Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning gelmintoovoskopik tekshirish.
5. Suv harоratini aniqlash51
Suvning хarоrati gigiеnik va fiziоlоgik jihatdan katta ahamiyatga ega. 7-120C harоratli ichimlik suv оdamga rоhat bag’ishlaydi. CHo’milish uchun ajratilgan suv хavzalarida suvning harоrati 22-260C bo’lishi zarur. Suvning harorati 15 C dan yuqori bo'lganda odamni tetiklantiruvchi hususiyati kamayib boradi. 5Cdan past bo'lsa, shamollash kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ayniqsa suvning harorati jismoniy tarbiya o'tkazishda katta ahamiyatga ega. Suvning optimal harorati mikroblar ko'payshiga imkon yaratadi. Suvning harorati suv haroratini o'lchaydigan alohida termometrlar bilan aniqlaniladi. Suvning qattiqligining sanitariya gigienik jihatdan ahamiyati qattiq suvda sabzavot mahsulotlari jumladan loviya, no'hot,moshhamda go'sht va h. yahshi pishmaydi. Choy yahshi damlanmaydi, ta'mi yomonlashadi. qattiq suvni qaynatganda ko'p miqdorda quyqa qoladi.Kir matolarni qattiq suvda yuvish qiyindir, sovun yahshi ko'pirmaydi, qattiq suvni surunkasiga iste'mol qilganda ovqathazmqilish hamda shira ajratuv a'zolarida qar hil patologik holatlar kelib chiqadi. Suvning qattiqligi asosan kalьciy hamda magniy birikmalarining suv tarkibida erigan holda me'yordan ortiq bo'lishidir. Suvning qattiqligi graduslarda yoki mg ekv/l larda ifodalanadi. 1 mg ekv/l - 2,8 grad. qattiqlikka to’g’ri keladi. 8-10 grad. bo'lganda yumshoq, 10 dan 20 grad.gacha o'rtacha qattiq, 20 grad.dan yuqorisi qattiq suv hisoblanadi. Amaliyotda suvning qattiqligi bir necha turdan iborat, jumladan: a) umumiy qattiqlik: qaynatilmagan suv qanday anionlar bilan boqlanganligiga qaramasdan, tarkibidagi erigan kationlar Ca hamda Mg( ba'zivaqtda Fe , Мn, Аl) yiqindisi tufaylidir. Tuproqning gelmintoovoskopik tekshirish. Gelmintoz kasalliklarning ortib borishi kupincha tuproq muhitining gelmint tuxumlari va uning rivojlanish boskichidagi holatlari bilan ifloslanishga bog’liqdir. Kup holatlarga tuproqmuhitining bunday ifloslanishi aholi o'rtasida sanitariya madaniyatining past darajada ekanligi, aholi yashash joylarning sanitar obodonlashtirilishi va tazalalanishi past darajada ekanligi, yashash joylari va atrofda uy hayvonlarining boqilishi, daydi kuchuk va mushuklarning aholi yashash joylarida nazoratsiz ko'payishi kuzatilishi mumkin. Eng yuqari darajadagi epidemiologik havf-hatar geogelmentlar bilan bog’liq bo'lib, lichinkalik boskichgacha bulgan rivojlanish davri asosan tuproqmuhitida eng muvofiqharorat - namlik shroitida kechadi (askarida, qil boshli va eng gijja). Tuproqning gelmintlar bilan ifloslanishi ko'p darajada bolalar va tuproq bilan tez-tez kantaktda bo'ladagan kishilar uchun katta havf tug'diradi (qishloq ho'jalik ishlari). Shuning uchun bolalar muassasalari, bolalarning o'yin maydonchalari, dam olish joylarini tashkil qilish, sabzavotlarni etishtirish uchun joy tanlashda shu joydagi tuproq albatta gelmint-skopik tekshirishdan o'tkazilishi shart. Gelmintovoskopik tekshirishlar uchun tuproq namunasini olish tuproqning ham yuza va hamchuqur qatlamlaridan olinishi lozim (tomorqayerlarida).52 Gelmintoskopik tekshirishlarni o'tkazish. 10gramm maydalangan tuproq?a 20ml 5%li natriy ishqori eritmasi qo'shilib shyuttel apparati yoki qo'lda bir soat davomida aralashtiriladi. Bu vahda tuproq zarrachalari bo'linadi va uning tarkibidagi gelmint tuhumlari ajraladi. hosilqilingan aralashmani centrifugali probirkalarga solinadi va 2-3 dahiqa davomida 2000-3000 tezlikda aylantiriladi. Keyin probirkalardan ishkoriy eritma to'kiladi va uning o'rniga natriynitrat yoki natriy hloridning tuyingan eritmasi solinadi, aralashtiriladi va yana centrifugalanadi; bunda gelmint tuhumlari eritmasi yuzasiga qalqib chiqadi va sirtki plyonka hosilqiladi. Shpric va uning ninasi yordamida probirkaga to'yingan eritmadan probirka devori buylab asta-sekin probirka yukorisidan suyuqlikda havariq yuza (menisk) hosil bo'lguncha qo’shiladi. Keyin yog’sizlantirigan predmet oynachasini juda tezlikda tekkiziladi va 5 dahiqaga qildiriladi. Gelmint tuhumlari bu vaqtda predmet oynachasiga yopishadi. 5 dahiqadan so'ng predmet oynachasini tez harakat bilan probirka yuzasidan olinadi, yop?ich oynacha bilan yopiladi va mikroskopning kichik kattalatkichi yordamida ko'riladi.probirka yuzasidagi plenkani olish 2-3 marta bajarilishi kerak. Preparatni gelmint tuhumlari bor bo'lganda, mikraskop ostida dumalok yoki oval shaklida tuhumlar kurinadi, uning ichki qismi tuhumning zichlangan qismi hisoblanib, chuvalchang shaklida va yaltiroq rangdabo'ladi. Namunadagi gelmint tuhumlarining soni sanalgandan so'ng, uni olingan qiymatni 1 kg tuproqqa aylantirish uchun 100 ga ko'paytiriladi. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling