Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar.
- Tayanch so’z va iboralar
Bakteriyalar— xlorofildan mahrum bo'lgan bir hujayrali organizmlardir. Bakteriya hujayrasining o'rtacha kattaligi 2—6 mkm bo'ladi. Bakteriya uning shakli, katta-kichikligi turlicha bo'lib, tashqi muhit omillari ta'sirida o'zgarishi mumkin. Uning bu xossasi polimorfizm deyiladi. Shakliga ko'ra barcha bakteriyalar uch guruhga bo'linadi: sharsimon tayoqchasimon burmal.
Sharsimon bakteriyalar yoki kokklar deyiladi (lotincha coccus — maymunjon, yumshoq mevalar), ularning diametri 0,5—1 mkm bo'ladi. Ular sharsimon, nishtarsimon, sham alangasiga o'xshash, loviyasimon shaklda bo'ladi. Kokklar bo'lingandan so'ngjoylanishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: mikrokokklar (lotincha micros—kichkina) hujayralar turli xil tekisliklarda bo'linadi va alohida-alohida joylashadi, diplokokk (loitncha diploos—ikkita) hujayra, bir tekislikda bo'linib ikkitadan joylashadi, ularga pnevmokokk, gonokokklar kiradi. Streptokokklar (lotincha sireptos—zanjir) hujayralar bir tekislikda bo'linadi va ajralmasdan zanjirini hosil qiladi. Nazorat uchun savollar. 1.Mikrobiologiya so’zining ma’nosi nima? 2.Bakteriyalar nimalardan maxrum bo’lgan organizmlar? 3.Xivchinlar qanday vazifani bajaradi? 4.Sporalar joylashishiga ko’ra necha hil bo’ladi? 5.Mikroorganizmlar xujayrasi qanday tuzilgan? 6.Mikrobiologiya fani nimani o’rganadi ? 7.Mikrobiologiya fanining qanday tarmoqlarini bilasiz? 8.Sanoat mikribiologiyasining ahamiyati haqida aytib bering. 9.Yuqumli kasalliklarga tashxis qo’yishda mikrobiologiya fanining ahamiyati qanday? 10.Mikrobiologiya faniga hissa qo’shgan qaysi olimlarni bilasiz? 11.Qaysi o’zbek olimlari fanga ulkan hossa qo’shgan? Tayanch so’z va iboralar: 1 Treponema — zaxm qo'zg'atuvchi 2.Borrelia — endemik va epidemik qaytalama tif qo'z-gatuvchisi, 3.Leptospira — leptospiroz (suv isitmasi) qo'zg'atuvchisi. 4.phago — yutaman; 6. cytos — hujayra; 5.Fagositoz-bakteriyalarni organizm himoya hujayralari tomonidan yutish jarayoni; odam mikroflorasi o'zgarishini o'rganadi; 7.Antitelo-antigen ta’sirida hosil bo’lgan immuniglobulin modda; 8.Diplokokk -loitncha diploos—ikkita, hujayra, bir tekislikda bo'linib ikkitadan joylashadi; 9.Sarsina -lotincha sarcio —biriktiraman, hujayralar uchta perpendikular tekislikda bo'linadi . 10.Vaksina-lotincha vassa—sigir; 11. Virusologiya -viruslar haqidagi fan; 12.Protozoologiya -sodda jonivorlarni o'rganadi; 13.Mikologiya -zamburug'larni o'rganadi; 14.Immunologiya -organizmda sodir bo'ladigan himoya jarayonini o'rganadi; 15.Sanitariya mikrobiologiyasi -tashqi muhitda hayot kechiruvchi mikroorganizmlarni o'rganadi; 16.Kosmik mikrobiologiya - kosmik sharoitlarning mikroorganizmga ta'siri va kosmosda odam mikroflorasi o'zgarishini o'rganadi; 17.Antitelo-antigen ta’sirida hosil bo’lgan immuniglobulin modda; 18.AKDS vaksini-qoqshol,ko’kyotal,bo’g’ma kasalliklariga qarshi emlash uchun ishlatiladigan vaksina. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling