Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


MAVZU: "ORGANIZMNING S - VITAMINI BILAN TA’MINLANGANLIGINI O’RGANISH VA BAHOLASH"


Download 3.23 Mb.
bet125/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

MAVZU: "ORGANIZMNING S - VITAMINI BILAN TA’MINLANGANLIGINI O’RGANISH VA BAHOLASH"
(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlari)
MAVZUNI ASOSLASH: vitaminlar organizmdagi metobolizm jarayonlarini boshqarib turishda muhim rol o’ynaydi. Ularning oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yetishmasligi organizm funktsiyalarining chuqur va ko’p hollarda uzoq muddatlarda ishdan chiqishiga sababchi bo’ladi.
Mashg’ulotning o’quv maqsadi: talabalarni sog’lom odam organizmining S-vitamini bilan ta’minlanganligini baholash usullariga o’rgatish ("S" vitaminining mgG`soatlik siydik ekskretsiyasi bilan aniqlash va Nesterov namunasini qo’yish orqali baholash usullariga o’rgatish.
MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI:
1.Vitaminlarning ovqatlanishdagi ahamiyati, vitaminlar manbai bo’lgan asosiy maxsulotlar.
2.Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanganligini baholash usullari:
-"S" vitaminining siydikdagfi mg/soatlik ekskretsiyasini aniqlash;
-badan terisi kapillyarlarining rezistentligini aniqlash (Nesterov namunasi)
Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar:
1.Vitaminlar haqida tushuncha, ularning fiziologik roli va tasnifi
2.Yog’da eruvchi vitaminlar va ularning manbalari
3.Suvda eruvchi vitaminlar va ularning manbalari
4.Gipo - va avitaminozlar haqida tushuncha
5.S - gipovitaminozi vitamin tanqisligining eng muhim bir shakli ekanligi.
MASHG’ULOTNING MAZMUNI
Vitaminlar ovqatning muhim qismi hisoblanadi. Odamning ovqat ratsioni tarkibida ularning miqdor jihatdan juda kam bo’lishiga qaramasdan organizmda bir qator muhim vazifalarni bajaradi (Talabalar vitaminlarning fiziologik roli haqidagi ma’lumotlarni biokimyo kursini o’zlashtirish davomida ma’lumot olganlar, shuning uchun vitaminlarning organizmdagi rolini talabalarning o’zlari eslariga olishlari talab etiladi). Vitaminlar tabiati bo’yicha yog’da va suvda eruvchi guruhlarga bo’linadi. Yog’da eruvchi vitaminlarning asosiy manbalari bo’lib, suv va sut mahsulotlari, saryog’, o’simlik yog’lari, go’sht va go’sht mahsulotlari hisoblanib, bu mahsulotlarda vitaminlar yog’da erigan holda uchraydilar. Suvda eruvchi vitaminlarning manbalari esa, sabzovotlar va mevalar hisoblanadi (S vitamini, provitamin A, vitamin RR va b.q.), hamda don mahsulotlari, drojjalar (V guruhidagi vitaminlar). Ayrim vitaminlar odam organizmida yetarli sharoitlar mavjud bo’lsa sintezlanish xususiyatiga ega (mas.vit.D - badan terisiga UBN ta’sir etganda), vitamin A -organizmga karotin iste’mol qilinganda, vit.V12 - ichaklardagi floralar normal funkiya bajarganda). Organizmga vitaminlar yetarli miqdorda tushmaganda yoki sintezlanmaganda gipovitaminoz holati yuzaga keladi, vitaminlarning amalda to’liq tushmasligi oqibatida avitaminoz holati kuzatiladi. Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida ko’pincha poligipovitaminoz holatlari qayd qilinadi, ammo gipovitaminozlar ichida eng ko’p uchraydigani S gipovitaminozidir. Bu birinchi navbatda boshqa vitaminlarga qaraganda organizmning talabi "S" vitaminiga bo’lgan ehtiyoji yuqoriroq bo’lsa, ikkinchidan ovqat mahsulotlariga noto’g’ri termik ishlov berilishi natijasida ular parchalanib ketishi mumkin. O’rta yoshdagi odam organizmi uchun "S" vitaminiga bo’lgan kunlik ehtiyoj 60 dan 120 mg gachani tashkil qiladi. Seminarning yakunida o’qituvchi aholining ovqatlanish sifatiga baho berilganda, Butun Dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etiladigan ovqat tanqisligiga doir klinik belgilarni, shu jumladan organizmning u yoki bu organi yoki sitemasini kuchli jarohatlamay aniqlanadigan tekshirish usullaridan foydalanish lozimligi haqida tushuntirish qiladi. Ana shunday oddiy biokimyoviy va fiziologik tekshirishlar qatoriga organizmning S vitaminiga bo’lgan ehtiyojini qanday qondirilayotganligini tekshirish usullarini kiritish mumkin.
1.S vitaminining siydikdagi mg/soatlik ekskretsiyasini aniqlash.. Vitamin S bilan organizm normal ta’minlanganda, uning bir qismi peshob (siydik bilan chiqariladi) va uning odatdagi miqdori 1 mgG` soatdan past bo’ladi. Bu ko’rsatkich S vitaminining siydikdagi mgG`soatlik ekskretsiyasi deyiladi., Uni aniqlash uchun ertalabki ikkinchi siydik namunasi olinadi, buning uchun birinchi siydik chiqarilgandan ikkinchi namuna olinguncha ketgan vaqt hisoblanishi kerak va siydikning hajmi aniqlanishi lozim. Namunadan 2 ml olib, konussimon kolbaga solinadi, 5 ml 5% li sirka kislotasi qo’shiladi va 0,001 n. Tilmans bo’yog’i (2.6 - dixlorfenol indofenol) bilan 1 daqiqa davomida o’zgarib ketmaydigan och pushti rang hosil bo’lguncha titrlanadi. S vitaminining mgG`soatlik ekskretsiyasi quyidagi formula bilan hisoblanadi.

( A - V ) x K x 0,08 x V


X =----------------------------- mg/soat, bu yerda
T x 2

A - siydikni titrlash uchun ketgan Tilmans buyog’ining ml. dagi miqdori


V - nazorat namunasini titrlanga ketgan bo’yoqning ml. dagi miqdori
K - Tilmans bo’yog’i uchun to’g’rilash koeffitsienti; buni tajribadan oldinroq aniqlash kerak, buning uchun 1 ml Tilmans bo’yog’i 0,08 mg askorbin kislotaga to’g’ri kelishini titrlash orqali aniqlash lozim.
0,08 - 1 ml 0,001 n Tilmans bo’yog’i bog’laydigan askorbin kislotasining mg dagi miqdori
V - siydik namunasining umumiy xajmi
T - birinchi siydik chiqarishdan ikkinchi chiqarishgacha ketgan vaqt (soat).

2.Badan terisi kapillyarlarining rezistentligini aniqlash (Nesterov namunasi).


Namunaning mohiyati shundan iboratki, bilak terisining medial qismida Nesterov apparati yordamida maxsus banka tagida manfiy bosim hosil qilinadi (-0,4 kgG`sm2) va 3 daqiqa davomida bankani ushlab turiladi. Kyuveta olinganidan so’ng uning tagidagi teri yuzasida hosil bo’lgan petexiyalar soni sanaladi. Ishlash tartibi: teriga vazelin surtiladi va Nesterov asbobidagi kyuvetani bilak terisiga qo’yiladi. Kyuvetaning teshigiga rezina naycha ulanadi va uni qisqich bilan qisib qo’yiladi. So’ngra shprits yordamida rezina naycha orqali kyuvetadagi havo so’rib olinadi va vaqt belgilanadi. 3 daqiqadan keyin qisqich olib tashlanadi. Badan tersini spirt bilan artiladi va lupa yordamida xosil bo’lgan petexiyalar sanaladi. Natijani baholash:
0-10 petexiya - norma
10-30 petexiya - 1 darajali gipovitaminoz
30-60 petexiya - 2 darajali gopovitaminoz
60 dan ko’p - 3 darajali gipovitaminoz va avitaminozga o’tish chegarasi.

Talabalarning mustaqil ishi uchun topshiriq.


1.Tavsiya etilgan siydik namunasida S vitaminining mg/soatlik ekretsiyasini aniqlash
2.Talabalarda teri kapillyarlarining rezistentligini aniqlash orqali ular organizmini S vitamini bilan qanday ta’minlanganligini aniqlash.
3.Ish natijalarini bayonnomga rasmiylashtirish.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling