butun bir jarayon bo’lib, biologik mazmuni pustlok himoyaviy reaktsiyasi bo’lsa fiziologik jixatdan avvlambor bosh miya markazlarida shi qobilyatining chegaralanishidir, Endi toliqish hodisasini kurib chiqamiz? Tolikish bu uzi nima? Bu charchashga olib keladigan o’ziga xos bo’lgan xis qilish. Tolikish - bu charchashning sub’ektiv tomoni. CHarchash bilan toliqishni farqi shundaki, bir xollarda kishi ish qobilyati sezilarli pasayadi, uzini tolikkan deb bilmaydi. Boshqa xollarda teskari -bir xildagi ishni bajarishda kishi hali charchashning ob’ektiv va sub’ektiv orasidagi tushunarli ajralish deb karaladi. ( S. I. Kalun).
V.V. Rozinblat ma’lumotlariga ko’ra charchash va toliqish xisi ko’rsatkichlari orasida statik ish davrida ajralish mavjud bo’lar ekan. Xush bu ajralishni qanday tushinish mumkin? Birinchidan charchash bilan toliqish o’rtasidagi farqni harakatlantiruvchi apparatlardan tashqaridagi jarayon deb hisoblash mumkin. Ikkinchidan toliqish xissining asosi charchashdagi hamma kompleke jarayonlar emas balki ayrimlari deb taxmin qilish mumkin.
Lekin umuman olganda gap faqat turli nerv markazlari ustida barmoqdd xolos. Ko’p xollarda aqliy va jismoniy ishda emotsional taranglik sodir bo’ladi. Demak, fiziologik nuktai nazardan aqliy va muskullardagi charchashga nisbatan farqli ham hisobga olish zarur.
CHarchash profilaktikasi va uni oldini olishda dinamik steriotipi.
Mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil qilishni ahamiyati.
Uzok davomli ishdagi charchash bu xayotiy faqat, bunga qarshi ko’rashish zarur va muxim - charchash rivojlanishning oldini ola bilmoq lozim. CHarchashning oldini olish yo’llarini bir necha guruhlarga bo’lish mumkin. Umumtexnikaviy, gigienik va fiziologik.
1.Umumtexnik tadbirlar.
Ko’plab texnik,tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar tufayli kishi mehnati kam charchokni va kuprok unumdor bo’lmoqda: mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish shu tadbirlarga kiradi.
2. Mehnatning sanitar-gigienik sharoitlarini yaxshilash.
3.CHarchashning fiziologik ogohlantirish vositasi. Bu vositaning vazifasiga ma’lum ishlab chiqarish faoliyatida doimiy yuqori ish koiliyatini saqlash kiradi.
Fiziologik tadbirlar o’z ichiga oladi.
a) Mehnat jarayonini rotsional tashkil etishni
b) Dinamik mehnat steriotipni ishlab chiqarishni
v) Mashqlar bajarish va trenirovka qilishni
g) Dam olish va mehnatning rotsional tartibini tuzish.
Mehnat jarayonlarini ratsional tashkil qilish. Ish harakatlarini ixchamlashtirish. Xarakatlar gavdaning fiziologik va anotomik hususiyatlariga to’g’ri kelishi kerak. Ish ritmi va meyorini to’g’ri tanlash dinamik steriotip ishlab chiqarishning yaxshi asosi bo’lib xizmat qiladi. Bu narsa uchunishning izchilligi va siste’maligi ham rol uynaydi. Yana shu bilan birgalikda kishining uz mehnatidan keladigan foydani bilish ham katta ahamiyatga ega. Dinamik steriotip - shartli kuzatuvchilarning ma’lum izchillikda va ma’lum vaqt oraliqlarida ko’p martali takroriy ta’siri natijasida paydo buluvchi barqaror va uyg’unlashgan reflekelar sistemasi.
Bu kishining mehnat faoliyatida dinamik steriotipning roli. Biz dinamik teriotipning ish jarayonidagi rolini yaxshi bilib olishimiz zarur mehnat faoliyati natijasida kishida doimo dinamik steriotip ishlab chiqiladi, ya’ni organizmda hamma narsa hisob-kitob qilingan jarayonlar siste’masi paydo bo’ladi.
Dinamik steriotipning fiziologik mazmuni. Dinamik steriotip tufayli faqat ayrim markazlarda emas, balki butun bir organlar jipslashgan hisob - kitob qilingan holda ishlaydi. SHunisini unitish kerakki dinamik steriotip sog’lom va yosh kishilarda tez paydo bo’ladi. Kariyalarda esa juda mustaxkam va o’zgarishi juda qiyin bo’ladi. SHu bone ham yoshlarga ixtisos almashtirishni qo’rqmasdan tavsiya bersa kariyalarga bo’lsa buni qilishdan oldin uylab ko’rish kerak.
CHarchashni oldini olishda mashqlar va trenirovka ham katta rol uynaydi. Trenirovka jarayoni uz ichiga organizmning turli siste’malarida ish qobiliyatlarini oshirish va vazifalarini bajarishdagi koordinatsiyalarni yaxshilashni oladi.
Mashqlarni rivojlantirishda 3 stadiyani ajratish mumkin:
a) Boshlang’ich - past ish qobiliyati stadiyasi -daminant markaz shakllanishning birinchi stadiyasiga to’g’ri keladi
b) Utish - dominant markaz shakllanib bo’lgan stadiya
v) Ohirgi - mustaxkam dinamik steriotip shakllangan stadiya Demak mashqning fiziologik mazmuni shundaki u harakatli faoliyatni yaxshilash, harakatlantiruvchi dinamik steriotipni ixchamlashdir.
Mashqlar boshida, zaruriy koordinatsion aloqalar endi vujudga kelayotgan paytda ikkinchi signal siste’masi katta rolь uynaydi. Mashq oxirida bu ishtirok kamayadi mashqlarning uchinchi stadiyasida harakatlarni avtomatlashtirish ishlab chiqiladi, ya’ni har bir harakatga o’rganib qolish kerak bo’ladi. SHunday kilib mashqlarning harakterli taraflari shundaki u ish qobiliyatini pasayishini oldini olishga qaratilgan. Mehnat va dam olish rajimi - bu tadbir charchashni oldini olishda katta rolь uynaydi. Mehnat va dam olish muammosi mazmuniga juda ko’p misollar keladi. Bu avvalombor ish kunini belgilari danaffuslarning o’rni-o’rniga kuyish va bunda kishining xafta davomida ish qobiliyatining bir xil bo’lmasligini hisobga olish zarur.
Yana shu narsani takidlash kerakki ish kuning qancha davom qilishi ham katta ahamiyatga ega. SHu boisdan ish kunini qisqartirish uchun bunga bo’lgan ko’rash va bu ishchilarni uz xukulari normal turmush uchun olib borgan ko’rashlarining bir qismidir. Ish kuni hozirda bir kunlik ish xaftasida 7 soatga, 5 kunlik ish xaftasida 8 soatga tengdir. Ammo ish sharoitlari og’ir va sog’lik uchun zararli bo’lgan joylarda ish kuni 6 soat (er osti ishlari), 5 soat (rentgenolog), 4 soat (yuqori darajadagi bosimda ishlovchilar). Xaftalik ish rejim xaqida gapirib turib, 5 kunlik ish xaftasini rotsionalligini takidlash lozimdir. Lekin hamon 5 kunlik ish xaftasining og’ir sharoitli va qiyin jismoniy ishlarga tavfsiya qilish masalasi ochiqligicha komoqda. Mehnat va dam olish tartibni ishlab chiqishning asosi fiziologikdir. Lyokin baribir bu muammoustida ishlaganda faqat fiziologik ko’rsatkichlar bilan qolmaslik darkor. Ulardan tashqari ko’rsatkichlarni (bo’lar mehnat va dam olish tartibini ishlovchilarning sog’ligiga ta’sirini harakterlaydi). Iqtisodiy ko’rsatkichlarni (mehnat unumdorligini va samaradorligini harakterlovchi ).
Amaliyotda hozir mehnat va dam olishning 2 xil shakli:
1. Umumiy,bu keng tarqalgan bo’lib ish kuni davomida faqat ovqat qilish uchun tanaffus qilinadi.
2. Bunda,hali keng tarkamagan,ish kuni davomida tushlikdan tashqari bir qancha tanaffuslar qilinadi.
3. Bu ikki shakl ham bir butun tartib siste’maga kiradi va ular bir-biri bilan bog’liqdir,chunki tushlikdagi tanaffuslarning vaqtidan kay vaqtda bo’lishidan qolgan tanaffuslar bog’liq bo’ladi.
Tushlik tanaffusi odatda ish kunining o’rtasida bo’lib 40-60 min davom etadi. Tanaffusiing bunday joylashishiga uzoq davomli ish davomida bir dam olib olish miqyosida,ish qobiliyati pasayishining oldini olish maksadida, qolaversa bu paytda qorinni tuydirib olishga zarurat tug’ulishi sabab bo’ladi. Agar umumiy tanaffus keng tarqalgan bo’lsa,qisqa qo’shimcha tanaffuslar ishlab chiqarishda hali uncha tarqalmaganligi sababli uning qulayligi va foydaliligini isbotlash darkor, chunki uning cheksiz ishlab chiqishi va fiziologik imkoniyatlariga hamma yerda ishonmaydilar.

Keng tanaffuslarning foydasi shundaki,ularning qisqaligi mavjud ish ustanovkasini,harakatlar darajasi va koordinatsiyani saqlab qolishgina emas,balki ularni yangi darajaga olib chiqish imkoniyatini beradi. Effektiv bulmogi uchun bu kichik tanaffuslarni joylashtirish joyi va vaqti bu amaliyotning vazifasi. Ko’plab mualliflar asablarni tarang qiluvchi,barmoqlarning noziq haraktlarni talab qiluvchi ishlarda kichik tanaffuslar tez-tez, lekin qisqa (3-5min) qilishni jismoniy kuchga ko’p talab etuvchi ishlarda esa onda-sonda kichik tanaffus ammo uzoq davomli qilish makeadga muvofiqligini ta’kidlaydilar. Tanaffus vaqtini va joyini belgilashda ish kuni davomidagi organizmning fiziologik reaktsiyalari natijasida ish qobiliyatining pasayib borishi e’tiborga olinadi. Fiziologik o’zgarishlarni va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini dinamikasi asosida ish qobiliyatini pasayishi momentlarini topib olish mumkin. Bundan tashqari fiziologik va ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga asoslanib turli tuzib undan ekeperimentlar orqali eng qulay va foydalisi tanlab olinishi mumkin.


Qishloq xujaligida rotsional rejimni belgilash eng muxim masalalardan biri,negaki bu o’zgarishga xos bo’lib sanoat korxonalaridan butunlay farq etadi. Qishloq xujaligi mehnatini harakterli belgilaridan biri uning turli tumanligi mavsumga qarab eqiladi. SHu bois sanoatda qo’llaniladigan usullar qishloq xujaligida yaramaydi.
Favqulotda ish tartiblari yoki boshqa shosholinch holdagi ish olish rejimi kam o’rganilgan masalalardan biridir.
SHunday kilib mehnat va dam olish rejimi butun bir kompleke muammodir va uz ichiga: ishga va dam olishga ketadigan vaqtni normallashtirish :tanaffuslar sonini va vaqtini hamda joyini aniqlash,dam olishni aktivlashtirish va bunga og’ir sharoitli va sog’likka zararli ishlar mehnat va dam olish rejimini ishlab chiqish,ishni tashkil qilishni yangi shakllarini topishlarini oladi. Hozirda 6,5 mingta kasb mavjud, 600ga yaqin mehnat va dam olish rejimi ishlab chiqilgan. Mehnat va dam olish rejimi muammosini ichiga mehnatning o’ziga harakteri masalasi ham kiradi. Dam olish faol bo’lishi kerak, bir harakat bilan boshqa harakat qo’shilib ketmogi lozim bunda gap aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan va jismoniy mehnatni aqliy mehnat bilan almashtirish xaqida keyapti. Bunday dam olishlar xayotga buyuk olimlarni beradi va kishiing xayotini oxirigacha uzining ulkan ish qobiliyatini saqlab qoladi.
Bu xayotda ko’plab tasdiklangan narsani fiziologik jixatdan I.M. Sechenov tushuntirib, izoxlab berdi. U dam olishni tashkil qilishni rotsional printsiplaridan birini ishlayotgan harakat organlarining aimashinib ishlash printsipini -ishning effektivligi oshirish vositasi sifatida ishlab chiqdi. Keyinchalik Sechenov printsipi faol dam olishni kiritishning barcha amaliy tadbirlarga asos bo’lib xizmat qiladi Sechenov tomonidan yana shunisi aniqlandiki, charchagan muskullar tinch xolatidagiga qaraganda boshqa muskullar ham ishlasa yaxshi dam oladi.
Bu fenomenni ocha turib,u mexanizmning boshlangich zvenosi muskul retseptorlarini ish jarayonida nerv markazlariga impulьslar yuborishi va u yerda yangi markazlar paydo bo’lishiga olib keladi. Induktsiya qonuni bo’yicha charchagan markazlar tormozlanishini kuchaytiradi va bu bilan ularning qayta tikanishini tezlashtiradi. Xuddi manna bu induktsion tormozlanish jarayonini kuchaytirish o’zida Sechenov finomining asosiy mexanizmini namoyon etadi. Qolgan boshqa mexanizmlar ma’lum ahamiyatga ega. Ohirgi yillarda ko’rsatilganlardan taщkari jismoniy pauzalar kiritilishi dam olish mazmuniga avtogen mashqlar sianslari kiritiladi. Bu psixologik charchashning yo’qotish elementlaridan biridir. Buning uchun maxsus psixologik xonalar tashkil qilinadi. Bularda ish qobiliyatini tiklash uchun optimal sharoitlar yaratiladi: qisqacha aytganda bu yerda hamma shart-sharoitlar tula bushashib, dam olib qayta tiklanishga muljallab yaratilgan.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling