Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


ETIOLOGIYaSI ANIQLANMAGAN OVQATDAN ZAXARLANISHLAR


Download 3.23 Mb.
bet131/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

ETIOLOGIYaSI ANIQLANMAGAN OVQATDAN ZAXARLANISHLAR.
Alimentlar – paroksizmal – toksik mioglobinuriya – kasalliklarini kelib chiqishida dunyoning turli mamlakatlarida baliq mahsulotlarini iste’mol qilishga bog’liq holda yuzaga kelib turadi. Kasallikka chalinganlarning deyarli barchasida mushaklarning alimentlar distrofik va nekrotik o’zgarishlari rivojlanadi, buyrak funktsiyasi izdan chiqadi, MNS funktsiyasi o’zgaradi. Kasallikning eng asosiy klinik belgisi qatoriga mushaklarda to’satdan yuzaga keladigan kuchli og’riq huruji, mioglobulinuriya. Tabiatdan zaharli bo’lmagan baliqlar (huka, okun, sudak) da zaharlik xususiyatini ro’yobga kelishi fitoplanktonlarga oid ovqatli mahsulotlarning xususiyatlarni o’zgarishi bilan tushintiriladi. Ammo, bu zaharli moddalarning tarkibi va xususiyati aniqlangan emas.
«Ovqatdan zaharlanishlarda sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarida uning kelib chiqishi sabablarini tekshirish hisobga olinadi va laboratoriya tekshiruvlarini o’tkazish haqidagi INSTRUKTSIYa» ga muvofiq tibbiy yordam ko’rsatgan vrachga unga birlamchi tashxis qo’ygan yoki ovqatdan zaharlanishga shubha qilgan shifokor quyidagilarni bajarishi shart:
Telefon, telegraf yoki biror xodim orqali sanitariya-epidemiologiya stantsiyasiga shoshilinch xabar yuborish kerak.
Ovqatdan zaharlanish aniqlangandan so’nggi 12 soat mobaynida kasallik haqida shoshilinch xabarnoma (ekstrennoe izvehenie) yuborish lozim, bunday xabarnoma № 58 hisobot shaklida bo’lib, tuman DSENM ga kasallik aniqlangan aniq manzilgoh to’g’risida ma’lumot berish uchundir.
Kasallikning keltirib chiqargan ovqat mahsulotini yoki shubha qilingan mahsulot iste’moldan chetlatilishi va keyinchalik bu mahsulotning tarqatilishi taqiqlanadi.
SHubhali ovqat qoldiqlari, qusiq – materiallari (oshqozon yuvilgan suv), najas, siydiklar to’planadi va lozim bo’lganda bemordan qon olib gemokultura uchun ekiladi.
Bakterologik tekshiruvlar uchun namunalar og’zi keng shisha idishlarga olinib, ularning og’zini zich berkilishiga e’tiborni qaratish kerak, olingan namunalarning hajmi 200-300 ml. miqdorida bo’lib, pergament qog’ozga o’raladi, ustidan kanop yoki rezina bilan bog’lanadi. Konserva qoldiqlari topilgan hollarda ovqat qoldig’i shu idishning o’zida laboratoriyaga jo’natiladi.
Najas namunalarni olishda imkoni boricha eng oxirgi najas namunasi bo’lgani ma’qul (5-10 gramm). Agar najasda shilliqlar, yiring, qon qoldiqlari yoki izlari bo’lsa ularni ham albatta namunaga kiritish lozim bo’ladi.
Qusiq namunalari (50-100 ml.), oshqozonni yuvish suvlari (100-200 ml.) miqdorida har bir jabrlanuvchidan olinadi, lekin namuna olish ba’zibir dori-darmonlarni iste’mol qilinishidan ilgari olinishi shart.
Tomoq va burunlarda surtma olishda sterillangan paxtali tamponlardan foydalaniladi. Namunaga yorliq yopishtiriladi, nomerlanadi va muhirlanadi. Har bir namuna idishda olingan materialning nomi, namuna olingan bemorning I.F.SH. olingan vaqti ko’rsatiladi. Bakteriologik tekshirishlar uchun namunalarni 4-60S haroratda bir kundan ortiq saqlash mumkin emas.

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling