Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
SUTNING SIFATLILIGINI BAHOLASH uning organoleptik, fizikaviy, kimyoviy va mikrobiologik ko’rsatkichlari orqali amalga oshiriladi.
Sutning organoleptik ko’rsatkichlariga rangi, hidi, ta’mi, konsistentsiyasi kiradi. Sifatli sut oq va biroz sarg’ish rangda, o’ziga xos yoqimli ta’mga, yoqimli "sutli" hid va suyuq konsistentsiya (ammo suvga o’xshash emas) ga ega bo’ladi. Fizikaviy xossalariga - uning solishtirma og’irligi yoki zichligi, yog’larning miqdori va mexanik aralashmalarning borligi kiradi. Kimyoviy sifat ko’rsatkichlariga - uning yangiligi, sutni qalbakilashtirish maqsadida qo’shiladigan kimyoviy aralashmalarning (soda, kraxmal) borligi kiradi. Mikrobiologik ko’rsatkichlariga, sutdagi mikrofloralar va ularning xarakterini kiritish mumkin. Sutning ko’rsatilgan ko’rsatkichlarini tekshirishda qo’llanadigan asosiy usullar jadvalda keltirilgan:
Go’shtning sifatliligini baholash quyidagi organoleptik ko’rsatkichlarni (rangi, hidi, konsistentsiyasi, sho’rvasining ta’mi), kimyoviy ko’rsatkichlarni (ammiak, vodorod-sulfid, o’t kislotalari), mikrobiologik (gelmintlarning borligi) ko’rsatkichlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Go’shtning sifatlilik ko’rsatkichlari 25 balli tizim bo’yicha baholanadi, ya’ni ballar yig’indisi 21-25 ballni tashkil etsa, go’sht yangi, yig’indi ballar 10-20 ballni tashkil etsa -ishonchli bo’lmagan yangi go’sht, eskirgan go’shtda esa - 10 balldan past bo’ladi.
Konservalarning sifatliligini baxolash. Konservalarning sifatliligini quyidagi ko’rsatkichlar bilan tekshiriladi:
Banka tublaridagi shtamp belgilarni o’qish uchun misollar; Banka tubidagi shtamp belgilar: MM 232 122A37 O’qish:1 - qator : MM - go’sht - sut sanoati indeksi; 23 - zavod nomeri; 2 - chiqarilgan yilning oxirgi raqami (2002 y); 2-chi qator: 1 - smena raqami; 22 - oy sanasi; A - oy indeksi (A-yanvar, B-feral va x.k.), 37 mahsulotning assortiment raqami. "37 assortiment raqamli go’shtli konserva №23 zavodda chiqarilgan, 1 smena, 22 yanvar 2002 yil". Talabalarning mustaqil ishi uchun topshiriq: 1.Tavsiya etilgan suv namunasining sifatliligini baxolashni o’tkazish (rangi, xidi, konsistentsiyasi, ta’mi, zichligi, yangiligi, qo’shilmalarning bor-yo’qligi); 2.Tavsiya etilgan go’sht namunasining sifatliligini baholash (rangi, xidi, konsistentsiyasi, ammiak uchun namuna, gelmintlarning bor-yo’qligi). Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling